Geylarga qarshi normalar uchun kim bizni uyaltirmoqda?

"Jirkanch rolik", "razil manipulyatsiya", "ksenofobiya" va "adovat qo‘zg‘ash" — ikki kun oldin YouTube da paydo bo‘lgan va Konstitutsiyaga kiritilayotgan tuzatishlarga bag‘ishlangan tashviqot roligiga xuddi shunday xarakteristikalar berilmoqda. Bizda kimni va qay tarzda hafa qilishmoqda?
Sputnik

Petr Akopov

"Jirkanch rolik", "razil manipulyatsiya", "ksenofobiya" va "adovat qo‘zg‘ash" — ikki kun oldin YouTube da paydo bo‘lgan va Konstitutsiyaga kiritilayotgan tuzatishlarga bag‘ishlangan tashviqot roligiga xuddi shunday xarakteristikalar berilmoqda. Bizda kimni va qay tarzda hafa qilishmoqda?

Toshkentda geylar ta’qib qilinmoqdami - IIBB javobi

Albatta, gap bu yerda ranjitilayotgan geylar, to‘g‘rirog‘i, LGBT-hamjamiyati haqida. Bu jamiyatning vakillari, xuddi "progressiv jamoasi" singari Konstitutsiyaning nikohning - erkak va ayol ittifoqi sifatida mustahkamlab qo‘yilishi belgilangan 72-moddasiga bag‘ishlangan tuzatishlardan qattiq ranjigan.

Qisqa videorolikda "Kelajak go‘zal Rossiyasi" - 2035-yil ko‘rsatilgan. Bolalar uyi xodimasi  quvonchli voqea - bolalar uyi tarbiyalanuvchisining asrab olinishini telefonga videoga olayotgan bo‘ladi. Petya ismli bolakayni olib ketish uchun otasi kelgan bo‘ladi, ammo hamma ko‘chaga chiqqach bolaning onasi o‘rniga "ikkinchi raqamli ota-ona", ya’ni yana bir erkak kelganini, Petaning ota-onasi geylar ekanligi ma’lum bo‘ladi. Bolalar uyi ishchilari taajjubda qolishadi, bola ham hayron, ammo unga qizlar ko‘ylagini sovg‘a qilib, mashinaga o‘tqazishadi. Rolik shiori — "Shunday Rossiyani tanlaysanmi? Mamlakat kelajagini hal et, Konstitutsiyaga kiritiladigan tuzatishlar uchun ovoz ber".

Kanadada 67 yoshli bog‘bon 8 nafar geyni o‘ldirganligini tan oldi

Albatta, did borasida bahslashish befoyda - bu yerda bolalarga majburan singdirilayotgan jinsni o‘zgartirish masalasiga urg‘u berish kerakmidi-yo‘qmi, bu ham muzokarali. Axir bu amerika muammosiku, bizning emas, Anjelina Joli ular yurtida aqldan ozmoqda, bizda emas. Ammo bularning barchasi ikkinchi darajali - rolik shundoq ham gomofoblarni qattiq hafa qildi.

Ishonmaysizmi? "Moskovskiy komsomoles" yolg‘on tarqatmaydi-ku, nashr o‘z maqolasining kirish qismidayoq "Rolikni hatto gomofoblar qattiq qoraladi", deya yozgan. Va video ostida qoldirilgan izohlardan iqtiboslar keltirgan - ularning barchasi birdek qoralovchi va nafrat mazmunida. Bu yerda: "bola yetimxonada voyaga yetsa yaxshi bo‘larmidi", "millionlab bolalar ulg‘ayayotgan otasiz oilalar-chi, ular ham bir jinsli oilalarga kiradimi?" degan mazmundagi gey-lobbistlar dalillari ham keltirib o‘tilgan. "Gomofob"lar bu yerda geylar ahmoq sifatida ko‘rsatilgani va Konstitutsiyaning bunga nima aloqasi borligiga e’tiroz bildirishgan.

"Geylarga erkinlik yo‘q" - O‘zbekiston BMT tavsiyasini rad etdi

"Professional geylar", ya’ni LGBT-hamjamiyatlari himoyachilari ham tabiiyki, munosabat bildirganlar — izohlarning birida "gomofob va ksenofob ritorikadan foydalanishni noma’bul deb hisoblashlarini" ma’lum qilishgan va bu rolik namoyishini ta’qiqlash hamda uni YouTubedan o‘chirishga erishishlarini aytishgan.

Hamjamiyat a’zolari "Ijtimoiy jihatdan LGBT guruhiga mansubligi jihatdan bir guruh shaxslarga nisbatan nafrat va dushmanlik kayfiyatini uyg‘otish" prokuraturaga ariza yozganlar. Xuddi shunday murojaatnoma biznes OAV redaksiyasi tomonidan ham yo‘llangan, Davlat dumasi deputatlaridan biri esa tezkor ravishda Bosh prokuraturaga so‘rovni qayta yo‘llagan.

Ya’ni organlar rolikda "avj oldirish" elementlarini topishni va uni ta’qiqlashni so‘ramoqda. Bularning barchasi shundoq ham diskriminatsiya qilinayotgan seks-kamchiliklarga og‘riq yetkazmaslik uchun qilinmoqda: avvaliga voyaga yetmaganlar o‘rtasida tashviqotni man etishgan edi, endi esa Konstitutsiya uchun agitatsiya qilib, ular bilan odamlarni qo‘rqitishmoqda.

G‘arb o‘zining "yangi e’tiqodini" O‘zbekistonda targ‘ib qila oladimi - ekspert javobi

Rolikda nafratni qo‘zg‘ashni ko‘rish uchun noan’anaviy ongga ega bo‘lish kerak — ammo bu yerda gap bir guruh noan’anaviy oriyentatsiyaga ega shaxslar haqida bormoqda-ku, ulardan nimaniyam kutish mumkin? Axir rolikda LGBTga tuhmat yo bo‘hton bormi? Yo‘q - rolikda bu haqda mubolag‘a tarzida yoki parodiya shaklida aytilgan, deb ham bo‘lmaydi. U yerda 2035-yil - ya’ni kelajak haqida gap bormoqda. Bu gipotetik kelajakni bugun - allaqachon bir jinsli nikohlarni legallashtirish yo‘lidan ketgan G‘arbda ko‘rish mumkin. Nima u yerda bolalarni bir jinchli juftliklarga bermaydilarmi? Yoki hozircha ular soni kam va har bir oila shunday maqomga ega emasmi? Shunday ekan, nima, biz bu jarayon o‘zining mantiqiy yakuniga yetishini va biz shunday keyin minimal cheklovlarni qabul qilishni kutib yashaymizmi?

Ha, minimal — chunki Konstitutsiyada oilaning erkak va ayol ittifoqi sifatida mustahkamlab qo‘yilishi fuqarolarimizning mutlaq ko‘pchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Va xuddi shu tarzda bizdagi ko‘pchilik bir jinsli juftliklar bola asrab olish imkoniyatiga ega bo‘lishiga qarshi chiqmoqda (ular bizda ta’qiqlanmagan - shunchaki yuridik jihatdan oila huquqini ololmaydi). Bu xalqimizning bir yoqadan bosh chiqarib bildirgan pozitsiyasidir — bu pozitsiyani yoqtirmaydiganlar unga qanday da’vo bildira oladilar?

Qora tanli gey aktor “Cinderella”da ona rolini ijro etadi

Bag‘rikenglikka chaqirishadimi? "Sabrli bo‘lingizlar, sizlarga nima, baribir hammasi shunga keladi, baribir, asosiysi odam yaxshi bo‘lsin". Yo‘q, bu ish bermaydi — halqimiz ahmoqmas, ma’nan sog‘lom va rus tarixi o‘z poyoniga yetishini istamaydi.

Davlatga nisbatan "ksenofoblar" tushunchasini ishlatadimi?  Bu ham ish bermaydi— "boshqalarga" nafrat yo‘q chunki, shunchaki xalqimiz ularga o‘xshashni xohlamaydi, xalq o‘z orasida "noan’anaviylik" urfga kirishini istamaydi. Ha, noa’naviy oriyentatsiya asos va an’analar, axloq va e’tiqod, xotira va birdamlik yuvilib ketgan joyda ko‘payadi. Shunday ekan bu zaharga qarshi vosita"urfdagi" narsani ta’qiqlashda emas, balki bu o‘z asoslarini mustahkamlashda. Ammo bu yerda ta’qiqlar va cheklovlarsiz bo‘lmaydi — chunki biz bugun o‘sha Shtatlarda bir necha o‘n yilliklar ichida LGBTga bo‘lgan moda yoshlar orasida ular vakillari bir necha marta oshishiga olib keld.

Chechenistonda geylar ta’qibga uchraganmi? AQSh tekshirishga qaror qildi

Konstitutsiyaga kiritilayotgan tuzatishlar o‘z-o‘zidan hech narsani kafolatlamaydi, ular faqat jamiyat va hokimiyat yaxshilik va yovuzlik haqidagi fikrlarda birlashgandagina, nima yaxshiyu, nima yomonligida bir to‘xtamga kela olsagina ishlaydi.

Aks holda Fransiyadagi kabi holat yuzaga keladi: Parij ko‘chalariga bir jinsli nikohlarni qonuniylashtirishga va bundaylarga bolalarni asrab olishlariga qarshi yarim million namoyishchilar chiqsayu, ammo hukumat baribir tegishli qonunni qabul qilsa.

Rus sivilizatsiyasi hech kimga o‘z qadriyatlarini tiqishtirmaydi. Boshqa xalqlar o‘z boshini devorga urib yorishni va shu tarzda halok bo‘lishni, migrantlar orasida botib ketishni, oila va axloqdan voz kechishni va yana allaqanday tarzda o‘z mavjudligini to‘xtatishni xohlashadimi - buning uchun ular to‘liq tarixiy huquqga ega. Biz ham o‘z navbatida o‘z qadriyatlarimizni, bloger Varlamov yozganidek, "mavjud bid’atlar tufayli boshqa odamlarga baxt bermayapsizlar" singari manipulyativ tanbehlarga uchmagan holda himoya qilishga, to‘laqonli haqqimiz bor.

Hammasi aksincha - xalq unga tiqishtirilayotgan baxt haqidagi tasavvurlardan voz kechishga to‘liq haqli (aks holda u qanday xalq ekan) va bu uning majburiyati hamdir. Shu jumladan, u o‘z prinsiplarini Asosiy qonunda mustahkamlab qo‘yish huquqiga ham ega.