Koronavirusdan nega qo‘rqish kerak emas – biolog Shohida Sultonova bilan eksklyuziv intervyu

COVID-19 qayerdan paydo bo‘lgan, u shunchalik dahshatlimi, kunlar isishi bilan virus yo‘qolish ehtimoli haqidagi fikrlarda qanchalik jon bor va inson immunitetini oshirish borasida qanday tavsiyalar bor degan savollar bilan Sputnik muxbiri biolog Shohida Sultonovaga murojaat qildi.
Sputnik

Bugun 600 mingdan ziyod insonlar dunyo bo‘yicha yangi turdagi koronavirus bilan kasallangan. COVID-19 qayerdan paydo bo‘lgan va u shunchalik dahshatlimi, issiq kunlar kelishi bilan virus yo‘qolish ehtimoli haqidagi fikrlarda qanchalik jon bor, umuman, inson immunitetini oshirish borasida qanday tavsiyalar bor degan savollar bilan Sputnik muxbiri biolog Shohida Sultonovaga murojaat qildi.

Hech kimga sir emaski, bugungi kunda koronavirus pandemiyasi butun dunyoni xavotirga solmoqda. Afsuski, infeksiya O‘zbekistonni ham chetlab o‘tmadi. Mamlakatda uning tarqalishining oldini olishga qaratilgan qator choralar ko‘rilmoqda.

Xitoyda noma’lum kasallik tez sur’atlarda tarqalmoqda

- Shohida Rahimberdiyevna, aytingchi, pnevmaniya kelib chiqish sabablari nima bilan bog‘liq o‘zi?

- Hammamizga ma’lum, bugungi kunda dunyoni tahlikaga solgan koronavirus pnevmaniyasi ilk bor Xitoyning Uxan shahridagi aholining pala-partish ovqatlanishi, asosan, hayvonlar bilan bog‘liq bo‘lib, bilganimizdek ular hatto hayvonlarni tiriklayin iste’mol qilishlari, shuningdek, dengiz hayvonlari, ilon, kalamush hattoki ko‘rshapalaklarni ham tiriklayin iste’mol qilish oqibati deyilmoqda. Aslida u yerdagi antisanitariya holatlarining ayanchli ko‘rinishlari oqibatida turli infeksiyalar birlashuvi natijasida yuzaga kelgan mutant darajasidagi pnevmaniya deb hisoblash ham mumkin.                                                                                                                   

- Koronavirusni to‘liq o‘rganish uchun ilm-fanga qancha vaqt kerak bo‘ladi? Bugungi kunda goh u, goh bu davlatlarda yaratilgani haqida xabarlar uchrab turibdi. Nega bu vaksinalar bozorlarga chiqmayapti? 

Rossiyada koronavirusni davolovchi preparat taqdim etildi

- Avvalom bor “Har kasalni bergan Olloh davosini ham berguvchidir” deb muqaddas kitoblarimizda bekorga yozilmagan. Shunday ekan inson hayotiga bir sinov tariqasida kirib kelgan bu dardning davosini ham o‘zi berguvchi ekanligiga ishonishimiz kerak, albatta. Bu bilan kutib turish kerak emas, olim va mutaxassislarni izlanishlariga ham bog‘liq. Biz ana shu davosini aql bilan izlash uchun mehnat va tinimsiz aql idrokni ishlatib, uni topishga harakat qilishimiz kerak.  O‘zingizga ma’lum, hozirda butun dunyo olimlari uning davosini topish uchun tinimsiz harakatlar qilishmoqda. Hozirda davosini topilganligi ommaviy axborotlarda berilayotgan bo‘lsada uning sinov muddatlari, ya’ni klinik natijasini kutish uchun vaqt talab qilinayotgani ham aytilmoqda. Shuning uchun ham bu haqida aniq ma’lumotlar berilmagan. Qolaversa, bu bilan izlanishlar to‘xtadi degani emas. Aksincha hozir ham buning oldini olish borasida vaksinalar yaratish ishlari shiddatli darajada olib borilmoqda.       

- Insonda bu virusga qarshi immunitet hosil bo‘lishi mumkinmi? Qancha vaqt talab etiladi?

- Men bir narsani ta’kidlab o‘tmoqchiman. Bugungi kunda insoniyat o‘z hayoti mobaynida ozuqlanish, ya’ni oziq-ovqatdan mahsulotlaridan foydalanish ovqatlanish ratsionini nihoyatda qaltis ravishda buzganligini tan olishimiz kerak. Zamon taraqqiyot sari intilgani sayin turmush sharoitimizda ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi tub o‘zgarishlar natijasida ovqatlanish jarayonimizga ham sun’iy ravishda kimoviy ozuqalar shaxsiy hayotimizni ko‘ndirishga o‘z-o‘zidan tarbiyalay boshladi.  Atrofga e’tibor berib insonlar yashash muhitidagi ko‘nikmalari asosida tahliliy xulosalar olishimiz mumkin.  Misol uchun qishloq sharoitida ulg‘aygan o‘n nafar 25 yoshli yigitlar, shaharlik shu yoshdagi yigitlar bilan solishtiruvga etibor qaratadigan bo‘lsak. Ikkala vakillar o‘rtasida 70 % qishloqda o‘sgan yigitlar tarozini bosa oladilar. Bunga sabab: 1. Tabiiy ozuqlanishi 95% ni sun’iy ozuqlanish 5% ni tashkil qilishi. Shaharliklarda esa aksincha 50%-35% gacha tabiiy qolgan 50-65% sun’iy ozuqlanish natijasida inson organizmidagi fiziologik va biologik quvvatlarni tashkil qilishi ma’lumligi aniqlanadi.  Bu nafaqat bunday yoshdagilar balki aholining barcha qatlamida bu ko‘rsatkichlar mujassam. Bu degani manashu sun’iy ozuqlanish oqibatida organizmdagi immunitet quvvati qanchalar kuchga ega ekanligini ko‘rish mumkin. Bunday immunitet pastligi ayrim hollarda qishloq sharoitlarida ham vaqtida ovqatlanmaslik, yoki pala-partish oshqozonni aldash oqibatida ham vujudga keladi.  Bunday hollar bugungi kundagi insonlar organizmidagi immunitet tanqisligi kuzatilishi jarayonida talab darajasida emasligini ko‘rsatmoqda. Agar inson organizmida immunitet tanqisligi bo‘ldimi u organizm turli kasalliklar balki, yuqumli viruslarga moyilligi yuqori hisoblanadi. Sun’iy ozuqlanish deganda nimalar ko‘zda tutiladi degan savol ham bo‘lishi mumkin. 1. Turli reklama qilinayotgan bejirim idishdagi ichimliklar yoki bolalar uchun turli yengil ozuqabop mahsulotlardir. Bularning saqlanish muddati uzayishi va turli ta’m va xushbo‘y xid beruvchi kimoviy konsentratlardan qo‘shilishi.

Ekspert koronavirusdan immunitet haqida gapirdi

Kundalik hayotimizdan o‘rin olayotgan chet eldan kirib kelayotgan sun’iy yetishtirilgan va sun’iy ozuq ovqat mahsulotlari bo‘lib, eng havfliligi palma (zaytun) moyi qo‘shilgan mahsulotlar hamdir. Eslatib o‘tmoqchiman, palma bizning iqlimimizga moslashmagan o‘simlik moyi bo‘lib, uning hazm qilish jarayoni bizning  organizmimizga singib borishi mutlaqo zararli bo‘lib, undan rak to‘qimalari hujayralarining yorilishi va immunitet yemirilishi oqibatlarini yuzaga keltiradi. Shuning uchun ham ayrim Yevropa davlatlari, shuningdek, Rossiya hukumati palma moyini oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidan 2011-yil qonunan savdodan chiqarib tashlaganligining sababi ham shunda. Bunday misollarni ko‘plab keltirishimiz mumkin. Asosiy maslahatim bugungi kunda o‘zimizning tabiiy muhitimizda yetishtirilayotgan mahsulotlardan keng foydalanishimiz shuningdek tabiiy sharoitimizda mahalliy va yovvoyi muhitda o‘sayotgan dorivor o‘simliklarimizdan ko‘proq foydalanishni tavsiya qilaman. Uy sharoitida immunitet faoliyatini yaxshilash maqsadida o‘rik qoqi (o‘rik turshagi), chilonjiyda qoqisi, olma va turli mevalar aralashmasidan  tayorlangan kompotlar tayorlab iste’mol qilish,  qora kishmish mayizini 6 soat mobaynida qaynagan suvga solib qo‘yib keyin iste’mol qilish ham immunitetni quvvatini oshiradi. Shuningdek, hozirda bozorlarimizda sotilayotgan imbir (zanjabil) dan keng foydalanish ham maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa, imbirning hususiyati nafaqat immunitet oshishi balki turli kasalliklarni oldini olishda ayniqsa yuqumli kasalliklardan saqlanish hususiyatiga ega. Imbirda oshlovchi moddalar mavjud bo‘lib, organizmdagi turli yot xillarni va qon tarkibini tozalashi natijasida miya faoliyatini yaxshilaydi. Ko‘zni ravshanlashtiradi, jismoniy va biologik quvvatni oshiradi.  O‘zbekiston tuprog‘i oltindan-da, qimmat xususiyatga boyligi undagi tabiiy o‘simliklarimizdagi dorivor hususiyatlaridan ko‘rishimiz mumkin. Xalqimizga hozirda uy sharoitida bunday dorivor giyohlardan foydalanishning yana bir oson yo‘li tabobat ilmiga oid kitoblarni ko‘proq o‘qishlari yoki internet tarmoqlaridan olib bilib olishlari imkoniyatlaridan foydalanishlarini tavsiya qilardim. Shu bilan birga xom piyozdan imkon qadar ko‘proq iste’mol qilishlari kerak.

Immunitet quvvatini oshirishda katta muddat talab qilinmaydi. To‘g‘ri va vaqtida ovqatlanish bilan birga qo‘shimcha tabiiy ozuqalardan keng foydalanish va damlamalardan barbaris (zirk), na’matak, qalampirmunchoq qaynatmalaridan va o‘rik qoqi qaynatmasini ko‘proq iste’mol qilishlari muhim.                   

Virus quyoshda "quriydi" - biolog pandemiya tugashini bashorat qildi

- Koronavirus mavsumiy, quyoshli kunlar kelishi bilan u yo‘qoladi, degan gaplar qanchalik to‘g‘ri?  

- Yuqorida aytib o‘tganimdek, inson organizmi turli sun’iy ozuqalanish oqibatida immunitet tanqisligi keng ommalashgan. Ayniqsa, hozirda do‘konlarda sotilayotgan ichimliklar tarkibidagi konservantlar inson organizmidagi kerakli meyorida saqlanishi kerak bo‘lgan moddalarni yuvib tashlashi, oshqozon ichak devorlaridagi kerakli mikrobiologik organlarni yemirilishi oqibatida organizmdagi quvvatsizlik kuchayishi yoki sun’iy suyuqliklar tanada saqlanishi oqibatida har qanday virus tanaga oson kirib borib u yerda rivojlanish ehtimoli yuqori. Ayniqsa, koronavirus asosan namlik ko‘p saqlovchi organlarda tez rivojlanishi kuzatilganligi sababli bunday fikrlar ommalashmoqda. Oddiy xalqimizga oddiy tushuntirish ishlari ko‘proq ularga ijobiy natijani ko‘rsatadi. Misol qilib ko‘rsatsak, e’tibor beramiz, biror ko‘chat suvsizlanib qolsa, o‘z-o‘zidan yashovchilik hususiyati pasayib nobud bo‘lish ehtimoli yuqori bo‘ladi.  Agar unga suv quysak, tanasidagi suv miqdori ko‘payib hayot manbaii oshadi. Yana shuni aytishim zarur, hozirda suv iste’mol qilish talabimiz kuchayib bormoqda. Kun isigan sari chanqoqni bosish uchun ko‘cha-ko‘ydan, albatta, mineral suvlarni sotib olamiz. E’tibor bering, suv ichganimizda qanchalar tanamiz yayrab, tana haroratimiz meyorlashib tetiklashamiz. Kornovirus ham shunday yashovchanlik hususiyatiga ega. Biz mana shu joyda bir narsadan hushor bo‘lishimiz shart. Mineral suvlar tana hujayralarini yashnatgani yaxshi, albatta, lekin tanadagi namlik yuqoriligi har qanday virusni ham tanamizda keng tarqalishi imkoni katta.

Qaynatilgan suv esa tana namligini saqlash bilan birga undagi turli virus hujayralarini qonga sindirilishini oldini olish ya’ni himoyalovchi qobig‘ini yaratadi. Qaynatilgan suv og‘ir bo‘lib xom, ya’ni tirik suvga nisbatan  organizmda mikroblarni o‘ldirish hususiyatiga ega. Shuning uchun albatta xozir mineral yoki vodoprovod suvlarini iste’mol qilishdan tiyilib imkon qadar qaynatilgan suvni yoki choyni ko‘proq iste’mol qilish muhim. Hattoki yo‘lda ketayotgan sharoitingizda ham qaynatilgan suvni yoningizda olib yurishni tavsiya qilamiz. Quyosh nuri harorati kuchaygan sari virus o‘lishining taxmini ham shunda.  Shuni ta’kidlashimiz mumkinki, agar yuqtirib olgan odamda virus o‘lmasligi mumkin, lekin yuqumli darajasi pasayishi ko‘zda tutilgan. Shuning uchun ham asosiy vazifamiz karantin qoidalariga rioya qilib uydan chiqmay o‘tirish muhim.

- Koronavirus alomatlari qanday namoyon bo‘ladi va agar inson o‘zida bu alomatlarni sezsa, birinchi galda nima qilish kerak?

Xitoylik olimlar koronavirus kelib chiqishi mumkin bo‘lgan joyni aniqlashdi

- Koronavirus alomatlari deyarli bir xil kuzatilmoqda. Avval tomoq qichishi va yo‘tal tutishi, isitma ko‘tarilishi bilan seziladi. Uni oddiy gripp alomati deb ham bo‘lmaydi. Grippda ham ayrim hollarda shunday boshlanish alomatlari yuzaga kelishi mumkin. Lekin uning farqi burun shilliqlaridan suv oqish kabi alomatlar bo‘lmaydi. U isitma ko‘tarib, holsizlik paydo qiladi. So‘ng o‘pkaga havo yetishmasligi, nafas qisishi kuzatilib fiziologik va biologik quvvatni pasaytiradi. Ayniqsa, keksa yoshlardagi odamlarda ko‘proq avj olishi va hatto o‘lim darajasiga olib kelishi mumkin.  Yuqorida aytib o‘tilganidek, virus yashovchanligi imkon qadar immuniteti past yoki biologik quvvati past organizmlarni yengish va u yerda rivojlanish imkoni virus uchun qulaydir.  Bunday holatlarni sezgan odam albatta birinchi tez yordam chaqirishi va tibbiyot xodimlariga murojaat qilishi shart. Koronavirusning yuqish darajasi yuqori bo‘lganligi sababli atrofidagi insonlar ham albatta himoyalanish  izolyatsiyasiga nazoratiga olinishi muhim.

- Karantinni ahamiyati qay darajada muhim va umuman karantin foyda beradimi?

- Albatta, bunday holatda karantin holati shartli ravishda tashkil qilinishi o‘ta muhim ahamiyatga ega. Sababi koronavirus pnemaniyasi o‘ta tez yuqumli virus hisoblanib, uning ta’siri yuqori darajada aholi salomatligini yo‘qotish va o‘lim sonini oshirishga olib kelishi mumkinligini e’tiborga olib, bu qoidalarga aholining rioya qilish ko‘nikmasini oshirilishi shart. Shu bilan birga koronavirus yashovchanlik ta’siri 15 daqiqadan boshlab ta’sir etishi va 15 kungacha yashirin holati saqlanishi mumkinligini anglashimiz kerak. Olimlarni bergan ma’lumotlar ko‘r, bu virus tabiatan eng kichik hujayradan 100 barobar kichik mikro elementdagi hujayra bo‘lib, uni hid yoki chang sifatida tugul hujayra sifatida anglash mushkul. Shuning uchun ham inson o‘z-o‘zini himoya qilish qoidalariga albatta harakat qilishi kerak. Yana oddiy misol tariqasida tushuntirmoqchiman, bu virusni tarqalish meyori jonli tarzda shunday tushuntiraman. Bilamiz, oramizda ayrim hollarda og‘zidan noxush hid kelib turadigan insonlar ham bor. Bundaylar bilan to‘qnashaganimizda imkon qadar uzoq masofada turib muloqotda bo‘lishga harakat qilamiz. Sababi biz u hidni his qilamiz. Agarda dimog‘imizga kirib ketsa, darhol sezgi organlarimizda qarshi his uyg‘onib, jirkanish, ya’ni tok urgandek fiziologik o‘zgarish paydo bo‘lib, ko‘nglimiz ayniganini sezamiz. Koronavirus ham xuddi shunday xid kabi bu kasallikka chalingan insondan 2-3 metrgacha nafas yo‘llari yoki aksirishi tufayli tarqatuvchidir. Bu virus faqat hidsiz va ko‘rinmas bo‘lganligi tufayli biz buni anglamaymiz. Hattoki kasallangan bemor ushlagan buyumlar yoki muloqatdagi pullar orqali ham bizga yuqish ehtimoli yuqori. Koronavirus bizning mamlakatimizda va tabiatimizda paydo bo‘lgani yo‘q. U tashqaridan kirib kelayotgan o‘ta xavfli pnevmaniya ekanligini anglashimiz kerak. Shuning uchun ham hozirgi kunda hali oilamizda havoimizni zaharlagani ulgurmasdan undan saqlanishimiz zarur.

Endi 10-yilgacha: karantin qoidasini buzganlik uchun jazo kuchaytirildi

Biz hozir sezmagan holda bu virusni yuqtirib kelgan hamurtlarimizdan tarqalayotgan bu illatni ko‘zimiz bilan ko‘rish yoki sezish imkoniyatiga ega emas ekanimizni bilgan holda bizning vazifamiz tashqi muhitdan aloqada bo‘lishdan saqlanish, zarurat bilan ko‘chaga chiqish kerak bo‘lsa odamlardan ikki metr uzoqlikda masofa saqlashimiz zarur.

- Koronavirus tufayli dahshatga tushmagan odamning o‘zi yo‘q. Vahimaga tushganlarga qanday maslahat berasiz?

- Karantin tufayli dahshatga tushgan odamning o‘zi yo‘q degan gapingizga qo‘shilmayman. Sababi bizning xalqimiz bunday holatlarni yaqin davrlar mobaynida kuzatmaganligklari sababli bu masalaga turlicha e’tibor qaratishmoqda. Kimdir yashirin holatda to‘y-ma’rosimlar, turli yig‘ilishlar tashkil qilishni hali ham davom ettirayotganliklari televideniya orqali IIB tamonidan berilayotgan habarlardan ko‘rib, biolog mutaxassis sifatida bunday holatlarni mutlaqo qoralayman.

Yuqorida aytib o‘tganimdek, bu koronavirus tarqalish havfi yuqori ekanligini xalqimiz anglashi shart. Va bugungi karantin holatiga birdamlikda yondashib kerak bo‘lsa telefonlar orqali ham bir-birini ogohlikka chaqirishlari muhimdir. Endi dahshatga tushayotganlarga kelsak. Hali bizning uyimizga kirib kelmaganini hisobga olib, asosan undan himoyalanish usullarini qo‘llashimiz shart. Avvalo oila a’zolarimizni tashqariga chiqarmaslik, uy sharoitida immunitet quvvatini oshiruvchi tabiiy manbaalardan kengroq foydalanish, ovqatlanish ratsionini to‘g‘ri tashkil qilish. Qolaversa, uydagi barcha oila a’zolari bilan hamjihatlilikda uyning o‘zida turli jismoniy va aqliy mehnatlarni tashkil qilib xotirjam uyda karantin qoidalariga rioya qilib o‘tirishlari mumkin. Dahshatga tushish yoki qo‘rquvdan o‘z-o‘zidan kelib chiqadigan yo‘q yerdagi kasalliklarni o‘zida paydo qilib olish xavfidan saqlanishlari kerak. Inson vahimaga tushganda o‘z-o‘zidan ishtahasi va kayfiyati yo‘qolib borishi tufayli immunitet quvvati shuncha pasayib boradi.  Yana shuni ta’kidlashim joiz, zanjabil va yuqorida aytilgan mahsulotlar uyda bo‘lmasa, yong‘oq chaqilganidagi ichki po‘stlog‘i, bodom po‘chog‘i, sarimsoqpiyoz qobig‘i po‘stloqlaridan iste’mol qilayotgan choyingizga aralashma sifatida damlab iste’mol qilish ham tinchlantiruvchi, immunitetni oshiruvchi va turli infeksiyalarni o‘ldiruvchi hususiyatiga ega. Shuningdek, organizmga katta ijobiy shifobaxshliligi yuqori.  Albatta, isiriqdan foydalanishimiz zarur. Ayniqsa, hozir mevali va manzarali daraxtlar gullari atrofimizda mo‘l. Mevalar gullaridan choyga qo‘shib iste’mol qilish, qolaversa, tol gullaridan choyga qo‘shib ichish ham juda katta foydali tomonlari yuqori. Ko‘proq holvatar, atala, ko‘kdan tayyorlangan ta’omlardan ko‘proq iste’mol qilishimiz zarur. Yana bir narsani eslatib o‘tmoqchiman, uyingizda qattiq nonlar bo‘lsa uni tuyib talqon qilib iste’mol qilsangiz oshqozonga tushgan har qanday virusni tanaga singishini oldini oladi. Qattiq non, ya’ni suxari ham ko‘proq iste’mol qilish zarur.             

- Niqoblar haqida fikringiz. Ular foyda beradimi? Masalan, amerikalik ekspert niqoblarni kasal odam taqqandagina foydali, degan fikrni bildirgan edi. Bu borada qanday fikrdasiz?

Mutaxassis ishlatilgan niqoblarni nima qilish kerakligini tushuntirdi

- Niqobdan foydalanish bu o‘z o‘zimizni tashqari havodan yoki turli tomchilar orqali yuqish mumkin bo‘lgan bakteriyalar va viruslardan saqlanish uchun himoya vositasidir. Shuni anglashimiz kerakki, og‘iz va burun bo‘shliqlari devorchalari yupqa va sezuvchanligi kuchli bo‘lishi bilan birga ta’sir ko‘rsatish juda oson yupqa qavatli devor pardalaridan iborat.  Shuning uchun ham, albatta, bugungi sharoitda bunday himoyalanish vositasidan foydalanishimiz qat’iy talab qilinadi. Amerikalik ekspert mulohazasiga qo‘shilmayman. Sababi oddiy gripp epidemiyasi davrida bemor boshqalarga tarqatmaslik uchun shunday himoyalanishi zarur. Koronavirus infeksiyasi aytib o‘tganimdek, eng mayda hujayrali virus bo‘lgani sababli u havoda ham suzib yurishi kimningdir organizmiga havo orqali oson kirib borishi yoki qaysidir jismda qo‘nib turgan zarra boshqa organizmga turli yo‘llar bilan kirib borishi o‘ta xavflidir.

Shuning uchun narsalarni ushlashda, ayniqsa, pul va boshqa muloqat davrida uzluksiz muomilada turuvchi manbaalarni ushlashda ham maxsus himoyalanish vositalari zarur. Yana ta’kidlayman, koronavirus tashqi muhitda 15 minutdan 15 kungacha yashovchanlik xususiyatiga ega.