Xitoyda noma’lum kasallik tez sur’atlarda tarqalmoqda

CC0 / pixabay / Provedenie issledovaniya v laboratorii
Provedenie issledovaniya v laboratorii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoyda no’malum pnevmoniya tarqalmoqda. Shifokorlar kasallik turini aniqlay olmayaptilar. Bemorlar izolyatsiya qilingan holda davolanmoqda.

TOShKENT, 31 dek — Sputnik. Xitoyning Uxan provinsiyasida noma’lum pnevmoniya to‘xtamasdan tarqalmoqda. RIA Novosti xabariga asosan.

Olen. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
AQShda bug‘ularni zombiga aylantiruvchi halokatli kasallik paydo bo‘ldi

“Kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan o‘pka yallig‘lanishi ko‘plab holatlari aniqlanayotgani tufayli barcha tibbiy muassasalariga ushbu kasallik statistikasini olib borish, bemorlar bilan bog‘liq vaziyatni kuzatib borish va xabar berish haqida topshiriq berildi”, deyilgan shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi xabarida.

Xitoyda noma’lum pnevmoniya tarqalmoqda. Shifokorlar kasallik turini aniqlay olmayaptilar. Bemorlar izolyatsiya qilingan holda davolanmoqda.

Provinsiyada dekar oyi o‘zida 27 ta virusli pnevmoniya bilan xastalanish holatlari aniqlangan, ulardan 7 nafari o‘ta og‘ir ahvolda. Ikki nafar bemorning sog‘lig‘i yaxshilandi, yaqin vaqtlarda uylariga javob beriladi.

Ilgariroq Xitoyda bir necha marta atipik pnevmoniyaning tarqalishi kuzatilgandi. Butunjahon sog‘liqni saqlash uyushmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2002-2003 yillarda epidemiya vaqtidda mamlakatda 350 kishi halok bo‘lgandi, kasallanganlarning jami soni 5 ming bemordan oshdi. Umumiy hisobda 30 ta davlatda qariyib 8,5 ming kasallish holatlari aniqlangan, kasallik 900 kishining umriga zomin bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0