Rossiyaning AQShdagi elchixonasi eng yaxshi “feyk xabar” uchun tanlov e’lon qildi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishFlag SShA na zdanii posolstva na Novinskom bulvare
Flag SShA na zdanii posolstva na Novinskom bulvare - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tanlov ishlarini baholash mezonlari va g‘olibga qanday sovg‘a topshirilishi ma’lum emas.

TOShKENT, 2 apr - Sputnik. Rossiyaning AQShdagi elchixonasi “Rossiya aralashuvi” mavzusida eng yaxshi ishonchsiz xabar uchun tanlov e’lon qildi. Bu haqda diplomatik vakolatxonaning rasmiy Twitter-akkauntida ma’lum qilindi.

Prezident RF V. Putin prinimayet uchastie v sammite Gruppi dvadsati v Gamburge - Sputnik O‘zbekiston
Donald Trampning Rossiya bilan til biriktirgani o‘z isbotini topmadi

Tanlov AQSh maxsus prokurori Robert Mullerning go‘yoki 2016-yildagi Amerika prezidenti saylovlariga Rossiya aralashgani to‘g‘risidagi ish yuzasidan taqdim etgan yakuniy hisobotidan so‘ng e’lon qilindi. Muller ikki yil mobaynida Donald Tramp va uning xodimlari 2016-yilgi saylovoldi kampaniyasi vaqtida Rossiya bilan til biriktirganini isbotlashga urindi. Biroq, Donald Trapmning Rossiya bilan til biriktirganini isbotlovchi dalillarni topa olmadi.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov hisobot yakunlarini “qorong‘u xonada qora mushukni topish juda qiyin, ayniqsa, u yerda yo‘q bo‘lsa”, deya izohlagan edi.

Yangiliklar lentasi
0