Sovet razvedkachisi, britaniyalik Kim Filbidan, o‘z razvedka faoliyatidagi asosiy yutug‘i nima ekanligini so‘rashganda, u inglizcha talaffuz bilan: "Proxorovka, Proxorovka ..." deb takrorladi.
1943 yil 12-iyulda Proxorovka temir yo‘l stansiyasi yaqinida Ulug‘ Vatan urushi va umuman harbiy tarixdagi eng yirik tank jangi bo‘lib o‘tdi.
Proxorovka yaqinidagi jang Kursk bulg‘asidagi jangning bir qismi edi, bu g‘alaba urush davomida ilgari Stalingrad jangida erishilgan burilish nuqtasini mustahkamlab, fashistlar harbiy mashinasining tizmasini sindirgan. RIA Novosti xabariga asosan.
Kim Filbi va uning "Kembridj beshligidagi" do‘stlari Sovet Ittifoqiga Kursk jangida qanday yordam berishdi?
Kursk jangi arafasida, Moskva Kim Filbi va Djon Kernkrossning xabarlari orqali Germaniya qo‘mondonligi Sovet qo‘shinlarining mudofaasi joylashtirilishi to‘g‘risida to‘liq xabardor bo‘lganligi haqida xabar topdi. Hal qiluvchi jang oldidan so‘nggi kunlarda, Oliy qo‘mondonlikning stavkasi dislokatsiyani yashirin o‘zgartirdi va kuchlarning yangi joylashishi dushman uchun mutlaqo kutilmagan voqea bo‘ldi.
Jang rejasi o‘zgartirildi, ammo oldinda texnik muammolar turgan edi: tank jangi arafasida Sovet jangovar mashinalari nemis mashinalari oldida zirhi va quroli jihatidan orqada edi. T-34 o‘rta tanki "yo‘lbars"ning zirhini urish uchun unga 500 metr masofaga yaqinlashishi va shu o‘rinda bortiga o‘q urishi kerak edi. "Yo‘lbars" esa T-34 zirhiga ikki kilometr va hatto ro‘pparasidan ham urishi mumkin edi.
1942 yilda Kim Filbi yangi "yo‘lbars"larning zirhining tarkibi to‘g‘risida texnik ma’lumotlarini qo‘lga kiritdi. Biroq ma’lumot boshqa manbalardan ham olingani va bir-biridan mustaqil ravishda olingan ma’lumotlar bilan tasdiqlangan taqdirdagina ishonchli deb hisoblanadi.
O‘sha paytga kelib Djon Kernkross har qanday razvedka uchun orzu qilingan joyda – Bletchli-Parkdagi shifrlash markazida xizmat qilgan. Eslatib o‘tamiz, Kim Filbi Djondan tashqari "beshlik" ning barcha a’zolarini bilar edi. Bletchlida inglizlar urushdan oldin nemislardan o‘g‘irlagan Enigma ko‘chma shifrlash mashinasi joylashtirilgan. Dushmanning o‘ta muhim maxfiy xabarlarini ushlash va aniqlash Buyuk Britaniyaning "Ultra" operatsiyasi doirasida amalga oshirilgan.
Ittifoqchi sifatida Britaniya Moskva bilan olingan ma’lumot bo‘lishishi mumkin edi - ayniqsa urush boshidan va hal qiluvchi janglar paytida. Yo‘q, buni London qilmadi. Shunday qilib Britaniyalik sovet razvedkachilari qaysidir ma’noda o‘zlarining hukumatining, yumshoq qilib aytganda beparvo bo‘lgan ittifoqchilik majburiyatlarini bajardilar.
Bletchli Parkdan, Enigma rotorlaridan Djon Kernkross Moskvaga yangi nemis "yo‘lbarsi"ning texnik xususiyatlarini, xususan Kim Filbining ma’lumotlarini tasdiqlovchi, zirx tarkibi haqidagi ma’lumotni taqdim etdi. Va Sovet qurolsozlari "yo‘lbars"ning zirhini yoqib yoruvchi rangli qotishmali o‘zakli yangi snarad turlarini tezda ishlab chiqara oldilar.
Bundan tashqari, Kernkross Kursk viloyati atroftidagi nemis aerodromlarining joylashuvi xaritasini jo‘natdi. Ushbu aerodromlar Germaniya hujumi arafasida Qizil Armiyaning artilleriya bombardimonining nishoniga aylandi - 500 tagacha nemis samolyotlari yo‘q qilindi.
Aynan Kursk viloyati uchun Djon Kernkross "Qizil bayroq" ordeni bilan mukofotlandi.
Va Kursk viloyatidagi jang - Ikkinchi Jahon urushi yillarida "Kembrij beshligining" faoliyatidagi epizodlardan biri.
Moskva ostonasidagi jang paytida Kim Filbi Yaponiyaning Singapurga hujumini, ya’ni Janubiy-Sharqiy Osiyodagi yapon tajovuzining yo‘nalishi haqida habar berdi, bu bilan muqaddam Tokio rezidenturasidagi Rixard Zorgedan olingan ma’lumotlar tasdiqlandi. Bu yaponlar o‘sha paytda SSSRga hujum qilish niyati yo‘qligini anglatgan va bu Sovet rahbariyatiga Sibir va Uzoq Sharqdan bo‘linmalarni mamlakatning taqdiri hal bo‘layotgan Moskva yo‘nalishiga zudlik bilan o‘tkazishga imkon bergan.
Urush davomida Kim Filbi Moskvaga muntazam ravishda Ikkinchi frontning ochilishi va ittifoqchilarning niyatlari to‘g‘risida xabar berib turardi, ittifoqchi ko‘p ham ittifoqchilik harakatlar qilmaganligi tarihan aniq. Murmansk orqali G‘arb va’da qilgan portlovchi moddalarni yetkazib berish amalga oshmagach, Filbi bu qasddan buzilganligini ko‘rsatuvchi hujjatni yetkazdi. Bu faqat o‘z kuchiga tayanish kerakligini yana bir bor tasdiqladi.
Entoni Blant Markazni SS Generali Volf va amerikaliklar o‘rtasidagi muzokaralar to‘g‘risida xabardor qildi. G‘arbda urushni tugatish evaziga Gimmlerning shaxsiy vakili nemis qo‘shinlari faqat SSSRga qarshi harakat qilishini kafolatladi. Stalin Angliya va AQShga butun dunyo bu maxfiy muzokaralardan xabardor bo‘lishini ta’kidlab rasmiy tushuntirish uchun murojaat qildi. Uyatli oshkoralikdan qo‘rqib, ular fashistlar Germaniyasi vakillari bilan alohida bitimlardan bosh tortdilar. Ushbu hikoya "Bahorning o‘n yetti laxzasi" ajoyib sovet filmi sujeti asosini tashkil etdi.
Blant tufayli Markaz Vatikan yordami bilan Angliya va AQShning Italiya bilan olib borilgan pinhona muzokaralaridan xabardor bo‘ldi. Mussolini ag‘darildi, hibsga olindi, ittifoqchilar esa Sovet Ittifoqini xabardor qilmay, Italiyaning yangi Vazirlar Mahkamasi rahbari bilan sulh imzoladilar. Vashington va London Moskvaning Uchinchi Reyxdan chiqishga urinayotgan davlatlar bilan muzokaralar olib borish uchun mahsus komissiya tuzish taklifini qabul qilishga majbur bo‘ldilar.
1944 yil kuzida Markazni Djon Kernkross tomonidan jo‘natilgan Gimmler ko‘rsatmalari ayniqsa qiziqtirdi. Fashistlar Germaniyada va ishg‘ol etilgan mamlakatlarda uchta funksiyani bajaruvchi yashirin guruhlarni yaratishni maqsad qilgan: razvedka, sabotaj va o‘z xavfsizligini ta’minlash. Ularga SS zobitlari va sadoqatli natsistlar boshchilik qiladi. Muvaffaqiyatli legallashtirish uchun 1944-yilda fashist yashirin guruhlarining kelajakdagi rahbarlari hibsga olinishga, qamoqxonaga yoki hatto konslagerga tushishga tayyor edi. O‘ldirish, portlovchi moddalar va hatto kimoviy zaharli moddalarni ishlab chiqarish va foydalanishga yaxshi o‘rgatilgan ushbu mutaxassislar Gimmler, Kaltenbrunner va Borman tomonidan nazorat qilinishi kerak bo‘lgan. Biroq, fashistlar bunday tizimni joriy qila olmadilar - bunga Kernkross tomonidan yuborilgan ogohlantirishlar to‘sqinlik qildi.
1945 yil boshida Gay Berdjess shu yilning fevral oyida Yaltada uch ittifoqchi davlat rahbarlarining Qrim konferensiyasida Britaniya delegatsiyasi kotibining hatini olishga muvaffaq bo‘ldi. Unda Yevropaning urushdan keyingi tartibga solinishining asosiy masalalari bo‘yicha inglizlarning pozitsiyasi aniq belgilab qo‘yilgan. Hujjat haqida Stalinga xabar qilindi va olingan ma’lumotlar Sovet tomonini konferensiyada ishtirok etishga tayyorlanishida jiddiy yordam berdi.
Ulug‘ Vatan urushi davrida "Kembrij beshligi" a’zolarining o‘zlari aytganlaridek, ular o‘z imkoniyatlari chegarasida ishladilar. "Beshlik"dan Moskvaga o‘ta qimmat ma’lumotlar oqimi juda katta edi. 1941-1945 yillarda Djon Kernkrossdan 5805 ta mahfiy hujjat, Gay Berdjessdan - 4605, Donald Maklindan - 4593, Kim Filbidan - 914 o‘ta muhim hisobotlar, Entoni Blantdan - dunyo bo‘ylab yuzlab xorijiy razvedka agentliklarining ismlari, shuningdek, Londonda akkreditatsiyadan o‘tgan barcha xorijiy diplomatik korpus pochtasi qabul qilindi.
"Kembrij beshligi"dan olingan ma’lumotlar tufayli minglab Sovet askarlarining hayotlari saqlanib qolindi!
Keyinchalik Kim Filbi Moskvada bo‘lganida, u butun umri davomida o‘zini sovet razvedkasining zobiti deb hisoblashini aytgan. O‘zining Kembrijda qabul qilgan paytlaridayoq kommunistik va antistashistik qarashlariga umrining oxirigacha sodiq qoldi.
Siklning avvalgi maqolalarida "Kembrij beshligi" a’zolari kim bo‘lganligi va Sovet Ittifoqining Uchinchi Reyx hujumiga tayyorgarligida qanday yordam bergani haqida aytib berildi. Keyingi maqolalarda Beshlikning SSSR tomonidan yadroviy qurolga erishishiga qo‘shgan hissasi va Sovuq urush davridagi operatsiyalar haqida gap boradi. Muallif hamkasblariga - Kim Filbi hotirasi Fondi asoschilaridan biri, Tashqi razvedka xizmatining iste’fodagi polkovnigi Mixail Bogdanov va razvedka tarixchilari, yozuvchilar Nikolay Dolgopolov va Vladimir Antonovga minnatdorchilik bildiradi, Vladimir Antonovning kitoblari "Kembrij beshligi" haqidagi qator maqolalar asosini tashkil etdi. Ushbu turkum "Kim Filbi va Kembrij beshligi: qahramon-razvedkachilar tarixiy xotirasini saqlab qolish" ta’lim loyihasining bir qismi, www.cambridge5.ru. Loyihaning maqsadi keng jamoatchilikka o‘z hayotlarini fashizmga qarshi kurash, adolatli dunyo o‘rnatish uchun bag‘ishlagan taniqli Britaniyalik sovet razvedkachilarining jangovar faoliyati to‘g‘risida ma’lumot berishdir.