O‘zbekistonda 2020-yilda Volkswagen Caddy avtomobili ishlab chiqariladi

Obuna bo‘lish
“O‘zavtosanoat” va “Folksvagen Grup Rus” kelishuvi doirasida “Jizzax” EIZda yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarishni tashkil etiladi. Birinchi model Volkswagen Caddy bo‘ladi.

TOShKENT, 4 mar — Sputnik. “O‘zavtosanoat”  va “Folksvagen Grup Rus” kelishuv imzoladilar. Uning doirasida “Jizzax” EIZda “Jizzax avtomobil zavodi” MChJ bazasida yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarishni tashkil etiladi. Bu haqda “O‘zavtosanoat” matbuot xizmati xabar qildi.

Korxonaning ishlab chiqarish quvvati yiliga 20 000 dona avtomobilga teng bo‘ladi.

Zavod Volkswagen konsernining yo‘lovchi va yuk tashishga mo‘ljallangan bir necha modeldagi yengil tijorat avtomobillarini to‘liq sanoat turkumi bo‘yicha ishlab chiqarishga ixtisoslashadi.

Zavod Volkswagen v Drezdene - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Volkswagen avtomobillari ishlab chiqariladi

“Folksvagen Grup Rus” yangi zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari va jarayonlarini taqdim etadi, shuningdek, xodimlarni o‘qitishni amalga oshiradi. Zavod Volkswagen konsernining ishlab chiqarish, sifat, xaridlar, yetkazib berish va sotuv tizimlari boshqaruvi borasidagi zamonaviy standartlariga muvofiq ish yuritadi.

Shuningdek, korxona rejalariga mahalliy avtomobil butlovchi qismlari ishlab chiqaruvchilarini (bugungi kunda ular “O‘zavtosanoat” AJga tegishli 30 ta yirik zavod va 160 dan ziyod o‘rta hamda kichik korxonalardan iborat) jalb qilish orqali muayan mahalliylashtirish darajasini ta’minlash ham kiradi.

“O‘zbekiston avtomobil bozori jo‘shqin rivojlanmoqda va barcha segmentlarda katta o‘sish salohiyatiga ega. Ham konsernimiz mahsuloti, ham dilerlik markazlaridagi yuksak xizmat ko‘rsatish darajasi o‘zbek iste’molchilari tomonidan munosib baholanishiga aminmiz”, - dedi Folksvagen Grup Rus” bosh direktori Markus Ozegovich

Bitim doirasida tomonlar hamkorlikni 2020-yilda Volkswagen Caddy modelini ishlab chiqarish va sotish bilan boshlashga kelishib oldilar, u ikkita modifikatsiyada taklif etiladi: 7 o‘rinli yo‘lovchi universali va yuk furgoni. Ushbu model ham tijorat, ham oilaviy foydalanishga mo‘ljallangan. Avtomobil quvvati 110 o.k. va hajmi 1,6 litrli tejamkor benzinli dvigatel  bilan jihozlanadi. Shahar sikli rejimida yoqilg‘i sarfi 100 km.ga 9,3 l., trassada – 100 km.ga 6,1 l.ga to‘g‘ri keladi.

Bundan tashqari, hamkorlik doirasida kelajakda Volkswagen Group konsernining keng modellar qatoridan boshqa namunalarni ham ishlab chiqarish va keltirish imkoniyati ko‘rib chiqiladi.

Eslatib o‘tamiz, Sputnik O‘zbekistonda Volkswagen avtomobillari ishlab chiqarilishi haqida xabar qilgan edi.

“Folksvagen Grup Rus”

“FOLЬKSVAGEN Grup Rus” Volkswagen AG konsernining sho‘’ba korxonasi bo‘lib, Rossiya bozorida konsernning yettita rusumi faoliyatini birlashtirib turadi: Volkswagen — yengil avtomobillar, Audi, ŠKODA, Bentley, Lamborghini, Ducati va Volkswagen Tijorat avtomobillar. 2019-yilda  “FOLЬKSVAGEN Grup Rus”ning Rossiya bozoridagi sotuvlar hajmi 233 600 dona avtomobil bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0