TOShKENT, 9 mar - Sputnik. Eron koronavirus tufayli 70 mingga yaqin mahbusni qamoqdan ozod qildi, deb xabar berdi RIA Novosti Mizan Online agentligiga tayangan holda.
Eron Sud hukumati rahbari Ibrohim Raisiyning so‘zlariga ko‘ra, mahbuslarni qamoqqa qaytarish hali rejaga kiritilgani yo‘q.
"Mahbuslarni ozod etish ishlari jamoatchilikka xavf tug‘ilmaguniga qadar davom etadi", - dedi Raisiy.
Sal oldin Eron sud hokimiyati rasmiy vakili G‘ulomxusayn Ismoiliy mamlakat bo‘ylab koronavirus tarqalishi tufayli qamoqxonalarda salomatlikni muhofaza qilish to‘g‘risidagi savolga sharh berar ekan, 54 mingga yaqin mahbuslarning vaqtinchalik ozod etilishi haqida xabar qilgan edi.
Eronda koronavirus yuqtirgan yuqori lavozimli amaldor vafot etdi >>>
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Eronda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq bo‘lgan 6566ta holat qayd etilgan, shundan 2134 kishi shifo topgan, 194 kishi vafot etgan.
Sal oldin Sputnik radiosi Eron islom respublikasida yetti kishi koronavirus bo‘yicha internet orqali berilgan maslahatlar tufayli vafot etgani haqida xabar bergan edi.