Tojikistonda kasallanganlar bo‘lmasa-da "qurbonlar" bor

Koronavirus hozircha Tojikistonni chetlab o‘tayotgan bo‘lsa-da, ishbilarmonlar uchun qiyin kunlar keldi. Chegaralar yopilishi tufayli xarajatlar o‘smoqda va foyda uchib ketmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 19 mar - Sputnik. Garchi Tojikistonda koronavirus infeksiyasining bitta ham holati qayd etilmagan bo‘lsa-da, mamlakatda pandemiyaning birinchi qurbonlari endi aniq. Ko‘p muvaffaqiyatli tadbirkorlar ishlashni to‘xtatishga va zararlarini sarhisob qilishga majbur bo‘lmoqda, deb yozadi Sputnik Tojikiston.

Virus tufayli Xitoy bilan chegara yopilishi O‘zbekistonga qanday ta’sir qiladi - ekspert fikri

Abdusamad Hojiyev yetti yildan beri transportda tashuv bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanib kelgan. Hamkasblari bilan birga Tojikistonga Erondan Turkmaniston, Ozarbayjon va Afg‘oniston orqali tovarlar yetkazish bilan shug‘ullanadi. Atigi bir oy oldin ham uning hamkorlari o‘zlarining gullayotgan biznesi yaqin orada va kutilmaganda yakun topishini xayoliga ham keltirmaganlar. Bunga davlatlarni yaqinlashayotgan epidemiyadan o‘z chegaralarini yopishga majburlagan koronavirus aybdor.

"2013 yilda do‘stlarimdan biri menga Erondan mahsulotlarni olib kelishni taklif qildi. Men rozi bo‘ldim. Tez orada ish yaxshi bo‘lib ketdi. Men Tehron, Isfaxon, Sheroz, Mashhad, Gorgan va boshqa Eron shaharlaridan furaga mahsulotlar yuklab Turkmaniston va O‘zbekiston orqali Xo‘jandga yetkazardim", - deydi u.

Dastlab, Xojiyev sement uchun plastik qoplarni olib kirdi - Eronda ularning narxi juda arzon, chunki ular neftdan tayyorlanadi. Keyinchalik u assortimentga qurilish materiallari, armatura, temir va bo‘yoqlar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, shu jumladan pestitsidlar, plastik, hayvonlar uchun ozuqa va boshqalarni qo‘shib kengaytirdi.

O‘zbekiston va Tojikiston chegarani buzib o‘tgan shartli gazandalarni yakson qildi

"2015 yilda mening yuk mashinalarim Turkmaniston chegarasida pistirma uchradi. Men marshrutni o‘zgartirishimga to‘g‘ri keldi. Men Erondan O‘zbekistonga mahsulotlar tashishni boshladim va u yerdan bo‘lsa Tojikistonga qayta eksport qildim. Albatta, bu xarajatlarga ta’sir qildi. Masalan, men Turkmaniston orqali 23 tonna yukni 3000 dollarga olib o‘tar edim. Yo‘l yopilganda, harajatlar 15000 dollargacha oshdi. Har bir tonnasi 200 dollarga to‘g‘ri keladi, unga qo‘shimcha soliq va bojxona to‘lovlari. Qiyoslash uchun, Eronning Bandar Abbos portidan Xitoygacha har bir tonna dengiz orqali atigi 24 dollarga tushadi, Novorossiyskga esa - 19 dollar", - deya tushuntiradi u.

Shunga qaramay ham, daromad bo‘lgan, shuning uchun ishbilarmon 2020-yil fevraligacha chet el transport tashuvi bilan shug‘ullanishni davom ettirdi.

"Eronda infeksiya aniqlanganida, mamlakatlar chegaralarini yopa boshladilar. Avval, Turkmaniston, bir oy keyin, Ozarbayjon. Qolgan qo‘shnilar har bir yuk mashinasidan 6-8 ming dollar so‘rab tranzit narxlarini ko‘tarishni boshladilar. Bunday sharoitda, albatta, hech qanday biznes chidamaydi. Endi esa hech qanday yo‘l yo‘q, hammasi yopiq", - deya shikoyat qiladi u.

Hamkasblar Afg‘oniston orqali o‘tadigan yo‘lni diqqat bilan o‘rganib chiqishni maslahat berishdi, ammo Xojiyev bu variantga e’tibor bermayapti.

Istanbul-Toshkent reysi bilan kelgan tojikistonliklar qidirilmoqda

"Biz ushbu marshrutni o‘rganib chiqdik. Birinchidan, avvaliga Dushanbegacha yuk mashinasi narxi taxminan 4000 dollarni tashkil etdi, keyin transport kompaniyalari bu stavkani 5,5 minggacha ko‘tarishdi. Keyin yukni Xo‘jandga keltirish uchun yana ming dollar to‘lash kerak. Bunday qo‘shimcha xarajatlar bilan mening yuklarim "oltinga teng" bo‘lib qoladi. Ammo eng yomoni bu emas. Eng yomoni, haydovchilar yuklarning xavfsizligi uchun javobgarlikni o‘z zimmalariga olishmaydi. Afg‘oniston xavfli-ku. Sug‘urta ham yuz foizli kafolat bermaydi. U yerda bu yuk Tojikistonniki yoki hatto Amerika va Yevropaniki ekanligini ko‘rsalar, uni bo‘lib tashlashadi", - deb tushuntiradi tadbirkor.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tovarlarni Erondan "neytral zonaga" o‘tkazish va u yerdan ularni turkman yoki ozarbayjon yuk mashinalarida yetkazish uchun umid bor edi. Biroq, hech kim xavfga duchor bo‘lishni xohlamaydi - odamlar koronavirusdan qo‘rquvda va yuqtirishdan qo‘rqishadi.

"Bizning juda ko‘p loyihalarimiz bor edi. Men xitoylik ishbilarmonlar bilan Hind okeani orqali Xitoyga neft mahsulotlarini eksport qilishga kelishib olgan edim, bu yerda esa bu virus. Xitoyliklar ketishdi, men esa Xo‘jandda qoldim. Yana bir nechta g‘oyam bor edi, ammo hozir ular haqida gapirish befoyda. Agar hukumat hozirgi sharoitda biz tomonga yondoshib bojxona to‘lovlarini kamaytirganida, men hech bo‘lmaganda ishlashni davom ettirishga harakat qilgan bo‘lardim. Aytadilar-ku, jon kuydirmasang, jonona qayda", - deydi u kulimsirab.