Xitoy BSSTni koronavirus paydo bo‘lishini o‘rganishga taklif qilmadi

© Sputnik / Kirill Braga / Mediabankka o‘tishObuchenie ordinatorov diagnostike COVID-19 v klinike Volgogradskogo meditsinskogo universiteta
Obuchenie ordinatorov diagnostike COVID-19 v klinike Volgogradskogo meditsinskogo universiteta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoy o‘z kuchi bilan koronavirus paydo bo‘lish manbaalarini o‘rganishni allaqachon boshlab yuborgan, lekin Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti so‘rovlariga rad javobi bermoqda.

TOShKENT, 1-may - Sputnik. Xitoy hukumati JSSTning koronavirus manbaini o‘rganishda ishtirok etish haqidagi so‘roviga rad davobi berdi, deb yozmoqda RIA Novosti tashkilotning Xitoydagi vakili Goden Galeaga asosan. 

Xalqaro tashkilot vakilining so‘zlariga ko‘ra, kelajakda ushbu kabi epidemiya takrorlanmasligi uchun, koronavirus paydo bo‘lishi vaziyatni aniqlash juda muhimdir. 

"Biz Xitoy milliy tizimlari tomonidan koronavirus paydo bo‘lish holatlarini o‘rganish boshlab yuborilganidan xabardormiz, lekin xozircha ushbu jarayonga taklif olganimiz yo‘q. JSST Xitoy hukumati va Sog‘liqni saqlash tuzilmalariga so‘rovlar yuborishda davom etmoqda", - dedi Galea Britaniyaning Sky News telekanaliga. 

Mutaxassis so‘zlariga ko‘ra, JSST koronavirusning tabiiy yo‘l bilan paydo bo‘lganiga shubha qilmaydi, lekin har qanday tekshiruv virus kelib chiqishi tarixiga oid laboratoriya izlanishlari bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, AQSh COVID-19 epidemiyasi paydo bo‘lishida Uxan shahrida joylashgan Xitoy laboratoriyalarini ayblagan edi. Xitoy esa ushbu ayblovlarni muntazam ravishda inkor qilib kelmoqda.

Shuningdek, 29-aprel kuni AQSh razvedkasi koronavirus laboratoriyada paydo bo‘lmagan u tabiiy yo‘l bilan paydo bo‘lgan degan bayonotni e’lon qilgan edi. 

Yangiliklar lentasi
0