UzAuto Motors avtomobil narxlarini nega oshirganini izohladi

© Uzavtomotors / ASKAR YACUBOV dlya Sputnik Uzbekistan Proizvodstvo avtomobiley na zavode Uzavtomotors
Proizvodstvo avtomobiley na zavode Uzavtomotors - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kompaniya narxlarni qayta ko‘rib chiqish qarori narxlar konyunkturasi, shuningdek, ichki va tashqi bozordagi umumiy makroiqtisodiy vaziyatning o‘zgarishiga bog‘liqligini ma’um qildi.

TOShKENT, 11 mar — Sputnik. UzAuto Motors avtomobillarning chakana narxlari yangilangani bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.

“UzAuto Motors kompaniyasi narxlarni qayta ko‘rib chiqish qarori narxlar konyunkturasi, shuningdek, ichki va tashqi bozordagi umumiy makroiqtisodiy vaziyatning o‘zgarishi bilan bog‘liq ekanligini ma’lum qiladi”, - deyilgan xabarda.

2020 yilning 4-martiga qadar shartnoma imzolagan xaridorlar uchun shartnomadagi barcha shartlar saqlab qolinadi.

Xabarda ta’kidlanishicha, 2017-yilning sentabr oyida so‘ngi marta avtomobil narxlari o‘zgarganidan buyon dollarning so‘mga nisbatan ayriboshlash kursi o‘sgan, xom ashyo narxlari, kommunal xizmatlar tariflari, transport xizmatlari narxlari oshgan.

Bundan tashqari, avval soliq imtiyozlariga ega bo‘lgan UzAuto Motors kompaniyasi 2019-yilning oktabr oyidan boshlab O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq soliqlarni umumiy asoslarda, jumladan QQS bo‘yicha to‘lashni boshladi.

Aksiya GM Uzbekistan Avtosalon pod otkritim nebom - Sputnik O‘zbekiston
GMdan mashina olmayman: o‘zbekistonliklar narx oshishiga qarshi fleshmob uyushtirishdi

2019 yilda kompaniya 2,5 trln. so‘m soliq to‘lagan bo‘lsa, joriy yil uchun esa ushbu ko‘rsatkich 4,2 trln. so‘mni tashkil qilishi kutilmoqda.

Yaqin kelajakda kompaniyaning o‘zi uchun belgilagan ustuvor yo‘nalishlardan biri bu so‘ngi vaqtda amaliyotda keng qo‘llanilayotgan iste’molchilar uchun ajratiladigan avtokredit va muddatli to‘lov tizimlarini yanada rivojlantirishdir.

"Ushbu yo‘nalish banklar bilan yaqin hamkorlikni ko‘zda tutadi. UzAuto Motors avtomobil kreditlarini rivojlantirishga tayyor bo‘lgan banklar bilan hamkorlik uchun doim ochiq", - deyiladi xabarda.

"O‘zbekiston avtomobil bozorini global isloh qilish doirasida, sog‘lom raqobatbardosh ekotizimni yaratish maqsadida "O‘zavtosanoat" yaqin kelajakda mas’ul davlat organlari tomonidan ko‘rib chiqiladigan O‘zbekiston bozoriga olib kiriladigan xorijiy avtomobillarga bojxona to‘lovlarini kamaytirish tashabbusi bilan chiqdi. Ichki bozorda raqobatning kuchayishi UzAuto Motors kompaniyasining boshqaruv tizimini yanada takomillashtirishga, kompaniyaning raqobatbardoshligini, shuningdek ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning sifati va hammabopligini oshirishga imkon beradi", - deya xulosa qilgan kompaniya.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha UzAuto Motors kompaniyasi 9-martdan avtomobillar uchun yangi narxlarni e’lon qilgan edi. Unga ko‘ra, avtomobillar narxi turiga qarab 3 foizdan 21 foizgacha oshgan. Bu jamoatchilikning keskin noroziligiga sabab bo‘ldi va ular hatto ijtimoiy tarmoqlarda kompaniyaga qarshi fleshmob boshlab yuborishdi.

Yangiliklar lentasi
0