"Greta Tunberg" loyihasini kim ishga tushirgan?

© InstagramGreta Tunberg
Greta Tunberg - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
U bugun ekologiya faolidan yirik media yulduzga aylandi. Albatta, bu ishlar chetdan ko‘maksiz amalga oshgan emas. Aftidan, bu yosh xonimga yirik siyosatchi rolini tayyorlab qo‘yishgan. Lekin u odamlarga qanday taklif bera oladi?

Muallif: Sergey Ilin, Sputnik radiosi uchun

Shvetsiyalik o‘smir-qiz Greta Tunberg butun dunyo bo‘ylab o‘zining tantanali marshini davom ettirmoqda. Yosh faol muallifligida optimistik, kimdir uchun utopik bo‘lgan "Har kim vaziyatni o‘zgartirishi mumkin", deb nomlangan ilk kitob dunyo yuzini ko‘rgach, Buyuk Britaniyada Gretani yil muallifi deb e’lon qilishdi. Bu ishni britaniyaning eng mashhur kitob do‘konlari tarmog‘iga ega bo‘lgan Waterstones amalga oshirdi.

Orol dengizi o‘rnidagi sahro - Sputnik O‘zbekiston
Orolbo‘yi mintaqasida ekologik vaziyatni yaxshilash dasturi ishga tushdi

Yosh yozuvchi erishgan sensatsion g‘alabadan so‘ng, Gretaning nutqlari va u yozgan matnlar kiritilgan ikkinchi jamlanmani chiqarish qarori qabul qilindi. Biroq jamlanmada faqatgina ekologiya haqida gapiriladimi, hozircha noma’lum. Shunday taassurot uyg‘otmoqdaki, Greta Tunberg va uni media maydonida faol ravishda ilgari surayotganlar o‘z urinishlarini davom ettiradi. Hatto endilikda global siyosatgacha qo‘l cho‘zib ko‘rishlari mumkin. Axir Greta Time jurnali versiyasiga ko‘ra Yil odami bo‘ldi. Lekin bu ham xamir uchidan patir.

Shvetsiyalik atrof-muhit muhofazachisi nomzodi yakunlangan yilda tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga ilgari surilgan edi. U kamerunlik hamkasbi bilan birgalikda tinchlik bo‘yicha Xalqaro bolalar mukofotini qo‘lga kiritdi. Bugungi kunda Gretani koinotning eng obro‘li o‘smiri deb atab kelishmoqda. Oldinda nimalar kutmoqda?

Xayrli tomoni, qizaloq o‘zi aytayotgan gaplarga va qarashlariga monand imidjni saqlab kelmoqda: u samolyotlarda uchmaydi - chunki ular atrof-muhitga ziyon yetkazadi, go‘sht ham iste’mol qilmaydi - chunki bu mahsulot hayvon ustidan amalga oshirilgan zo‘ravonlik natijasidir. Va hatto yangi libos ham xarid qilmaydi, sababi u atmosferani zararli moddalar bilan zaharlantirayotgan korxonalarda ishlab chiqilgan.

Pojar v gorode Paradayz, shtat Kaliforniya, SShA - Sputnik O‘zbekiston
Iqlim o‘zgarishi oqibatida 2050-yilga kelib insoniyat nobud bo‘lishi mumkin

Greta haqida shunday gapirishadi: qizaloq iqlim o‘zgarishi haqida 8 yoshida xabar topgan va kattalar bu muammoni jiddiy qabul qilmayotgani faktidan larzaga tushgan. Yaqinda u 17ga to‘ladi. U shu paytga qadar BMT sammitida katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan nutqni so‘zladi va o‘z vatanida ko‘psonli aksiyalarga boshchilik qildi. Ammo jamlanmaga yozilgan annotatsiyada bu kitob - "ilhomlantiruvchi va uzoqni ko‘ra biladigan yetakchi ishi bilan tanishib, tarixning bir bo‘lagiga ega bo‘lish imkoniyatini berishi" yozilgan.

Va bu yosh yetakchi ortida albatta kimdir bor. Greta Tunberg qahr bilan (aytgancha, global ekologik harakat qahri haqida annotatsiyada ham yozilgan) u kattalar dunyosini bolalar kelajagini pul va daromad ilindija surbetlik, tamagirlik va xoinlik ila pullayotganda ayblamoqda. Albatta, masalaning bunday yondashuvi zamirida ma’no bor.

Agar jahon sanoat industriyasi uning barcha shakllari va ko‘rinishida radikal texnik islohotlarni amalga oshirmas ekan, koinotni kelajagiga xavas qilib bo‘lmaydi. Ammo real iqtisodda band bo‘lib turgan yuz millionlab insonlarni ishsiz va pulsiz qoldirmasdan islohotlarni qanday amalga oshirish mumkin? Bu savolga yosh faol javob bermaydi.

Qolaversa, Greta Tunbergning o‘zi ham o‘zi nafratlanadigan kattalar olamida o‘yinchoq, sariq chaqaga aylanishi xavfi bor. Gretaning mashhurligidan daromad olishni, yoki qizaloqdan siyosiy yoki yirik iqtisodiy dividentlar olishni xohlovchilar topilishi aniq. Va so‘nggi savol: "bu adolatsiz dunyoga" nafrat va toqatsizlik yordamida saxiy ishlarni amalga oshirish, yaxshi tomonga o‘zgarishga erishib bo‘ladimi? Agar javob "ha" bo‘lsa, unda "bu adolatsiz dunyoni" hech narsa bilan o‘zgartirishning imkoni qolmabdi.

Yangiliklar lentasi
0