O‘zbekiston avtomobil bozori qayta taqsimlanadimi?

O‘zbekiston avtomobilsozligi jadal rivojlanmoqda. Joriy yilda yana ikkita zavod ochish rejalashtirilmoqda. Ulardan biri Xitoyning Oshan rusumli avtomobillarini, ikkinchisi esa Volkswagen Caddy avtomobillarini ishlab chiqaradi.
Sputnik

Bu Markaziy Osiyoda avtomobilsozlik sohasida peshqadamlik mavqeyini bosqichma-bosqich mustahkamlayotgan Toshkent uchun ahamiyatli voqeadir.

O‘zbekistonda Xitoyning Oshan avtomobillarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Navoiydagi birinchi zavod yiliga 30 ming, Jizzaxdagi ikkinchi zavod esa yiliga 20 ming avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi. Shu bilan birga, UzAuto Motors ham yiliga 300 ming dona avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Shu o‘rinda savol tug‘iladi. O‘zbekiston uchun avtomobil zavodlari soni ko‘p emasmi, ularning savdosi qanday amalga oshiriladi?

Ta’kidlash joizki, yirik ishlab chiqaruvchilar biror bir davlatda yangi loyihaga sarmoya kiritishga qaror qilishdan oldin bozorni sinchkovlik bilan o‘rganishadi, rentabellikni hisob-kitob qilishadi. Mabodo, ikkita yirik avtomobil konsernlari O‘zbekistonda zavod qurishga qaror qilgan ekan, bu ular shu ishni maqsadga muvofiq, deb topishganini anglatadi.

O‘zbekiston bozori to‘yinmaganligi aniq

Ta’kidlash kerak bo‘lgan birinchi jihat: O‘zbekiston bozori to‘yinganlik bosqichidan hali ancha uzoqda, mamlakat avtomobillashtirish nuqtayi nazaridan ba’zi qo‘shnilaridan ancha orqada.

O‘zbekistonda 2020-yilda Volkswagen Caddy avtomobili ishlab chiqariladi

O‘zbekiston har 1000 kishiga 237 dona avtomobil ko‘rsatkichiga erishishi uchun (taqqoslash uchun, Qozog‘istonda har 1000 kishiga 250 ta mashina to‘g‘ri keladi), respublika avtoparkini qariyb 8 million donaga ko‘paytirish kerak. Shu bilan birga, O‘zbekistonda avtomobillar savdosi nisbatan pastroq bo‘lib, 2018-yilda 139,9 mingta, 2019-yilda esa 190,2 ming donani tashkil etdi.

Buning sabablari juda oddiy. Birinchidan, O‘zbekiston bozori yuqori bojlar va QQS bilan chet el avtomobillari uchun deyarli yopiq. Hukumat ichki bozorni liberallashtirish uchun muayan choralarni ko‘rayotgan bo‘lsa-da, uni to‘liq ochishni xohlamaydi, chunki u yuqori maoshli ishchi o‘rinlarini ta’minlaydigan o‘z avtomobilsozlik sanoatiga zarar yetkazishni istamaydi.

Ikkinchidan, avtomobillarning asosiy ishlab chiqaruvchisi - UzAuto Motors to‘liq quvvat bilan ishlamaydi, ishlab chiqarib o‘zining loyihaviy quvvatining qariyb 90 foizini tashkil etadi va shu bilan birga avtomobillarning bir qismini eksport qiladi.

Uchinchidan, O‘zbekistonda avtomobillar narxi Rossiya yoki Qozog‘istonga qaraganda ancha yuqori. 2020-yil mart oyida UzAuto Motors narxlarni qayta ko‘rib chiqib va deyarli butun rusumlar uchun narxlarni 15-20% ga oshirdi. Narxlarning oshishi potensial xaridorlarning keskin noroziligini keltirib chiqardi va hatto sotib olishdan voz kechish fleshmobiga olib keldi, ya’ni bu avtomobil ishlab chiqaruvchisini boykot qilish kampaniyasiga.

O‘zbek avtomobillari Rossiya bozoriga yaqin orada chiqmaydi - OAV

UzAuto Motors nima uchun bunday qilayotganini batafsil tahlil qilmaylikda, buni shunchaki fakt sifatida qabul qilaylik. Bozorning to‘yinmaganligi va asosiy ishlab chiqaruvchi bilan bog‘liq ba’zi muammolar, boshqa avtokonserlarni O‘zbekiston bozoriga kirishga urinishlariga jiddiy sababdir.

Raqobatning kuchayishi

Menimcha, O‘zbekiston avtobozorining rivojlanishidagi asosiy tendensiya avtomobil ishlab chiqaruvchilarining o‘sib borayotgan raqobati bo‘ladi - aslida uni qayta taqsimlash uchun raqobatda.

Bir qator tahliliy hisobotlarga ko‘ra, talab yetarli darajada qondirilmagan bir qancha istiqbolli yo‘nalishlar mavjud.

"Yetmish marta o‘ylash zarur": Mirziyoyev avtomobillar narxi borasida o‘z fikrini bildirdi

Birinchisi - bu katta shaharlarda, birinchi navbatda Toshkentda badavlat iste’molchilar tomonidan talab qilinadigan yuqori sinfli avtomobillar. Ushbu mashinalar, shuningdek, transport vositalarini sotib olishlari kerak bo‘lgan, ammo import qilingan qimmatbaxo avtomobillarni sotib ololmayotgan davlat idoralarida ham qiziqish uyg‘otmoqda. Ko‘rinishidan, Oshan Xitoy-Avstriya brendi ishlab chiqaruvchisi ushbu yo‘nalishni egallamoqchi. UzAuto Motors jang obormoqchi va ushbu sinfdagi avtomobillar qatorini yangilashi to‘g‘risida e’lon qildi.

Ikkinchi yo‘nalish, va juda istiqbolligi, - kichik va o‘rta biznes uchun avtomobillar. Ular O‘zbekistonda deyarli ishlab chiqarilmagan, ular mamlakatga juda oz miqdorda olib kelingan. Volkswagen nisbatan arzon, ammo ishchan mashinalarga muhtoj xaridorga umid qilmoqda. Ishlab chiqaruvchi taksi sifatida ishlatilishi mumkin bo‘lgan yo‘lovchi tashuvchi universalni, shuningdek biznes tomonidan juda talab qilingan yuk fkrgonini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Rossiyada ushbu komplektatsiyadagi avtomobillar ko‘pincha tovarlarni yetkazib berish uchun ishlatiladi.

UzAuto Motors avtomobil narxlarini nega oshirganini izohladi

Eng arzon va ommabop avtomobillar segmentida hozircha hech qanday o‘zgarish yo‘q. Konsernlar mashina sotib olish uchun puli bo‘lgan iste’molchining e’tiborini jalb qilish uchun raqobatlashadi. O‘zbekiston avtomobil bozorida yangi konsernlar joriy holatni o‘zgartirib konservativ yo‘nalish bo‘yicha yetakchilikka da’vo qilmoqchi emaslar. Yiliga 20-30 mingta avtomobilni maqbul narxlarda deyarli har qanday sharoitda sotish mumkin. Ammo kelajakda yangi mashinalar mavjudlarga qaraganda yaxshiroq va arzonroq namoyon qilsa, vaziyat o‘zgarishi mumkin.

Volkswagen yaxshi imkoniyatlarga ega: bu yiliga 10 million donagacha ishlab chiqarish quvvatiga ega va turli xil modellarni ishlab chiqarishda katta tajribaga ega yirik avtomobilsoz. Uning O‘zbekiston bozoriga kirishini tajriba sifatida ko‘rish mumkin. Agar u muvaffaqiyatli bo‘lsa, bu konsern sobiq peshqadamni bir necha yil ichida chetga chiqarib qo‘yishi mumkin.

Va eksport haqida

"O‘zavtosanoat" AK hisobotiga ko‘ra, 2019-yilda 271 ming dona ishlab chiqarish sharoitida avtomobil eksporti 14 740 mingtagacha oshdi. Eksport ulushi ishlab chiqarishdan 5,4 % tashkil qildi. Ta’minotning deyarli yarmi Rossiyaga to‘g‘ri keldi.

UzAuto Motors avtomobillarni Chevrolet brendi ostida eksport qilishni boshlaydi

Boshqa yo‘nalishlar orasida: Qozog‘iston, Afg‘oniston, Yaqin Sharq mamlakatlari, Ukraina va hatto Afrika. Bundan tashqari, avtomobil butlovchi qismlarining eksporti ham o‘sdi: faralar, shtamplangan payvandlanuvchi qismlar, akkumulyatorlar, isitish va shamollatish tizimlari qismlari, plastik qismlar - asosan Rossiya Federatsiyasiga.

Eksport zamonaviy avtomobilsozlik sanoatining ajralmas qismi bo‘lib, ko‘plab mamlakatlarda eksport mahsulotlarining ulushi yuqori; masalan, Turkiya o‘z avtomobil mahsulotlarining 80 foizigacha eksport qiladi. Chet elga ta’minot shuningdek valyuta tushumini ham beradi.

O‘zbekiston juda noqulay transport joylashuviga ega va transport harajatlari yuqori bo‘lgani sababli butun dunyoga avtotransport mahsulotlarini yetkazib berish qiyin. Ichki bozorda bu mahsulotga bir muncha ishonchsizlik mavjud.

Qozog‘iston O‘zbekistonga salkam 12 mln dollarlik avtomobillar yetkazib beradi

Chet el avtomobillari oqimidan bozorni himoya qilish bo‘yicha qattiq proteksionistik choralar buni amalga oshirishga imkon beradi. UzAuto Motors avtomobillariga deyarli boykot e’lon qilinishiga olib kelganbu tendensiya salbiydir, bu esa kompaniya mijozlarning ishonchini yo‘qotishi mumkinligini anglatadi.

Eksport qiziqarli va shu kungacha O‘zbekiston bozori uchun kurashda kam e’tiborga olingan jihatni namoyon qiladi. Bozorning to‘yinmaganligi va haridorlarning noroziligi sharoitida avtomobil butlovchi qismlarining samarali va arzon logistikasini tashkil egan yoki maqbul narxlar bilan mahalliylashtirishning yuqori darajasiga yetishgan konsern, kutilmaganda, yetakchiga aylanishi mumkin. Bu aynan kim bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi.