Osiyoda boylar ko‘paymoqda, lekin ular odatdagidek Yevropa yoki Amerikaga ko‘chadimi?

Orasida kelib chiqishi g‘arbdan bo‘lmaganlari tobora ko‘payib borayotgan o‘ta boylar o‘zining ba’zi omil va qarashlariga ko‘ra pullarini dunyo bo‘ylab ko‘chirib, globallashuvning yangi bosqichini boshladilar.
Sputnik

O‘ta boy odam nima o‘zi, har birimiz o‘zimizcha tasavvurga egamiz. Buyuk Britaniyada navbatdagi "boylik to‘g‘risida hisobot" e’lon qilindi, unga ko‘ra "o‘ta boy odam" - mablag‘i 30 million dollardan ortiq bo‘lganlardir. Hisobotda aytilishicha, keyingi besh yil ichida Osiyoda bunday omadli odamlar soni 44 %ga oshadi, bu Shimoliy Amerikadagi birodarlaridan ikki baravar ko‘pdir, deb yozadi RIA Novosti muallifi.

Sotsializm g‘alaba qozongan qishloq, yoxud Xitoydagi "millionerlar maskani"

Ammo koronavirus haqida gapirmasdan, AQSh-Xitoy savdosi (va nafaqat savdo) haqida nima deyish mumkin? Hisobot mualliflari bunga oddiy javob berishadi: Osiyoni to‘xtatib bo‘lmaydi. Epidemiya ushbu tendensiyani 12 oyga kechiktirishi mumkin, ammo bundan ortiq emas, lekin urush ... U shunchaki Xitoy biznesi (ya’ni boy xitoyliklarning pullari) Amerikaga alternativa izlay boshlaganiga va Afrikada, Lotin Amerikasida va Yevropada o‘z mavqeyini mustahkamlaganiga olib keldi. Va u yanada kuchaydi.

Keling, aytib o‘tilgan hisobotning raqamlariga qaraylik. Osiyoliklar Amerikani quvib yetishi uchun hali uzoq yo‘lni bosib o‘tishga to‘g‘ri keladi. AQShda 240 575 nafar o‘ta boylar yashaydi, va Xitoyning o‘zida 61 587, Hindistonda esa atigi 5 986. Ammo Hindiston besh yil ichida o‘z multimillionerlari safini 73 foizga oshirishi kerak (dunyo rekordi) va AQShda ular bor-yo‘g‘i 22 foizga oshadi. (Rossiyada - 23%). Hindiston ortidan, tushunish qiyin emas - Xitoy (58%), Vyetnam (64%), va shuningdek Misr, Indoneziya, Malayziya kabi davlatlar rekord o‘rnatadilar.

Alisher Usmonov yana Britaniyaning eng boy odamlari ro‘yxatidan joy oldi

Tadqiqotchilar o‘z bashoratlarini ushbu mamlakatlarning yalpi ichki mahsuloti o‘sishi bilan asoslamoqda (Hindiston uchun - 2021-yilda XVJ ma’lumotlariga ko‘ra 7foiz, ya’ni Xitoyga nisbatan tezroq), shuningdek inflyatsiya, ko‘chmas mulk narxlarining ko‘tarilishi va boshqalarni o‘z ichiga olgan murakkab formulani hisoblashmoqda. Ammo boshqa kuzatishlar ushbu formuladan ko‘ra muhimroqdir: masalan, Hindistonda multimillionerlar sonining ko‘payishi, bu mamlakatning kuchli mamlakat sifatida qandaydir holda kuchayib borishini anglatmaydi, ammo gap sayyorada pul ko‘chirilishining murakkab jarayonidadir. Va bu jarayonlarga baho berish uchun bunday hisobotlarni o‘qishga arziydi, chunki, hatto mualliflar xato qilsalar ham - ular doim ham oddiy ko‘z bilan ko‘rinmaydigan butun dunyoda o‘zgarish mexanikasini ilg‘ab turishadi.

Boshqa narsalar qatori, dunyoni o‘ta boylarning mablag‘lari xam o‘zgartiradi. Agar kambag‘alroq odamlar huddi shu pullarini uylariga yaqin joylarda sarflashsa yoki boshqa davlatlarga ko‘chsa ham to‘laligicha ko‘chsa, katta moliyaviy mablag‘lar va ularning egalari juda harakatchan. Ehtimol, o‘z pullari evaziga boylarga butun dunyo yetarli emasdir.

Ya’ni, siz dastlab bir joyda pul ishlash mumkin, keyinchalik esa pul yoki uning bir qismi bilan boshqa joyga ko‘chib o‘tish mumkin. Hindiston haqida gap ketganda esa, Dehli - havo ifloslanishi bo‘yicha dunyo rekordchisi - bu juda bo‘lsa ishlash uchun yaxshi joydir balki. Boshqa rekord egalari qatoriga Xitoyning Pekin, Tanszin, Uxan, Chendu shaharlari, shuningdek butun (unchalik industrial bo‘lmagan) mamlakatlar - Bangladesh, Mongoliya, Pokiston kiradi.

Dunyodagi eng boy odam "Yerni qutqarish" uchun 10 mlrd $ ajratdi

Shuning uchun, millatidan qat’i nazar, o‘ta boylar yashashni afzal ko‘rgan shaharlar hali ham Oslo, Surix, Xelsinki, Vena, Madrid. Ammo bu yerda yangi tendensiyalar sezilmoqda. Agar gap "yaqin Osiyo " (xitoylarga yaqin) haqida ketsa, unda Kambodjadagi ba’zi joylar xitoy mablag‘lari evaziga kanday ko‘rinishga ega ekanligini bilish uchun ushbu videoni ko‘rishni tavsiya qilaman. Nafaqat davlat mablag‘lari hisobiga. Rekord qo‘ygan hindlar ham o‘zlarining qarindoshlariga yaqinroq joylar haqida ko‘proq gapira boshladilar (hech bo‘lmaganda gapira). Nimadir o‘zgarmoqda ...

Narsalarga oddiy qarash shundan iboratki, boylar vatanparvar bo‘lishlari kerak, ya’ni ular tug‘ilgan joyda yashashini anglatadi. Ammo hayot yanada murakkab. Mana yana bir fikr (xuddi shu manbadan): 2019-yil butun dunyoda o‘ta boylar to‘satdan "pushti va yumshoq" bo‘lib (so‘zma-so‘z – bema’ni, cuddly) bo‘lib qolishdi. Ular global miqyosdagi ijtimoiy mas’uliyatini jiddiy qabul qila boshladilar. Ular orasida o‘z mablag‘larini atrof-muhit, ijtimoiy soha va menejment haqida qayg‘uradiganlarga sarmoya kiritish tushunchasi modada. Kayfiyatlarning bunday o‘zgarishi yana bir global inqilob deb ataladi, ayniqsa dunyo 24 trillion shaxsiy dollarni o‘ta boylarning bir avlodidan boshqa xuddi shu mas’uliyat bilan ajralib turadiganga o‘tishi arafasida turganini hisobga olgan holda.

Forbes talqiniga ko‘ra Rossiyaning eng boy ayollari

Bunday inqilobda, albatta, Greta Tunberg uslubida axlat juda ko‘p (ya’ni, ma’nosiz ekologik g‘oyalar modasi), ammo umuman olganda 2019-yilda hech bo‘lmaganda o‘ta boylarning fikrlash uslubi yaxshilangan deb aytish mumkin. Ularning mablag‘lari harakati inson hayotining sifati haqida qayg‘uradigan joy tomon yo‘naltirila boshlandi. Bunday pullarning millati yo‘q, lekin ular nafaqat kelib chiqish joylarini, balki butun dunyoni yaxshilashga qaratilgan.

Bu yerda - suhbatni asosan Hindistonlik o‘ta boylar bilan boshlagan ekanmiz, zamonamizning adabiy shov-shuvlaridan birini - birinchi Hindistonlik, keyin Pokistonlik, keyin Britaniya va bir vaqtning o‘zida Amerikalik Salmon Rushdining ohirgisidan bitta oldingi romanini (2017yil) esga olishimiz mumkin. Kitob "Oltin uy" deb nomlangan. Mumbaylik multimillioner Nyu-Yorkning eng yaxshi qismida hashamatli kvartirani sotib olib, u yerda nafaqat haqiqiy amerikalik, balki mahalliy aholidan ko‘ra ko‘proq haqiqiy bo‘lish niyatida u yerga ko‘chib o‘tgani haqida. Keyinchalik, bu odam bilan haqiqatan yoqimsiz ishlar ro‘y beradi, bular rus jodugariga (so‘zning to‘g‘ri ma’nosida) uylanishidan boshlanadi. Va shu qatorda Donald Tramp hokimiyatga keladi, ya’ni chinakam - chuqur tubdagi Amerika o‘zining yangi elitasining kosmopolitizmiga qarshi isonini boshlaydi. Qahramon to‘laqonli bir qismi bo‘lishni istagan Amerika endi yo‘q. Oltin uy olovda g‘arq bo‘ladi. Bir davrning oxiri.

"Greta Tunberg" loyihasini kim ishga tushirgan?

Qaysi davr? Romanning umumiy g‘oyasi - qancha pulingiz bo‘lishidan qat’i nazar, siz o‘zligiz bilan kurashishiz befoydadir. Ya’ni, amerikacha (yoki yevropacha) globallashuv muvaffaqiyat qozonmadi, chunki bugungi kunda yangi millionerlar o‘zlarini va mablag‘larini albatta g‘arblilik bo‘lish uchungina chet elga ko‘chirishmayapti, garchi dastlab ular bunday xayollardan chin dildan oziqlagan bo‘lsalar ham.

Bundan kelib chiqadiki, orasida kelib chiqishi g‘arbdan bo‘lmaganlari tobora ko‘payib borayotgan  o‘ta boylar o‘zining ba’zi omil va qarashlariga ko‘ra pullarini dunyo bo‘ylab ko‘chirib, globallashuvning yangi bosqichini boshladilar. Bitta savol, oxir-oqibat ular nimaga erishadilar.