Xitoylik olimlar koronavirus kelib chiqishi mumkin bo‘lgan joyni aniqlashdi

© Sputnik / Anna Ratkoglo / Mediabankka o‘tishRasprostranenie koronavirusa novogo tipa v Kitae
Rasprostranenie koronavirusa novogo tipa v Kitae - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoylik 2 nafar biolog olimlar koronavirus tarqalishi qayerdan boshlanganini xabar qilishdi. Ular aytishiga qaraganda virus dengiz mahsulotlari bozoridan kelib chiqmagan.

TOShKENT, 26 mar - Sputnik. Xitoylik ikki nafar biolog olimlar Botao Sao va Ley Sao koronavirus haqiqatda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan joyni aniqlashdi. Ularning xulosasiga ko‘ra, virus dengiz mahsulotlari bozorida emas, balkim bozor yaqinida joylashgan ilmiy laboratoriyadan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin.

Kompyuternoe izobrajenie, sozdannoe kompaniyey Nexus Science Communication sovmestno s Triniti kolledjem v Dubline, pokazivayet model, strukturno predstavlyayushuyu betakoronavirus, kotoriy yavlyayetsya tipom virusa, svazannogo s COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusga chalingan birinchi inson ismi oshkor etildi

Oldin OAVlarda tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirus birinchi yuqish holati Uxan bozorida ko‘rshapalakdan odamga o‘tgan deb taxmin qilingan edi. Lekin biologlar Botao Sao va Ley Sao aniqlashiga ko‘ra, ushbu bozorda ko‘rshapalaklar umuman sotilmagan. Shuningdek Uxanda ushbu jonzotlarni ovqatga ishlatish an’anasi ham yo‘q. Demak bu yerda odamlar ko‘rshapalakdan kasallik yuqtirish ehtimoli juda kam.

Lekin ushbu bozordan 280 metr narida Uxan yuqumli kasalliklar ilmiy laboratoriyasi bor. Ushbu laboratoriyada jumladan ko‘rshapalaklar bilan ham turli tajribalar o‘tkazilgan. Biologlar xabariga ko‘ra, ushbu laboratoriyada tajriba ostida bo‘lgan zararlangan ko‘rshapalaklardan biri ilmiy xodimni tishlab olgan va yana biri ilmiy xodimning ustiga uning suyuqligi tekkan. Ushbu ilmiy xodimlar virus xavfini tushungan hold 14 kun o‘zlarini o‘zi izolyatsiya qilgan.

Shuningdek biologlar aytishiga qaraganda, Uxandagi bozordan 12 km masofada Uxan virusologiya institutiga tegishli bo‘lgan yana bir laboratoriya. U yerda 2002-2003 yillarda epidemiyaga aylangan atipik pnevmoniya virusi SARS-CoV bilan tajribalar o‘tkazilgan va ushbu virusning yangi turini yetishtirishgan. Biologlar aytishiga ko‘ra, ushbu yangi virus ehtiyotsizlik oqibatida laboratoriyadan chiqib ketgan bo‘lishi mumkin.

Olimlar aytishiga qaraganda, ularning ushbu aniqlashlari albatta yanada chuquroq tekshiruv talab qiladi, lekin bir narsa aniq-ki, ushbu laboratoriyalar odam gavjum shahardan uzoqroqqa ko‘chirilishi kerak.

Yangiliklar lentasi
0