Rossiyada koronavirus haqida "feyk" tarqatuvchilar bilan maxsus guruh shug‘ullanadi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mediabankka o‘tishZasedanie Soveta Federatsii RF
Zasedanie Soveta Federatsii RF - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyada ijtimoiy tarmoqlarda koronavirus haqida vahimali xabarlar tarqatayotganlarni aniqlash uchun maxsus guruh tashkil etildi.

TOShKENT, 26 mar - Sputnik. Rossiya Tergov qo‘mita internetda koronavirus g‘aqida feyklar tarqatayotganlarni aniqlash uchun maxsus guruh tuzdi, RIA Novosti xabariga asosan.  

“Rossiya Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikin qaroriga muvofiq aholi orasida (COVID-19) koronavirus bilan bog‘liq vaziyat haqida yolg‘on xabarlar tarqatishni oldini olish uchun maxsus guruh tashkil etildi” , - deyilgan Tergov qo‘mitasi xabarida.

Ushbu ishchi guruh Internet, turli messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlarda “Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni hamda odamlarni vahimaga soluvchi turli yolg‘on xabarlar manbaasini aniqlash va ularga qarshi tegishli choralar ko‘rish bilan shug‘ullanadi.

Mujchina rabotayet za kompyuterom - Sputnik O‘zbekiston
Vahima qilmang: internetda ko‘plab feyklar tarqatilmoqda

“Amaldagi qonunchilikka binoan bunday faktlarga jinoiy-huquqiy baho berilali”, - deyilgan xabarda.

Ana shunday yolg‘onlardan birinchisi fosh qilindi.  Exo Moskvi radiostansiyasi efirida siyosatchi Valeriy Solovey Rossiyada 1600 nafar koronavirusdan vafot etganlar va 130-180 ming ushbu virusga chalinganlar borligini va hukumat buni yashirayotgani haqida xabar qilgan.

Yolg‘on ma’lumot tarqatgani uchun Solovyevga 100 ming rubl ma’muriy jarima solinishi mumkin. “Exo Moskva” radiostansiyasi direktori Vitaliy Ruvinskiy esa Roskomnadzor talabiga binoan ushbu yolg‘on ma’lumot saytdan olib tashlanganini  xabar qilgan.

Eslatib o‘tamiz, JSST 11-mart kuni dunyoda koroonavirus pandemiyasini e’lon qilgan edi. Bugngi kunda  dunyoda ushbu kasalikka chalinganlar soni 414 mingdan, qurbonlar soni 18 mingdan  oshgan. Rossiyada ayni damda kasallanganlar soni 840 nafardan oshgan, 2 nafar katta yoshli be’mor vafot etgan.

Yangiliklar lentasi
0