"Bugun vahimaning birinchi kuni": koronavirusning bilvosita qurbonlari milliardlardir

Zamonaviy global iqtisodiyot velosipedga o‘xshaydi, ya’ni dinamik muvozanatda faqat oldinga siljish holatida bo‘lishi mumkin, tezkor harakat bo‘lganida: agar o‘sish to‘xtab qolsa, bu oddiygina to‘xtash emas, balki tizimli inqirozga olib keladigan jiddiy muammodir
Sputnik

AQShning Bloomberg moliyaviy axborot agentligi Covid-19 ning asosiy qurboni haqida: "Koronavirus - tarixdagi eng uzoq davom etadigan iqtisodiy ekspansiya uchun halokatli zarba bo‘lishi mumkin", deya xabar beradi va "AQSh allaqachon retsessiyaga tushib qolgan bo‘lishi mumkin", deya qo‘shimcha qiladi.

Baxtsizlik yordam berdi: Eron koronavirus tufayli 70 ming mahbusni ozod qildi

Rasmiy statistikada, yuqumli kasallikning oqibatlari (hozircha) aks etmagan, ammo bu holda haqiqat AQShning yuqori lavozimli rasmiylaridan farqli o‘laroq, moliyaviy jurnalistlar tomonida ko‘proq bo‘ladi.

Rasmiy nuqtayi nazardan, tanazzullar ma’lum bir mamlakat iqtisodiyoti yalpi ichki mahsulotning ketma-ket ikki chorak pasayishidan keyingina rasmiy tasdiqlangan deb hisoblanadi, ammo bu ta’rif kechikayotganini va aslida vaziyat “chegara chizig‘ida” bo‘lgan taqdirda foydalidir, ya’ni istiqbollar unchalik aniq bo‘lmaganda, iqtisodiy vaziyatning o‘zgarishi sabablari ham aniq bo‘lmaganda, demak statistikani tom ma’noda mikroskop ostida o‘rganish kerak. Koronavirus holatida, hamma narsa yanada sodda va yanada qo‘polroq: YaIMning pasayishi sababi aniq va ravshan, ba’zi bir budjet yoki kredit ta’sirlari bilan uni bosish, to‘xtatish juda qiyin, deyarli yechib bo‘lmaydigan masala bo‘lib tuyuladi. Amerika va Yevropa iqtisodlarining qisqarishi qanchalik kuchli va uzoq davom etadi degan savol (va Xitoy ehtimol retsessiyani chetlab o‘tdi), chunki dunyoda o‘zaro bog‘liq bo‘lgan iqtisodiyotda AQSh yoki Yevropa Ittifoqidagi inqirozni (2008 yildagi kabi) global darajadagi inqiroz keltirib chiqarishi mumkin.

O‘zbekistonda koronavirus tufayli xalqaro sport tadbirlari vaqtincha cheklanadi

Biroq, Amerika iqtisodiyoti uchun yaxshi yangiliklar ham bor. Britaniyaning "Financial Times" gazetasi retsessiyani aniqlashtirishning AQSh Markaziy banki tomonidan ishlab chiqilgan empirik koidaga ishora qilib, ular to‘g‘risida: "Ushbu usulni ishlab chiqqan Nyu-York Federal Rezerv Bankida ishlaydigan qoida mualliflari shuni ko‘rsatmoqdalar-ki, AQSh iqtisodiyoti, tarix ko‘rsatganday, ishsizlik darajasi oxirgi 12 oy ichida qayd etilgan eng pastki darajadan 0,35-0,50%ga ko‘tarilsa, deyarli har doim retsessiyaga kiradi. Yaxshi xabar shundan iboratki, bundan aniq xulosa chiqarish mumkin: fevral oyida mamlakatga koronavirus kirib kelganda AQSh iqtisodi retsessiya holatida bo‘lmagan, hatto unga yaqinlashmagan ham". Bu juda yaxshi, ammo bu bayonotda muhim bir kamchilik bor: "Yomon xabar shundaki, virus Xitoy, Janubiy Koreya, Italiya va boshqa mamlakatlarda u tarqaladigan har qanday iqtisodiyotda o‘ta halokatli turg‘unlik (retsession) kuchlarini keltirib chiqarishi mumkinligini ko‘rsatdi".

Bloomberg ta’kidlashicha, koronavirus hujumi allaqachon zaif holatda bo‘lgan tizimga zarba bergan: "Covid-19 ko‘rinishidan barqaror, lekin aslida unchalik bardoshli bo‘lmagan iqtisodiyotga ta’sir qildi. Yanvar oyida qishloq xo‘jaligidan tashqari tarmoqlarda ishlaydigan ishchilar soni 1,4 foizga oshdi. Bu o‘tgan yil bilan taqqoslaganda normaldir. Ammo ishlab chiqarish sanoati yanvar oyida bir yil oldingiga nisbatan 0,8% ga pasaygan. Va davlat obligatsiyalari daromadliligi egri chizig‘i (AQSh) inversiyaga xavfli darajada yaqin bo‘lgan (daromalilikning egri inversiyasi, bunda uzoq muddatli foiz stavkalari qisqa muddatlilarnikidan pastroq, va bu inversiya retsessiyaning kuchli ko‘rsatkichidir). Yanvarda yagona kuchli ko‘rsatkich bu birja bozori bo‘ldi va endi koronavirus tufayli bu ko‘rsatkich ham qizil rangda yonmoqda".

Moskvada koronavirus bilan kasallangan birinchi rossiyalikka javob berildi

AQSh iqtisodiyoti moliyalashtiriladigan mamlakatlardan biridir. Va Amerika misolida (Yevropa Ittifoqi holatida ham bo‘lgani kabi, Xitoy yoki Rossiya bundan mustasno) qimmatli qog‘ozlar bozori shunchaki iqtisodiyotning holatini ko‘rsatuvchi ko‘rsatkich emas. Aksincha, agar ozgina bo‘rttirib ko‘rsak, AQSh va Yevropa Ittifoqi uchun fond bozori bu iqtisodiyotning o‘zidir.

Hozirda Amerika va Yevropa obligatsiyalari kam yoki hatto salbiy daromad keltirmoqda, bu esa investorlarni o‘z jamg‘armalarini (kelajakda nafaqa sifatida ko‘rayotgan) aksiyalarida saqlashga majbur qiladi, va bu yerda gap arziydigan miqdorlar haqida ketmoqda. Investment Institute Company ma’lumotlariga ko‘ra, eng keng tarqalgan pensiya rejasini (501K deb ataladigan) hisobga olsak ham, gap bir necha trillion dollar haqida ketmoqda va bu dollarlar omonatchilar oldida darhol bug‘ga aylanadi, bu esa ularning qo‘shimcha tovarlar yoki xizmatlarni iste’mol qilish istagiga hissa qo‘shishi dargumon. Boshqa tomondan, bularning barchasi jamg‘argani mablag‘i mavjud, nisbatan badavlat amerikaliklarning muammosidir, AQShda ishlayotgan fuqarolarning 74 foizi esa (American Payroll Association ma’lumotlari) oylikdan oylikkacha yashaydi va ular uchun ishlayotgan korxonasi yoki xizmat ko‘rsatish sohasining hatto bir yoki ikki oylik karantin tufayli yopilishi moliyaviy halokatni anglatadi.

Agar siz moliya bozorining ichki holatiga nazar tashlasak, optimizm uchun sabablarni topish qiyin: "Aksincha, moliya bozorlarida retsessiya haqida gap tarqalmoqda". "Bu uzoq o‘sgan"buqa" bozoridan keyin retsessiyaning boshlanishi kabi ko‘rinadi",- deydi Bloomberg News-ga Diamond Hill Capital Management portfel boshqaruvchisi Jon Makkleyn. "(Bugun) bozorda vahima qo‘zg‘alishining birinchi kuni", - deya qo‘shimcha qildi u.

Koronavirus tufayli ichki turizmni rivojlantirish taklif qilindi

Bir ma’noda, zamonaviy global iqtisodiyot velosipedga o‘xshaydi, ya’ni dinamik muvozanatda faqat oldinga siljish holatida bo‘lishi mumkin, tezkor harakat bo‘lganida: agar o‘sish to‘xtab qolsa, bu oddiygina to‘xtash emas, balki tizimli inqirozga olib keladigan jiddiy muammodir.

Shu nuqtayi nazardan, ekspertlar va sarmoyadorlar markaziy banklar va hukumatlardan iqtisodiyotni "faollashtirishni" talab qilishlari mantiqan to‘g‘ri. Va bu ma’noda birinchi qadamlar qo‘yilganga o‘xshaydi: Federal Rezerv zudlik bilan dollarning foiz stavkasini pasaytirdi va boshqa mamlakatlarda ham shunga o‘xshash choralar ko‘rilishi mumkin. Muammo shundaki, bunday rag‘batlantirish imkoniyatlari 2008-yildagi inqirozga qarshi kurashish davridan beri ahamiyati katta bo‘lmagan: Yevropa Ittifoqida allaqachon salbiy darajada bo‘lgan va AQShda bir foizdan ozgina oshiq foiz stavkalarini pasaytirish o‘ta samarasiz chora, lekin davlatlarning iqtisodiyotini budjet mablag‘lari yordamida rag‘batlantirish ma’lum ma’noda "kollektiv G‘arb" mamlakatlarining jiddiy kreditlashtirilgani bilan chegaralanadi.

Koronavirus vahimasi: Yaponiyada supermarket rastalari bo‘shab qoldi

Shundan kelib chiqadiki, dunyo iqtisodiyoti tanazzulga tushib ketmasligi va AQSh va Yevropaning iqtisodiyotini orqaga surib qo‘ymasligiga yagona umid Xitoydandir, chunki u koronavirus avjidan o‘tib deyarli tuzalyapti. Amerika biznesga oid nashlarining yetakchisi The Wall Street Journal nashri yozganidek: "Yaxshi xabar shundaki, Xitoyning xatti-harakatlari (iqtisodiy) faoliyatning tiklanishiga zamin yaratgan ko‘rinadi yoki hech bo‘lmaganda (infeksiya)tarqalish  tezligini pasaytirdi. Asosiy savol tug‘iladi: karantin va boshqa cheklovlarning olib tashlanishi Xitoyda yangi avj olishlariga olib keladimi? Bu Xitoy ishlab chiqarishini tiklanishini beqaror qilishi mumkin".

Donald Trampga, ehtimol, o‘zining barcha sayi-harakatlariga qaramay, Amerika iqtisodiyoti Amerika tovarlariga bo‘lgan talab, amerikalik ishlab chiqaruvchilarga yetkazib berish, hatto hayotiy zarur dori-darmonlar nuqtayi-nazaridan ham Xitoyga bog‘liqligini o‘qish juda yoqimsiz bo‘lsa kerak.

Bundan tashqari: Tramp prezidentlik saylovlari arafasida, shuning uchun Xitoy iqtisodiyotining tez va qat’iy tiklanishi uning saylovoldi kampaniyasi mobaynida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng yaxshi vaziyat.

Biroq, voqealar bunday rivojlanishidan hamma foyda ko‘radi: agar dunyoning yetakchi iqtisodiyotlaridan kamida bittasi koronavirus tufayli haqiqatan ham jiddiy jabr ko‘rmasa, global inqirozning oldini olish imkoniyati mavjud.