Moskva koronavirusdan qo‘rqmaydi – G‘alaba paradi o‘tkaziladi

© Sputnik / Alexey Kudenko / Mediabankka o‘tishVoyennoslujashix paradnix raschetov na voyennom parade, posvashennom 74-y godovshine Pobedi v Velikoy Otechestvennoy voyne
Voyennoslujashix paradnix raschetov na voyennom parade, posvashennom 74-y godovshine Pobedi v Velikoy Otechestvennoy voyne - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
G‘alabaning 75-yilligiga bag‘ishlangan keng ko‘lamli tadbirga tayyorgarlik ketmoqda, uni bekor qilish haqida hech qanday gap bo‘layotgani yo‘q - Peskov.

TOShKENT, 12 mar – Sputnik. Koronavirus tufayli 9-may kuniga rejalashtirilgan G‘alaba paradini bekor qilish yoki cheklash haqida hech qanday qaror qabul qilingani yo‘q, dedi Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Peskov, shuningdek, Rossiya uchun yirik va muhim bo‘lgan tadbirda ko‘plab xorijiy mehmonlar taklif qilinganini va ularning aksariyati o‘z ishtirokini tasdiqlaganini xabar qildi.

“Tadbirga har tomonlama tayyorgarlik ketmoqda, delegatsiyalarni kutib olish, harbiy paradga doir ishlar olib borilmoqda. Paradni bekor qilish haqida hech qanday gap yo‘q. Bu juda yirik masshtabli tadbir bo‘ladi.Vaziyatni kuzatib boramiz”, - dedi Peskov.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin Moskva meri Sergey Sobaning poytaxtda 1000 kishidan ortiq kishilar jamlanadigan ommaviy tadbirlar o‘tkazishni ta’qiqlagan edi.

Ma’lumot uchun Moskvaga G‘alabaning 75-yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda 20 dan ortiq davlat rahbarlari o‘z ishtiroklarini tasdiqlagan edi. Ular orasida KXShT va MDH davlatlari rahbarlari, Hindiston, Fransiya, Chexiya, Kuba va boshqa mamlakat prezidentlari bor. AQSh prezidenti Donald Tramp paradga kelmasligini ma’lum qilgan. 

Yangiliklar lentasi
0