Qabul qiling: ertami-kechmi barchamiz oz bo‘lsada kiborg bo‘lamiz. Ekzoskeletlar bizga harakat qilishimizga yordam beradi, sun’iy organlar - uzoq umr ko‘rish, boshdagi mikrosxemalar esa – yaxshiroq o‘ylashga. Ammo bundan qo‘rqish kerakmi? Bunday texnologiyalarni yaratuvchilarning maqsadlari nima?
Kiberpank bostirib kelmoqda: Ilon Mask 2020-yil oxiriga qadar inson miyasiga joylashtiriladigan chiplar ishlab chiqarishni va’da qilmoqda. Bu odam haqiqatan karantinda vaqtini behuda sarflamayapti. Ixtirochi o‘zining Neuralink loyihasida odamlarni Alsgeymer yoki Parkinson kasalligidan halos etadigan, shuningdek eshitish va ko‘rish qobiliyatini qaytaradigan mikrosxemalar ishlab chiqarishni va’da qilmoqda. Va shuningdek, odamlarda to‘liq yoki qisman falaj bo‘lgan harakatlanish qobiliyatini tiklashni. Bir so‘z bilan aytganda, bu miya faoliyati va neyronlarning ishi bilan bog‘liq barcha muammolar uchun o‘ta kichik panatseyadir. Yoqimli bonuslar - turli xil gadjetlar bilan ishlash (faqatgina fikr kuchi bilan) va sog‘lom odamning aqliy qobiliyatini yaxshilash imkoni.
Ammo kelajakning bu go‘zal haqiqati bir qoshiq antiutopiyasisiz to‘liq bo‘lmasdi. Rossiyalik rejissor Nikita Mixalkov o‘z dasturida milliarder va Microsoft korporatsiyasining asoschisi Bill Geytsni hamma ustidan nazorat o‘rnatish va odamlar sonini kamaytirish maqsadida insoniyatga chip o‘rantish istagida aybladi. Usul - go‘yo koronavirusga qarshi emlash orqali. Va Bill Geyts olgan patent raqami ham dahshatli - "060606" (666- iblis raqami – tahr.). Turli mamlakatlarning boy va obro‘li odamlari a’zo bo‘lgan maxfiy dunyo hukumatining g‘oyalari ham bunga qo‘shildi. Nazariyalar ochiqchasiga fitna nazariyalardir. "InforUs" konsorsiumi prezidenti Andrey Masalovich, Bill Geyts aslida kanday patent olganligini tushuntirdi.
"Microsoft'ning "Men 060606 patenti"ni o‘qidim. Bunday raqam kompaniya uchun ahmoqona omadsizlikdir. Bu shunchaki ahmoqona patent, o‘ziga xos "vinegret", ammo ichida chiplash haqida bitta ham so‘z yo‘q, ta’kidlayman - bitta ham so‘z yo‘q. Patentda yozilishicha: agar odam yonida har qanday sensorni olib yurgan bo‘lsa – u allaqachon fitness bilaguzugi yoki smartfonni olib yuripti – unga biron bir vazifani topshirish mumkin, masalan kun davomida besh kilometr yurish vazifasi berilishi mumkin, keyin esa vazifa bajarildimi-yo‘qmi ushbu sensor yordamida tekshirilishi mumkin, shu sensor yordamida pul topish imkonini berish mumkin, masalan bitkoynni ikki tiyinini topishiga. Ya’ni Microsoft'ning patenti g‘alatiroq, ammo mutlaqo zararsiz: biz shundoq ham ushbu sensorlarni yonimizda olib yursak, ular bizni shundoq ham boshqarsa, nega bu nazoratni ijobiy hulq kvanti bilan bog‘lamaymiz (ijobiy fikr yoki xulq-atvor yo‘nalishini targ‘ib qilish - tahr.)".
Xo‘sh, qaysi ssenariy ehtimoli yuqoriroq – foydani ko‘zlagan holda sovuqqon hisob-kitob yoki umumiy kuzatuv yoki yuqori texnologiyali gumanizm va insoniyatning najotimi? Ehtimol ikkalasi ham, deydi Andrey Masalovich. Ammo anonimlikdan xavotirlanishning hojati yo‘q, dedi u Sputnik radiosiga bergan intervyusida.
"Raqamli bokiralikni yo‘qotishdan qo‘rqadigan har kim endi bundan qo‘rqmasa ham bo‘ladi. Siz yonizda olib yuradigan gadjetingiz har qanday chipdan yaxshiroqdir. Ya’ni, har birimiz biz haqimizda hamma narsani biladigan shaxsiy Internet-josusimiz bor. Buni hamma biladi, shu qatori asosiy tijorat firmalari. Dahlsizlikni yo‘qotishdan qo‘rqqan har bir kishi, qo‘rqmasin - siz uni allaqachon yo‘qotib bo‘lgansiz. Maxsus xizmatlar va davlatlar nazoratidan qo‘rqqan har bir kishi, qo‘rqmasin - korporatsiyalar tomonidan nazorat ancha kuchliroq. Ya’ni maxsus xizmatlar, ularga yetmagan ma’lumotlarni korporatsiyalardan olishadi. Korporatsiyalar sizga taalluqli hamma narsaga ega".
Kiberjinoyatchilikka kelsak, bu yerda u o‘zini juda noqulay his qiladi. Ammo odamni boshqarish uchun gipotetik chipni ochib tashlash orqali miyani "buzib kirish"ning endi keragi yo‘q - bu qiziqilayotgan odam haqida barcha ma’lumotlarni olish kifoya, deya tushuntiradi Andrey Masalovich.
"Raqamli shahsiyatni yo‘qotish haqiqatan ham dahshatli narsa. Bizda bu u yoki bu shaklda allaqachon mavjud: bank kartasining o‘zi anchagina ma’lumotni o‘zida mujassam qilgan, davlat xizmatlari portali ham ko‘p narsani biladi, hozir Rossiyada yagona biometrik identifikatsiyalash standarti mavjud bo‘lib, u ham ovozimizni hamda yuzimiz tasvirini yozib oladi va ularni birgalikda saqlaydi. Bunday ma’lumotlarning yo‘qolishi inson uchun halokat ekanligi ayon. Agar tajovuzkor uni qo‘lga kiritsa yoki uni qalbakilashtirishni o‘rganib olsa, u holda sizning raqamli imzingizni qo‘lga kiritib, sizning borligingizni o‘z nazoratiga oladi".
Hammamiz ichimizda chiplar olib yuradigan vaqt qachon keladi? Bu borada yagona to‘htam yo‘q. Ba’zi ekspertlarning ta’kidlashicha, bu 5-7 yil ichida amalga oshadi. Boshqalar aytishicha, uch yildan keyin biz haqiqatga aylangan juda aqlli va ma’lumot almashish moslamalari - dazmoldan tortib uchuvchisiz avtomobilgacha, Internetga ulangan buyumlar haqiqati to‘g‘risida ko‘proq qayg‘uramiz.
Muallif Mariya Merkulova, Sputnik Radiosi