MDH davlatlaridan o‘tadigan "G‘alaba estafetasi" O‘zbekistongacha keladi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishSeremoniya peredachi kopii Znameni Pobedi Novosibirskoy oblasti
Seremoniya peredachi kopii Znameni Pobedi Novosibirskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nemis-fashistlar qo‘shinlarining tor-mor etilgani 75-yilligiga bag‘ishlangan "G‘alaba estafetasi" barcha sobiq sovet ittifoqi davlatlari chegaralarini kesib o‘tadi

TOShKENT, 19 fev — Sputnik. Belarus, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston orqali Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan G‘alabaning 75-yilligiga bag‘ishlangan "G‘alaba estafetasi" kelmoqda.

Vladimir Putin: Rossiya vistupayet protiv militarizatsii kosmosa - Sputnik O‘zbekiston
Ikkinchi jahon urushi tarixini buzib ko‘rsatishga urinish holatlari davom etmoqda - Putin

"G‘alaba estafetasi" rossiya chegarachilari tomonidan G‘alaba kuni munosabati bilan tashkillashtirilgan, estafeta 5-fevral kuni Brest va Murmanskda start oladi va ikki marshrut bo‘ylab o‘nlab davlatlar hududlaridan o‘tadi.

Xabar qilinishicha, Pskov viloyati hokimligi ayni vaqtda belaruslik chegarachilardan estafetani qabul qilib olgan. Bu Sebej tumanidagi chegara oldi hududida ro‘y bergan.

Tadbir uchta davlat - Rossiya, Latviya va Belarus chegarasida joylashgan va sun’iy ravishda hosil qilingan tepalik bo‘lmish - Do‘stlik Qo‘rg‘onida bo‘lib o‘tgan.

Endilikda estafeta Rossiya chegarasidan, Ozarbayjon, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston tashqi chegarasi bo‘ylab o‘tadi.

Sostoyalas vstrecha uchastnikov Vtoroy mirovoy i afganskoy voyni. - Sputnik O‘zbekiston
Ikkinchi jahon va afg‘on urushi qatnashchilari uchrashdi

MDH davlatlarining har birining chegara oldi hududida maxsus estafeta guruhlari to‘plangan bo‘lib. Guruhlar chegara idorasi, veteran tashkiloti va harbiy-vatanparvar klublari vakillaridan iborat.

Estafeta ramzlari ushbu aksiyada ishtirok etayotgan barcha davlatlar hududlari bo‘ylab  estafeta guruhlari tomonidan tantanali tarzda topshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, nemis-fashist qo‘shinlarining tor-mor etilgani 75-yilligiga bag‘ishlangan "G‘alaba estafetasi", Hamdo‘stlik mamlakatlari rahbarlari qarori bilan o‘tkazilmoqda. Estafeta 28-may kuni Poklonnaya tog‘ida yakun topadi.

Yangiliklar lentasi
0