Virus quyoshda "quriydi" - biolog pandemiya tugashini bashorat qildi

© BnBAnomalnaya jara
Anomalnaya jara - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kunlar qiziydi va atrof-muhit virusdan tez sterilizatsiyasi boshlanadi, virus quyoshda "quriydi" - deb hisoblaydi biolog.

TOShKENT, 27 mar  - Sputnik. Agar virus odamdan odamga o‘tishda kutilmaganda zaiflashishi yoki davomiy issiq xavo kabi "biologik mo‘’jiza" yuzaga kelsa, yangi koronavirusning epidemiyasi qaytishi mumkin. Bunday taxminni biologiya fanlari doktori, GMU Tizimli biologiya maktabi professori (AQSh) Ancha Baranova bildirdi.

Bunga qadar, Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp, mamlakat koronavirus bilan bog‘liq cheklov choralarni 14 kun ichida olib tashlashi mumkinligini e’lon qilgan edi.

"Agar biron bir mo‘’jiza yuz bersa, epidemiyani tugatish ehtimoli bor. Mo‘’jizaga kelsak, men biologik mo‘’jizani nazarda tutayapman. To‘satdan virus zaiflashadi yoki ob-havo ikki hafta davomida quyosh bo‘lib  turadi. Aprel oyining boshi shunchalik issiq kelishi mumkin, bizda bunday bo‘lib turadi. Kunlar qiziydi va atrof-muhit virusdan tez sterilizatsiyasi boshlanadi. Avval aytib o‘tganimdek, virus quyoshda "quriydi", -  RIA Novosti olimning so‘zlarini iqtibos keltiradi.

Baranova tushuntirishicha, agar Qo‘shma Shtatlardagi vaziyatni nazarda tutsa, u yerda epidemiya kuchli bo‘lgan Luiziana shtatida aprel oyida harorat 30 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.

Usilenie sanitarnogo kontrolya v aeroportu Vnukovo v svazi s koronavirusom - Sputnik O‘zbekiston
Pandemiya tez orada tugaydi degan fikrni unutinglar – Xitoy virusologi

"Biroq, mo‘’jiza deb men issiq ob-havoni nazarda tutmadim, balki virus shu qadar mutatsiyaga uchrashi mumkinki, uning "yomonligi" kamayib, og‘ir holatlar soni kamayadi", - deya qo‘shimcha qildi u.

Biolog mutaxassisda epidemiyani tez tugatishning ikkinchi varianti borligiga shubha yo‘q: agar xalqaro sog‘liqni saqlash tizimi ushbu virusga qarshi vaksinani ishlab chiqsa, vaksinani ishlab chiqarishni butun dunyoda kengaytirib, davolashni boshlanishi.

"Agar ikkalasidan biri ro‘y bersa: tez davolash vositasi yoki biron bir biologik mo‘’jiza paydo bo‘ladi. Agar barcha omillar o‘zgarishsiz, bir xil bo‘lib qolsa, ikki hafta ichida AQShning barcha shtatlari ochilishi dargumon", - deydi Baranova.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni COVID-19 yangi koronavirus infeksiyasi tarqalishini pandemiya deb e’lon qildi. JSSTning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda 460 mingdan ortiq odam kasallangan, 20 mingdan ortig‘i vafot etdi

O‘zbekistonda kasallanganlar soni 83 kishini tashkil etadi. Ulardan 1 nafari vafot etdi.

Oldinroq Sputnik Radiosi Oksford universiteti COVID-19 ga qarshi vaksinani ko‘ngillilarda sinab ko‘rishi haqida xabar bergan edi.

Yangiliklar lentasi
0