Sotsializm g‘alaba qozongan qishloq, yoxud Xitoydagi "millionerlar maskani"

© AP Photo / Eugene HoshikoXitoydagi Szansu viloyatidagi Xuasi qishlog‘ida qo‘yilgan Mao Szedun haykali
Xitoydagi Szansu viloyatidagi Xuasi qishlog‘ida qo‘yilgan Mao Szedun haykali - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun sahifamizda Xitoydagi "millionerlar yashovchi qishloq" haqida ma’lumot beramiz

TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Yarim asr muqaddam Xuasi — Xitoyning sharqiy qismida joylashgan Szansu viloyatidagi ko‘zga ko‘rinmas qishloqlardan biri bo‘lgan. Bugungi kunda esa u Xitoyning birinchi raqamli qishlog‘i degan maqomga ega, uning aksariyat yashovchilari esa — millionerlardir.

Penshen O‘zbekiston - Xitoy industrial parki - Sputnik O‘zbekiston
"Penshen" O‘zbekiston – Xitoy industrial parkidan fotolavha
Xitoy fuqarolari alohida bir qishloqda qay tariqa sotsializmni qurishga muvaffaq bo‘lganliklari haqida quyida hikoya qilib beramiz.

Aytish joizki, o‘tgan 50-yil mobaynida Xuasi oddiy qishloqdan tortib, Xitoydagi kommunistik g‘oyalar g‘alaba qozongan ramzgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan. Bu yerda mahalliy oilalarning hammasi o‘z saroylarida istiqomat qiladilar va har birida eng kamida bittadan avtomobil mavjud. Qishloqda tibbiyot va maktablar mutlaqo bepul. Butun yer yuzida faqatgina shu qishloqda balandligi 328 metrni tashkil qiladigan, ya’ni mashhur Eyfel minorasidan to‘rt metr uzun bo‘lgan osmono‘par bino — Longxi International Hotel mavjud.

Inshootni barpo etish uchun 430 million dollarga yaqin mablag‘ sarflangan. Qishloqda 80ga yaqin korxonalar bor, ular asosan metallurgiya va to‘qimachilik korxonalaridir. Qishloqda ishlab chiqariladigan tovarlar 40ga yaqin mamlakatlarga eksport qilinadi.

© AFPOtel Longxi International v derevne Xuasi v provinsii Szansu v Kitae
Otel Longxi International v derevne Xuasi v provinsii Szansu v Kitae - Sputnik O‘zbekiston
Otel Longxi International v derevne Xuasi v provinsii Szansu v Kitae

Xitoydagi Longxi International oteli. Szansu provinsiyasi, Xuasi qishlog‘i

Qishloq farovonligida — marhum partkom rahbari U Jenbao beqiyos xizmat ko‘rsatgan.

Jenbao mahalliy partiya yacheykasiga rahbar etib tayinlanganida, Pekin rahbariyatini Xuasi — kommunizm amalda qanday ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkinligining yorqin misoli bo‘lib xizmat qila olishiga ishontira olgan.

Buning uchun u ba’zida noan’anaviy usullardan foydalangan. Jinbao qishloqqa sanoan ishlab-chiqarishini jalb etgan va bu bilan qishloqni kooperativga aylantirish qarorini namoyish etgan. Shu tariqa 1994-yilda Xuasida qishloqdagi barcha korxonalarga egalik qiluvchi korporatsiya dunyoga kelgan. Korporatsiyaning aksionerlari esa mahalliy aholi bo‘lgan. 1990-yy oxirida qishloq aksiyalari birjaga sotuvga qo‘yilgan. Aynan mana shundan so‘ng hudud o‘ta shiddat bilan rivojlanishni boshlagan.

© AP Photo / Eugene HoshikoRabotniki na staleliteynom zavode v derevne Xuasi v provinsii Szansu v Kitae
Rabotniki na staleliteynom zavode v derevne Xuasi v provinsii Szansu v Kitae - Sputnik O‘zbekiston
Rabotniki na staleliteynom zavode v derevne Xuasi v provinsii Szansu v Kitae

Xuasi qishlog‘idagi po‘lat quyish zavodi ishchilari.

Aksionerlarga har yili qishloqda faoliyat yuritib turgan korxonalar keltirayotgan daromaddan 20% to‘lab kelinadi. Foydaning qolgan qismi rivojlanishga tikiladi.

Ayrim vaqtlarda "qishloq kooperativi" daromadi yiliga 8 milliard dollargacha boradi — bu esa ayrim mamlakatlar YaIMidan ham ko‘proq demakdir.

Tuzilmaning mana shu o‘ziga xos shakli tufayli Xuasining har bir yashovchisi hisobida 143 ming dollarga yaqin mablag‘ bor.

Publikatsiya ot Marine (@olivewithasmile) Iyul 22 2016 v 8:13 PDT

 

Bu qishloqda istalgan narsani topish mumkin. Va gap bu yerda faqatgina omma uchun mo‘ljallangan tovarlar haqida borayotgani yo‘q.

Xuasida turizmni rivojlantirish maqsadida 23 million dollarga butunjahon yodgorliklari parki bunyod etilgan.

Bu parkda Sidney opera teatri, Parijdagi triumfal arka, Tananmen darvozalari va hatto Buyuk Xitoy devorining kichik bir bo‘lagi nusxalari mavjud. Bu yerda o‘zida Kapitoliy va Oq Uy elementlarini birlashtirib, boshpana qismida Ozodlik haykali o‘rnatilgan bino ko‘rinishidagi AQShni ham tomosha qilish mumkin.

Sayyohlar uchun amalga oshirilgan ishlar o‘z natijasini berdi — Xuasiga yiliga 2 mln yaqin turistlar kelib-ketadilar.

 

Qishloqda aerotaksi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bunda vertolot yordamida yaqin shaharlargacha 10 daqiqada yetib olish mumkin.

Hozirgi vaqtda bu hududni qishloq deb atash hech kimning xayoliga ham kelmaydi. Agar avval boshdan bu yerda mingdan salgina ziyod odamlar istiqomat qilishgan bo‘lsa, bugungi kunda qo‘shni qishloqlarni yutib yuborgani evaziga, Xuasi aholisi soni 35 ming nafarni tashkil qilmoqda.

Shunday bo‘lsada, hozirgacha qishloqqa shahar maqomi berilmagan.

Qayd etish joizki, Xuasi aksiyalariga avval boshdanoq qishloqning tub aholisi egalik qilib kelishgan. Qishloqqa biriktirib olingan qo‘shni hududlar aholisiga bunday imkoniyat taqdim etilmaydi. Ammo bunga qaramay, qo‘shib olingan qishloqlar aholisi ham Xitoyning boshqa hududlaridagidan ko‘ra ko‘plab qo‘shimcha qulayliklarga ega — deylik, bu yerda eng kam oylik ish haqi oyiga 500 dollarni tashkil qiladi.

Yangiliklar lentasi
0