Ahmoqona shuhratparastlik: Rossiyada feyk tarqatuvchilarni sudlash boshlandi

Ijtimoiy tarmoqda hamma gapni aytsa bo‘ladimi? Rossiya huquqni saqlash organlari Tarmoqda feyk xabar tarqatuvchilarni jinoiy javobgarlikka torta boshladi.
Sputnik

Moskvalik 38 yoshli tadbirkor ayol ustidan yaqinda jinoyat ishi ochiladi. Uni insonparvarlik yordami sifatida olib kelingan niqoblar sotuvga chiqarilgani haqida yolg‘on xabar tarqatishda ayblashmoqda.

Bir vaqtning o‘zija Saxalinda “Bangkok — Shanxay — Yujno-Saxalinsk” parvozi davomida yo‘lovchilarga shaxsiy himoya vositalari tarqatilmagani haqida yolg‘on xabar tarqatgan fuqaroga  300 ming rubl jarima solingani haqida xabar qilindi. Aslida esa aviakompaniya kompanya yo‘lovchilarga parvoz oldidan to‘liq himoya kostumi va yo‘riqnoma bergani ma’lum bo‘ldi.

Rossiyada koronavirus haqida "feyk" tarqatuvchilar bilan maxsus guruh shug‘ullanadi

Primorsk o‘lkasining yana bir fuqarosi mahalliy shifoxonada COVID-19 bilan kasallanganlar borligi haqida yolg‘on xabar tarqatgani uchun 15 rubl jarimaga tartildi. Ayol aytishiga qaraganda bu ishni u o‘z farzandini himoya qilish maqsadida qilgan.

Yolg‘on, vahima va tuhmat xabarlar tarqatish insoniyatga doimo xos bo‘lgan. Lekin oxirgi vaqtlarda kommunikatsion texnologiyalarning rivojlanishi bilan feyk xabarlar tarqalishi va ularga qarshi kurash – hukumatlar uchun alohida muhim vazifaga aylandi.  

Yolg‘on xabar jamiyat va davlat xavfsizligiga xavf solishi – sir emas. Lekin oldinlari Rossiya hukumati bunday holatlarga panja ortidan qarar edi. Faqatgina eng og‘ir, favqulodda va muhim vaziyatlarda aralashar edi.

Rossiyaning AQShdagi elchixonasi eng yaxshi “feyk xabar” uchun tanlov e’lon qildi

Oshxonada o‘zaro aytilgan har bir yolg‘on gapga qarshi huquqin saqlash organlarini ishlatish ham o‘zini oqlamaydi albatta. Qolaversa, bunday tajriba jamiyatda ayg‘oqchilik kabi noxush holatlar ham keltirib chiqarishi va muammoni yanada chuqurlashtirishi tabiiy.

Internet hamma narsani o‘zgartirib yubordi. Yolg‘on xabarlarning jamoatchilik uchun xavfini keskin oshirib yubordi, chunki axborot tarqalish tezligi qamrovi keskin kattalashib ketdi. Ustiga ustak, tarmoqning anonimlik xususiyati ham yolg‘on ma’lumot tarqatuvchilarga qo‘l keldi.

Shunga qaramasdan, internetda hamma narsa mumkin, degan ishonch uzoqqa cho‘zilmadi. Davlat yana bir bor o‘zining yangi sharoitlarga moslashuvchanligini va vaziyatni nazorat ostiga olishga qodir ekanini ko‘rsatib qo‘ydi. Axborot texnologiyalari huquqni saqlash organlariga ham xizmat qila boshladi va insoniyat yana bir bor har bir so‘zni o‘ylab aytish kerakligi va aytgan gapi uchun javob berishi kerakligiga amin bo‘lmoqda.  

Yovuz niyat emas axmoqona shuhratparastlik

Ushbu yo‘lda huquqni saqlash organlariga nafaqat axborot texnologiyalari balkim qoidabuzarlarning o‘zlari, aniqrog‘i ularning maqtanchog‘ligi ham yordam bermoqda.

Feyk xabarlar tarqatgan 33 ta “vahimachi” akkauntlar shaxsi aniqlandi

Internet tarmog‘i o‘z-o‘zini ifodalash uchun ulkan imkoniyatlar yaratib bermoqda. Aksariyat hollarda bu “15 minutlik shuhrat” ko‘rinishida bo‘lsa ham, ko‘pchillik ushbu imkoniyatdan o‘zlari haqida keng ommaga jar solish uchun foydalanib qolishga shoshilmoqda.

Ba’zilar bu ishni amalga oshirish uchun hatto feyk xabarlar o‘ylab topish yoki birovning yolg‘on xabarini faol tarqatishdan ham toymaydi. Ba’zan shu “15 minutlik shuhrat” evazigan qamoq kursisiga kelib qolishini anglamayotgan fuqarolar qanchalik ko‘pligidan hayron qoladi kishi. Nahotki ular birov o‘ylab topgan yolg‘onni tarqatish bilan noma’lum shaxslarnig o‘yinchog‘iga aylanib qolayotganini tushunmaydi? Bundaylarda shuhratparastlik barchasidan, jumladan mantiqdan ham ustun bo‘lsa kerak.

Feyk xabarlar tarqatuvchilarni ko‘pincha davlatga yoki jamiyatga qarshi faoliyat yuritishda, yomon niyatlarda ayblashadi. Aslida esa ular faqat o‘zlariga diqqat talab qilayotgan kishilar bo‘lib chiqadi.

O‘zbekistonning Peterburgdagi Bosh konsuli og‘ir ish kunlari va OAVdagi "feyk"lar borasida

Ushbu sohada davlat olib borayotgan siyosati jamiyatda nafaqat o‘z so‘zlariga nisbatan javobgarlik burchini oshirishi, balkim Internetda paydo bo‘lgan yana bir ibora “So‘zlar ham ish kabi muhim” degan tushunchaning ijobiy tomonini ko‘rsata boshlaydi. Xususan koronavirus epidemiyasi vaqtida ijtimoiy tarmoqda paydo bo‘lgan, shifokorlarga belgilangan to‘lovlar to‘lanmayotgani xaqidagi xabar – Tergov qo‘mitasining ommaviy tekshiruvlar o‘tkazishiga olib keldi.

Yuqorida keltirilgan feyk xabarlar va ularning mualliflari esa yana bir bor an’anaviy dars olishdi – oflayn (real) dunyoda har bir so‘z uchun javob berishga to‘g‘ri keladi.