Xorijdan kelgan 46 kishida koronavirus aniqlandi

© Sputnik / Denis Abramov / Mediabankka o‘tishTestirovanie na antitela k koronavirusu
Testirovanie na antitela k koronavirusu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3261 nafarni tashkil etmoqda. Rossiyadan Qozog‘iston orqali mamlakatga kirib kelgan 44 kishining testi musbat chiqqan.

TOShKENT, 26-may — Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq holat 46 taga ko‘paydi.

“2020 yil 26-may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3261 (+46) nafarni tashkil etmoqda”, - deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

Yangi aniqlangan kasallanish holatlarining barchasi xorijdan kelgan fuqarolar bo‘lib, ulardan 44 nafari Rossiyadan (Qozog‘iston orqali) mamlakatga kirib kelgan va karantinga olingan.

Meditsinskie rabotniki odevayut sredstva individualnoy zashiti pered vxodom v krasnuyu zonu  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda koronavirus: 25-may asosiy xabarlari

Qolgan 2 nafari chegara post orqali Rossiyadan kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari bo‘lib, 1 nafari Sirdaryo viloyatiga, yana 1 nafari Toshkent viloyatiga kirib kelgan.

Ayni paytda  2607 nafar koronavirusga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 641 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 2 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafarining ahvoli  esa o‘ta og‘ir.

Yangiliklar lentasi
0