Koronavirusdan qo‘rqinchliroq: Xitoy o‘ta xavfli yangi turdagi viruslarni aniqladi

Koronaviruslarni o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi xitoylik virusolog Shi Chjenli kelajakda noma’lum infeksiyalar tarqalishi mumkinligi haqida ogohlantirdi
Sputnik

TOShKENT, 26-may — Sputnik. Insoniyat tomonidan aniqlangan viruslar "aysberg uchidir", dedi CGTN telekanaliga bergan intervyusida Uxan virusologiya instituti rahbari o‘rinbosari Shi Chjenli.

Xorijdan kelgan 46 kishida koronavirus aniqlandi

Olim ayol davlatlarni virusga qarshi kurashda xalqaro hamkorlikka da’vat qildi.

Olimning fikricha, bu singari tadqiqotlar shaffoflikni talab etadi, bugungi kunda ilm-fanning siyosiylashtirilgani esa g‘oyat achinarli holdir.

"Agar kelgusi infeksiya kasalliklaridan insonlar aziyat chekmasin, desak u holda yovvoyi jonivorlar tomonidan tashiladigan noma’lum viruslar to‘g‘risida oldindan bilimga ega bo‘lishimiz kerak. Faqat shu yo‘l bilan ularning tarqalishining oldini olish mumkin", - dedi mutaxassis.

Shi Chjenli ko‘rshapalaklar ustida o‘tkazadigan ilmiy tadqiqotlari bilan mashhur. U o‘z ish faoliyati davomida bu jonivorlar organizmida 1,5 mingga yaqin turdagi koronaviruslarni aniqlagan.

Insoniyatni qutqarish yoki yo‘q qilish kerakmi? Ommaviy chipizatsiya ostonasida

Uning aytishicha, bu infeksiyalarning bir qismi kelajakda yangi pandemiyalarga sabab bo‘lishi mumkin.

"Agar ularni o‘rganmasak, yana bitta pandemiya yuz berishi ehtimoli bor", - deya taxmin qilgan Shi Chjenli.

Koronavirus pandemiyasi

Koronavirus infeksiyasi Xitoyda ilk marta 2019-yilning oxirida qayd etilgan. Infeksiyaning katta tezlikda tarqalishi tufayli BSST mart oyi o‘rtasida pandemiya e’lon qildi.

Ushbu kasallikni ilgari noma’lum bo‘lgan SARS-CoV-2 shtammi keltirib chiqarmoqda.

25 may holatiga ko‘ra e’lon qilingan statistikaga oid yer yuzida 5,54 million kishi koronavirus infeksiyasini yuqtirgan. Kasallik qurbonlari soni 347, 3 mingga yetgan.