O‘zbekistonda koronavirus tufayli xalqaro sport tadbirlari vaqtincha cheklanadi

© Uzbekskie avialiniiSpetsialisti ministerstva zdravooxraneniya v aeroportu Tashkenta
Spetsialisti ministerstva zdravooxraneniya v aeroportu Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Butunjahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti e’lon qilgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, yangi turdagi koronavirusni yuqtirgan insonlar soni butun dunyoda 105 586 nafarga, koronavirus tarqalgan mamlakatlar soni esa 101 taga yetgan.

TOShKENT, 9 mar - Sputnik. O‘zbekiston hududida o‘tkazilishi rejalashtirilgan xalqaro tadbirlar va sport musobaqalari vaqtincha to‘xtatildi, deb xabar qilmoqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot-xizmati.

Otdixayushie na Krasnoy ploshadi v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus tufayli Moskvada “yuqori tayyorlik” tartibi kiritildi  

"Ilk bor Xitoyda aniqlanib, so‘ngra dunyoning ko‘plab davlatlariga kirib borgan COVID-19 koronavirusi bugun butun dunyoni tahlikaga solib turibdi. Shukrki yurtimizda bu yuqumli va o‘ta xavfli epidemiya alomatlari aniqlanganicha yo‘q. Biroq, xotirjam bo‘lish aslo yaramaydi, chunki koronavirus ayni paytda sayyoramizning 70dan ortiq davlatiga kirib bordi. Mavjud vaziyatni inobatga olgan holda, qolaversa hukumatimiz tomonidan berilgan ko‘rsatma va tavsiyalar ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika hududida o‘tkazilishi rejalashtirilgan xalqaro tadbirlar va sport musobaqalari vaqtincha to‘xtatildi", - deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, ko‘zlangan maqsad — koronavirus epidemiyasini O‘zbekiston hududiga kirib kelishining oldini olish bo‘lib, buyruq bilan xalqaro musobaqalarda O‘zbekiston milliy terma jamoa a’zolarining ishtiroki hamda tizim xodimlarining xorijiy xizmat safarlari vazirlik bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan.

Profilakticheskie meri protiv rasprostraneniya koronavirusa v Seule - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus vahimasi: Koreyadagi O‘zbekiston elchisi xotirjamlikni saqlashga chaqirmoqda

Shuningdek, sport turlari bo‘yicha respublika sport musobaqalari (chempionat va kuboklar) O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi, hududiy sport musobaqalarini esa hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmalari bilan kelishgan holda o‘tkazish vazifasi yuklatilgan.

Butunjahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti e’lon qilgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, yangi turdagi koronavirusni yuqtirgan insonlar soni butun dunyoda 105 586 nafarga, koronavirus tarqalgan mamlakatlar soni esa 101 taga yetgan.

Virus oxirgi sutkalarda Bolgariya, Kosta-Rika, Moldaviya, Fransuz Gvianasi, Maldiv orollari, Malta, Farer va Martinika orollarida qayd etilgan.

So‘nggi bir sutka davomida Xitoydan tashqarida 3 610 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan, avval aniqlangan bemorlarning 71 nafari vafot etgan.

Yangiliklar lentasi
0