O‘zbekiston va Tojikiston chegarani buzib o‘tgan shartli gazandalarni yakson qildi

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaUzbeksko-tadjikskie voyennie ucheniya 2020
Uzbeksko-tadjikskie voyennie ucheniya 2020 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rejaga ko‘ra, chegarani buzib o‘tgan noqonuniy qurollangan tuzilmalar hujumini qaytarish maqsadida avval o‘zbekistonlik harbiylar tomonidan havo razvedkasi o‘tkazilgan, shundan so‘ng aniqlangan shartli dushmanning harakatlanayotgan nuqtasiga qarata aviatsiya zarbalari berilgan

TOShKENT, 16 mar - Sputnik. O‘zbekiston va Tojikiston Mudofaa vazirliklari o‘rtasida o‘zbek-tojik hamkorligidagi antiterror maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti yuqori darajada o‘tkazilib, o‘z nihoyasiga yetdi, deb xabar bermoqda Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti.

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaUzbeksko-tadjikskie voyennie ucheniya 2020
O‘zbekiston va Tojikiston chegarani buzib o‘tgan shartli gazandalarni yakson qildi - Sputnik O‘zbekiston
Uzbeksko-tadjikskie voyennie ucheniya 2020

Taktik o‘quvlarda O‘zbekiston Mudofaa vazirligining maxsus operatsiya kuchlari vakillari va Tojikiston Mudofaa vazirligining turli bo‘linmalaridan iborat bir guruh harbiy xizmatchilar ishtirok etgan.

Hamkorlikdagi o‘quv jarayonini O‘zbekiston mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov va Tojikiston mudofaa vaziri Sherali Mirzo hamda bir guruh harbiy xizmatchilar kuzatib borgan.

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaUzbeksko-tadjikskie voyennie ucheniya 2020
O‘zbekiston va Tojikiston chegarani buzib o‘tgan shartli gazandalarni yakson qildi - Sputnik O‘zbekiston
Uzbeksko-tadjikskie voyennie ucheniya 2020

Rejaga ko‘ra, chegarani buzib o‘tgan noqonuniy qurollangan tuzilmalar hujumini qaytarish maqsadida avval o‘zbekistonlik harbiylar tomonidan havo razvedkasi o‘tkazilgani, shundan so‘ng aniqlangan shartli dushmanning harakatlanayotgan nuqtasiga qarata aviatsiya zarbalari berilgan. Chegaraga uyushtirilgan mazkur hujumni qaytarishda Tojikiston Havo xujumidan mudofaa va Harbiy havo kuchlari hamda Davlat milliy xavfsizlik komiteti Chegara qo‘shinlari ishtirok etgan.

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaUzbeksko-tadjikskie voyennie ucheniya 2020
O‘zbekiston va Tojikiston chegarani buzib o‘tgan shartli gazandalarni yakson qildi - Sputnik O‘zbekiston
Uzbeksko-tadjikskie voyennie ucheniya 2020

Shartli dushman tomonidan egallab olingan binoni qurshab olish, chegarani buzib o‘tgan gazandalarni yakson etish va asirlarni qutqarish amaliyoti keyingi epizodlarda ko‘rib chiqildi. Bunda yuqori qo‘mondonlik tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, noqonuniy qurollangan terrorchilar bino ichida asirlarni garovga olib, o‘z shartlari ijrosini talab etmoqda. Vakillarimizdan iborat taktik havo desantchilari guruhi Mi-8 vertolotidan arqon yordamida tushib, binoning yuqori qismidan keyingi 3 ta ishg‘ol qilish guruhlarini o‘t ochgan holda qo‘llab-quvvatlab turdi. Ishg‘ol qilish guruhlari bino ichidagi noqonuniy qurollangan terrorchilarni yo‘q qilib, asirlarni ozod etdi.

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaUzbeksko-tadjikskie voyennie ucheniya 2020
O‘zbekiston va Tojikiston chegarani buzib o‘tgan shartli gazandalarni yakson qildi - Sputnik O‘zbekiston
Uzbeksko-tadjikskie voyennie ucheniya 2020

Mudofaa qudratini mensimagan shartli dushman ko‘rgan talafoti sabab ortga chekina boshladi. Taktik rejaga ko‘ra, bunda Vatan himoyachilari tomonidan noqonuniy qurollangan tuzilmalarni ta’qib qilish amaliyoti o‘tkaziladi. Mazkur epizod ham hamkorlikdagi guruhlar tomonidan o‘ta muvaffaqiyatli tarzda bajarildi.

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaUzbeksko-tadjikskie voyennie ucheniya 2020
O‘zbekiston va Tojikiston chegarani buzib o‘tgan shartli gazandalarni yakson qildi - Sputnik O‘zbekiston
Uzbeksko-tadjikskie voyennie ucheniya 2020

O‘quv mashg‘uloti davomida shuningdek, shartli aeroportda noqonuniy qurollangan tuzilmani qurshab olish va yo‘q qilish, samolyotdagi asirlarni ozod etish vazifalari ham bajarildi.

O‘quv yakuni munosabati bilan saf tortgan ikki davlat harbiy xizmatchilari O‘zbekiston va Tojikiston Respublikasi mudofaa vazirlari tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Har ikki davlat mudofaa vazirlari mazkur o‘quv mashg‘ulotlari mamlakatlar armiyalarining jangovar qudratini oshirishini aytib o‘tdi.

Yangiliklar lentasi
0