UzAuto Motors avtomobillarni Chevrolet brendi ostida eksport qilishni boshlaydi

© JEWEL SAMAD / AFPChevrolet Spark
Chevrolet Spark - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2020 yilning mart oyidan boshlab Chevrolet brendi ostida taqdim etiladigan dastlabki modellar Spark, Nexia va Cobalt bo‘ladi. “Rahmat, Ravon, omad, Chevrolet!”, - deya yozgan kompaniya.

TOShKENT, 17 fev — Sputnik. UzAuto Motors eksport bozorlarida avtomobillarni Chevrolet brendi ostida sotishni boshlaydi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qildi.

Chevrolet Trailblazer - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston uchun Trailblazer ishlab chiqariladigan zavod sotiladi

2020 yilning mart oyidan boshlab Rossiya, Qozog‘iston va Belarusda Chevrolet brendi ostida taqdim etiladigan dastlabki modellar Spark, Nexia va Cobalt bo‘ladi. Ravon brendi ostida avtomobillar savdosi 2020-yilning o‘rtalariga kelib to‘xtaydi.

Dilerlik tarmog‘i mavjud GM Rossiya dilerlari, Ravon dilerlarining bir qismi va Chevrolet vakolatli servis markazlari asosida, ularning geografik joylashuvi va Chevrolet brendi standartlariga muvofiqlik darajasini hisobga olgan holda yaratilgan.

“Yagona brend ostida ishlash O‘zbekistonda avtomobil sanoatini yanada rivojlantirish va eksport bozorlarida sotishning yangi imkoniyatlarini ochib beradi”, - deyilgan xabarda.

Qayd etilishicha, GM Rossiya vakolatli xizmat ko‘rsatish markazlari 2015-yilning oxiriga qadar Rossiyada GM/Chevrolet dilerlaridan avtomobil sotib olgan mijozlarga ham xizmat ko‘rsatishni davom ettiradi.

Shuningdek, Ravon avtoulovlarini harid qilgan mijozlar uchun ham UzAuto Motors o‘zining vakolatli servislarida xizmatlarni davom ettiradi.

UzAuto Motors tomonidan ishlab chiqarilgan Chevrolet Spark, Nexia va Cobalt avtomobillarini xarid qilgan mijozlar uchun kafolatlar, shuningdek, barcha xizmat va UzAuto Motors kompaniyasi tomonidan o‘zining dilerlik tarmog‘i orqali taqdim etiladigan ehtiyot qismlarni sotib olish imkoniyati saqlanib qoladi.

Yangiliklar lentasi
0