Ekspert so‘zlariga ko‘ra, XXRdan keladigan turistlar haqida gap borganida, Markaziy Osiyodagi barcha mamlakatlar iqtisoditiyoga sezilarli ta’sir o‘tkazadigan biznes-safarlarni ham hisobga olish joiz. Sababi, MO davlatlarining aksariyati Xitoydan keladigan investitsiyalarga ehtiyojmand.
"Shuni yoddan chiqarmaslik kerakki, safarlarning aksariyat qismi ushbu mamlakatga o‘zlariga qiziq bo‘lgan infratuzilma, obyektlar, korxonalar bilan tanishish maqsadida tashrif buyuradigan biznes vakillariga to‘g‘ri keladi. Shu munosabat bilan mavjud investitsiyalar oqimini qo‘ldan boy berib qo‘yish xatari mavjud. Misol uchun, o‘sha O‘zbekistonni misol keltiradigan bo‘lsak, agar Xitoy bilan chegara to‘liq yopiladigan taqdirda, mamlakat milliard dollarlarni yo‘qotishi mumkin. Pekin va xitoy kapitallari ta’sir kuchi shunchalikki, moliyalashtirishni yopadigan bo‘lsa, XXR MO mamlakatlari iqtisodiyotini sindirishi mumkin", - deb ta’kidladi Maslov Sputnik O‘zbekistonga bergan intervyusida.
Bundan tashqari, ekspert fikricha, O‘zbekiston u yoki bu ma’noda Xitoyning minglab fuqarolariga butun dunyo bo‘ylab harakatlanish imkonini beradigan eng markaziy va muhim tranzit uzellaridan biri hisoblanadi. Mamlakatga kirishni chegaralash yoki hammani karantinga yuborish tranzit tashuvlarda sezilarli o‘zgarishlar va harajatlarni yuzaga keltiradi.
Ayni vaqtda, JSST ma’lumotlariga ko‘ra, rasmiy nomi COVID-19 bo‘lgan virusga chalinganlar soni birgina Xitoyning o‘zida 75 mingdan oshgan, yana mingdan ortiq bemorlar dunyoning 26ta davlatida qayd etilgan. Xavfli kasallik qurbonlari soni 2,2 mingdan oshib ketgan.
O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlik bo‘yicha bironta holat qayd etilmadi. Xitoydan olib kelingan respublika fuqarolari profilaktika karantinini o‘tadilar va ularga uyga javob berilgan.