TOShKENT, 13-may - Sputnik. Alisher Usmonov Buyuk Britaniyaning eng boy odamlari ro‘yxatidan joy oldi.
The Times nashri talqiniga ko‘ra, Alisher Usmonov Buyuk Britaniyaning eng boy odamlari ro‘yxatidan o‘rin olgan rossiyalik milliarderlar yetakchisiga aylagan.
Boyligi 14,73 mlrd dollarga baholangan Alisher Usmonov Buyuk Britaniyaning eng boy odamlari ro‘yxatining 8-pog‘onasidan joy oldi. 2018-yil ham 14,29 mlrd dollar bilan shu o‘rinni egallagan edi.
Shuningdek, Britaniyaning eng boy odamlari ro‘yxatidan rossiyalik ikki tadbirkor – Millhouse’ning asosiy egasi Roman Abramovich (9-o‘rin) va “Alfa-Bank”ning eng yirik aksiyadori Mixail Fridman (10-o‘rin) ham o‘rin olgan.
Hindistonlik aka-uka tadbirkorlar Shri va Gopi Hinduja bu yilgi Buyuk Britaniyaning eng boy odamlari ro‘yxatining yetakchisiga aylanishgan. Ularning boyliklari 28,5 milliard dollarga baholangan. Ular Hindija Group sanoat guruhiga egalik qilishadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq taniqli tadbirkor va asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan milliarder Alisher Usmonov Forbes yangi talqiniga ko‘ra Rossiyaning eng badavlat tadbirkorlari reytingida 12,6 milliard dollar bilan 9-o‘rinni egallagani haqida xabar qilgan edik.