Rossiyada COVID-19ga qarshi samarali dori paydo bo‘ldi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishSotrudnik v laboratorii
Sotrudnik v laboratorii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Avifavir” deb nomlangan dorining birinchi partiyasi kasalxonalarga jo‘natilgan va u o‘zining samaradorligini ko‘rsatgan.

TOShKENT, 24-may — Sputnik. Rossiya olimlari koronavirus bilan kasallanganlarni davolash uchun dori ishlab chiqib, uni sinovdan o‘tkazishdi. Bu haqda “Vesti” xabar qilmoqda.

“Avifavir” deb nomlangan dorining birinchi partiyasi kasalxonalarga jo‘natilgan va u o‘zining samaradorligini ko‘rsatgan.

Ta’kidlanishicha, ushbu dori tavsiya qilingan COVID-19 bemorlari ikki marta tezroq tuzalib ketgan.

“Ushbu dori kasallik yengil darajada kechayotgan vaqtda “tutgan” bemorlarimizda juda samarali. Pnevmaniya alomatlari va o‘lchami kichrayib, ortga qaytadi”, - deydi Rossiya prezidenti ishlari boshqarmasi Markaziy klinik shifoxonasining kardiologi Nikita Lomakin.

Sotrudnitsa laboratorii epidemiologii i mikrobiologii - Sputnik O‘zbekiston
Tojikistonlik yosh olim “korona”ga qarshi dori ixtiro qilmoqchi

Davolanib chiqqan bemor Olga Sorokina o‘z kechinmalari bilan o‘rtoqlashgan. U ushbu dori tayinlangan birinchi bemorlardan biri bo‘lgan.

Ayol 40 daraja harorat va o‘pka yallig‘lanishi bilan kasalxonaga yotqizilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, unga birinchi kundan “Avifavir” berishni boshlashgan, uchinchi kuniyoq u o‘zini yaxshi his qila boshlagan.

Ushbu dorini ichganlarning beshinchi kuni COVID-19ga topshirgan testi manfiy chiqqan. Dorining klinik tadqiqotlari ikki haftadan so‘ng yakunlanishi aytilmoqda.

Shu tariqa, Rossiya dunyoda COVID-19ga qarshi samarali dori ishlab chiqargan uch davlatdan biri bo‘ladi. Bugungi kunga qadar Yaponiya (“Favipiravir” dorisi, ammo uni topish qiyin) va AQSh (“Remdizivir”, dori kasallik davomiyligini 15 kundan 11 kunga kamaytiradi) samarali dori ishlab chiqargan edi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirus bilan bog‘liq holat 5,3 milliondan oshib ketgan. 342 mingga yaqin kishi ushbu virus qurboni bo‘lgan. 2,1 milliondan ziyod kishi esa tuzalib ketgan.

Yangiliklar lentasi
0