TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Tavrida saroyida o‘tkazilgan marosim davomida Bosh konsul vazifasini bajaruvchi Zafar Abdurahmonov, tadbirga muhtaram mehmon sifatida taklif etilgan Sputnik muxbirlariga bir necha daqiqa vaqt ajratdi va suhbat chog‘ida, muassasa ish faoliyati va uning xodimlari qanday qiyinchiliklarga duch kelayotganliklari bilan o‘rtoqlashdi.
Bosh vazifamiz - Sankt-Peterburgda yashayotgan, bu yerga vaqtincha kelgan vatandoshlarimizga yordam ko‘rsatish. Birortasi murakkab vaziyatlarga duch kelib qolishi mumkin, va bizning ishimiz – bunday kishiga muammosini qonuniy yo‘l bilan hal qilishi yo‘lida yordam berish, o‘z vaqtida tegishli maslahat ishlarini olib borishdan iborat. Konsulxonamizda kam odam ishlaydi, murojaatlar esa birtalay. Qabulni har kuni olib boramiz, toki so‘nggi murojaat qiluvchi shaxs qolguniga qadar”, - deya qayd etdi diplomat.
Faoliyatidagi murakkabliklar haqida gapirar ekan, u Peterburgda o‘zbekistonliklar ishtirokidagi noxush hodisalar borasida OAVda ko‘plab yangiliklar vujudga kelayotgani va ular oxir-oqibat feyk (uydirma) bo‘lib chiqayotgani haqida, shikoyat qilgandek mulohaza qildi. Jurnalistlar ma’lumotni mumkin qadar sinchkovlik bilan tekshirishlari kerak, chunki ularning ketlaridan Bosh konsullik xodimlari bu ishni amalga oshirishga majbur bo‘lib qolyapti.
O‘zbekistonning Mustaqillik kuniga bag‘ishlangan tantanali marosim Peterburgda 25-sentabr kuni bo‘lib o‘tdi. Bayram munosib ravishda keng nishonlandi. Tadbir dasturida “Lola Jalolova” modalar uyidan liboslar namoyishi, qo‘shiqchi Rustam Bo‘riboyev va “Quyoshcha” bolalar ansambli chiqishlari, furshet kabilar o‘rin topdi. Va tabiiyki, marosim yakunida barcha ishtirokchilar lazzatli palov bilan mehmon qilindi.