BSST koronavirus yangi cho‘qqisi haqida ogohlantirmoqda: dunyodagi vaziyatga nazar

COVID-19 bilan kurashishga umid qilingan bezgak kasalligiga qarshi dori xavfli bo‘lib chiqdi, Buyuk Britaniya bosh vaziri esa davolanishdan keyin paydo bo‘lgan COVID-19ning salbiy ta’siri haqida ma’lum qildi. Sputnik sharhida global pandemiya tafsilotlari.
Sputnik

TOShKENT, 26-may - Sputnik. Kun davomida dunyoda 100 mingdan ortiq COVID-19ga chalinish holatlari aniqlandi. Yuqtirib olganlarning umumiy soni 5 495 061 kishi, 346 232 kishi vafot etdi. Bular Jons Hopkins universiteti (AQSh) ma’lumotlari.

Amerika “karvonboshi”

Ko‘p mamlakatlarda qat’iy karantin choralari allaqachon o‘z natijalarini bermoqda va kasallanish darajasi sezilarli darajada pasaydi, boshqalarida yuqumli kasallikka chalinganlarning soni ko‘payib, eng cho‘qqisiga yaqinlashmoqda - shuning uchun global statistika hozirgacha unchalik ijobiy emas.

Tojikiston Markaziy Osiyoda koronavirusdan o‘lim bo‘yicha birinchi o‘ringa chiqdi

BSST ma’lumotlariga ko‘ra, yuqtirganlar soni bo‘yicha birinchi o‘rinda Shimoliy va Janubiy Amerika mintaqalari joylashgan – 2 395 295. Bu yerda bemorlar soni 57 171ga, o‘lim esa 3 356 ga ko‘payib 141 472ga yetdi.

Yevropada kasallanganlar soni 2 025 176 nafar va 174 429 kishi vafot etgan. Dunyo bo‘yicha kasallangan soni bo‘yicha uchinchi o‘rinni Sharqiy O‘rta yer dengizi mintaqasi egallaydi. U yerda 427 832 nafar kasallanganlar aniqlandi, 11 164 nafar qurbonlar qayd etildi.

Xitoyda epidemiya deyarli nihoyalandi

Aprel oyida pandemiya tugaganini e’lon qilgan Xitoyda chetdan olib kirilayotgan COVID-19 kasalliklariga qarshi kurashni va virusning alomatsiz tashuvchilarini aniqlashda davom etishmoqda.

So‘nggi bir kun ichida Xitoyda koronavirus bilan 7 ta infeksiyaga chalinish va 29 alomatsiz tashuvchi aniqlandi, to‘qqiz bemor tuzalib ketdi, o‘lim holatlari kuzatilmadi, deb xabar beradi XXR Sog‘liqni saqlash davlat qo‘mitasi.

Xitoyda epidemiya paytida 82 992 ta koronavirusga chalinish holatlari aniqlangan edi, 78 277 kishi davo topdi, 81 tasi kasalxonada, 4 634 kishi vafot etdi. Chetdan olib kirilgan holatlar - 1731.

Jonson ko‘rish qobiliyati susayishi haqida gapirdi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonning ta’kidlashicha, COVID-19 dan davolanganidan so‘ng uning ko‘rish qobiliyati yomonlashgan.

Boris Jonson o‘pka sun’iy ventilyatsiyasi apparatiga ulanadi

"Men ko‘p yillardan beri birinchi marta ko‘zoynak taqishimga to‘g‘ri keldi. Menimcha, bu kasallikning ta’siri bilishi mumkin", - dedi Jonson brifing davomida. Ko‘rsatuv efirga Sky News tomonidan olib borildi.

Bosh vazir 27-mart kuni koronavirus bilan kasallanganligini ma’lum qildi. O‘shandan beri u o‘zini o‘zi yakkalashda bo‘ldi, lekin ishlashni davom ettirdi. 5-aprel kuni Jonson kasalxonaga yotqizildi, uning ahvoli yomonlashdi, uni jonlantirish bo‘limiga o‘tkazishdi va kislorodga ulab qo‘yishdi.

Bosh vazir 26-aprel kuni Dauning-strit ko‘chasidagi London qarorgohiga qaytib keldi va ertasiga ishga kirishdi.

Germaniyada virusga chalinganlar soni ko‘paydi

Mamlakatda COVID-19 kasalligi bo‘yicha statistik ma’lumotlarni olib boruvchi Robert Kox Instituti ma’lumotlariga ko‘ra, kun davomida Germaniyada yangi turdagi koronavirus aniqlangan holatlar soni 432 taga oshdi, 45 kishi vafot etdi. Bir kun oldin statistika yana ham umidlantiruvchi edi - 289 yangi holat va 10 o‘lim.

Shvetsiyaga karantindan voz kechish qimmatga tushdi

Institut ma’lumotlariga ko‘ra, GFRda umumiy hisobda 179 002 kasallik holatlari qayd etilgan, koronavirus bilan kasallangan 8 302 bemor vafot etgan.

Kasallika chalinishning eng yirik soni Bavariyada qayd etilgan - 46 mingdan ortiq, Shimoliy Reyn-Vestfaliyada - 37 mingdan ortiq va Baden-Vurtembergda - 34,5 ming. Berlinda 6652 ta yuqtirish holati qayd etilgan.

BSST ikkinchi cho‘qqi haqida ogohlantirdi

Dunyo COVID-19 koronavirus pandemiyasining birinchi to‘lqinining o‘rtasiga yetdi, dedi dushanba kuni BSSTning favqulodda holatlar dasturi direktori Mayk Rayan.

"Hozirda biz ikkinchi to‘lqinni emas, balki birinchi to‘lqinning o‘rtasini boshdan kechirapmiz", - dedi BSST vakili dushanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda.

Koronavirus hech qachon yo‘q bo‘lib ketmasligi ham mumkin - BSST

Bunday xulosalar Markaziy va Janubiy Amerika, Janubiy Osiyo va Afrikadagi epidemiologik vaziyat tahlili asosida qilindi.

Rayanning so‘zlariga ko‘ra, yangi holatlar sonining kamayishi bu tendensiya muttasil davom etadi degani emas.

"Biz ushbu to‘lqinning ikkinchi cho‘qqisini ham olishimiz mumkin: huddi shu holat o‘tmishdagi pandemiyalarda ham bo‘lgan. Ispaniya grippi pandemiyasida. Biz ikkinchi cho‘qqiga yetdi, ikkinchi to‘lqinga emas", - dedi Rayan.

BSST vakili ta’kidlashicha, shu yil oxirrog‘ida, mavsumiy gripp bilan teng kelishi mumkin bo‘lgan epidemiyaning ikkinchi to‘lqini muammosini hal qilish zarur.

BSST missiyasi Xitoyga boradi

BSST koronavirusning kelib chiqishini o‘rganish uchun Xitoyga missiya yubormoqda, dedi Maykl Rayan dushanba kuni.

Rayanning aytishicha, missiyaning vazifasi "virusning kelib chiqishini tushunish" bo‘ladi. Uning ta’kidlashicha, Xitoy hukumati bunday yondashuvga tayyor, ammo tashrifning aniq sanasi hozircha aniqlanmagan.

"Barcha tomonlar virusning kelib chiqishini o‘rganish muhimligini tushunishmoqda. Uning kelib chiqishini o‘rganish orqali, kelajakda uning qayta paydo bo‘lishining oldini olishimiz mumkin", - deb qo‘shimcha qildi BSST bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus.

Xitoy BSSTni koronavirus paydo bo‘lishini o‘rganishga taklif qilmadi

Avvalroq, tashqi ishlar vaziri, XXR Davlat kengashi a’zosi Van I, Xitoy hukumati BSST va ilmiy yondashuvga asoslanib, koronavirusning kelib chiqishi va pandemiya sabablari bo‘yicha xalqaro va xolis tekshiruvni qo‘llab-quvvatlaydi.

Gidroksixloroxin sinovlari to‘xtatildi

Bezgakga qarshi gidroksixloroxinni koronavirusga qarshi dori sifatida sinovdan o‘tkazish vaqtincha to‘xtatildi, deb xabar berdi dushanba kuni BSST bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus.

22-may kuni The Lancet nashri gidroksixlorin va xloroxinni COVID-19 ga qarshi sinovlari haqida maqola chop etdi, unda yozilishicha ushbu dorilarni qo‘llash orqali bemorlar o‘limi holatlari ko‘proq ekan.

Rossiyada COVID-19ga qarshi samarali dori paydo bo‘ldi

May oyi boshida AQSh prezidenti Donald Tramp koronavirusni yuqtirmaslik uchun gidroksixloroxinni qabul qilayotganini aytgan edi.

Gidroksixloroxin – bir necha o‘nlab yillar davomida mavjud bo‘lgan bezgakka qarshi dori vositasidir. Ko‘p mamlakatlarda so‘nggi oylarda COVID-19 koronavirusini davolashda ishlatilmoqda.

Yevropa dori vositalari agentligi xloroxin va gidroksixloroxinni COVID-19ga qarshi klinik tadqiqotlar va butun mamlakat bo‘ylab favqulodda vaziyatlardan tashqari boshqa holatlarda ishlatmaslik kerakligini ta’kidlagan.

Manba.