Vashington Afg‘onistonda jimgina, tez va qat’iyatlik bilan taslim bo‘lish uchun koronavirus epidemiyasidan va oddiy amerikaliklar moliya bozorlarining qulashiga e’tibor berishganidan foydalandi.
2200 dan oshiq halok bo‘lgan Amerika askarlari, 20 mingdan ortiq yaradorlar, 18-yillik urush va ishg‘ol, shuningdek, “afg‘on kampaniyasi”ga ikki trillion AQSh dollaridan ko‘proq mablag‘ sarflangani - bularning hammasi behuda bo‘lib chiqdi, bularning hammasi kecha AQSh tarixidagi eng haqoratomuz shartnomalardan biri imzolanganligi sababli tarix axlat quttisiga tashlandi.
Ushbu “tinchlik shartnomasi” haqiqiy taslimdir va Amerika diplomatlari va ommaviy axborot vositalari mutaxassislari tomonidan “bu taslim va mag‘lubiyat emas, balki ajoyib tinchlik shartnomasi” degan tezisni ilgari surish uchun qilinayotgan harakatlar rasmiy Vashington uchun tahqirlanish bo‘layotganini yana bir bor isbotlaydi.
Taslim bo‘lish marosimida, ya’ni “tinchlik bitimi” imzolanish marosimida so‘zlagan AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo quyidagicha bayonot berdi:
“Ushbu shartnoma hech qanday ma’noga ega bo‘lmaydi va biz o‘z zimmamizdagi majburiyatlar va va’dalarga nisbatan aniq harakatlar qilmasak, bugungi yaxshi tuyg‘ular uzoq davom etmaydi. <...> Men g‘alabani e’lon qilish vasvasasi paydo bo‘lishini bilaman. Ammo bu g‘alaba afg‘onlar uchun g‘alaba, unga ular tinch va farovon hayot kechira olsagina erishadilar”.
Buni Amerikaning Bloomberg axborot agentligi keltirgan Tolibon harakatining pozitsiyasi bilan taqqoslaylik:
“Bugun AQSh bilan bitimni imzolash marosimi arafasida toliblar g‘olib bo‘lganliklarini e’lon qilishdi. “Bu g‘alaba kuni”, - dedi “Tolibon” muzokarachisi Sher Muhammad Abbos Stanekzay. – “G‘alaba Xudo yordami bilan keldi”.
Harbiy budjeti (yiliga 748 milliard dollar) Afg‘onistonning yalpi ichki mahsulotidan (yiliga 18 milliard dollar) 41 baravar ko‘p bo‘lgan AQSh toliblar bilan tinchlik muzokaralarini olib borishga majbur bo‘layotganining o‘zi, bu vaziyatda kim qanday hisob bilan yutqazganini tushunish uchun yetarli. Umuman olganda, kelishuv ohir-oqibat quyidagi almashinuvga keltirilmoqda: "Tolibon" G‘arb ommaviy axborot vositalari va saylovchilar uchun Afg‘onistonni unutishlari uchun etarli bo‘lgan vaqtga qadar afg‘on rasmiy hukumatiga qarshi zo‘ravonlikdan voz kechadi, shundan so‘ng toliblar istaganini qila oladi.
RIA Novosti muzokaralar jarayoni va o‘zaro majburiyatlarning rasmiy konfiguratsiyasini keltiradi: “Tomonlar AQShning Afg‘onistondagi qo‘shinlar sonini 135 kun ichida 12 mingdan 8,6 minggacha qisqartirishga kelishib oldilar va shundan so‘ng, agar "Tolibon" zo‘ravonlikdan voz kechsa, ular AQSh va NATOning barcha kuchlarini 14-yilga chiqarishni davom ettiradilar. Bundan tashqari, shartnomada "doimiy va keng qamrovli sulh" ko‘zda tutilgan.
Shartnoma nafaqat Tolibon tomonidan biron-bir asosiy imtiyozlar tan olinishini anglatmaydi (imtiyoz sifatida cheksiz sulh va’dasi bundan mustasno), balki Vashingtonga biron bir jihatdan foydali bo‘lgan har qanday siyosiy formatni qo‘llanilishini majburiyatini ham ham ko‘zda tutmaydi. Bloomberg tahlilchisi xaqli ta’kidlaganidek, "Amerika Qo‘shma Shtatlari ataylab "Tolibon" haqiqatan ham AQSh va uning koalitsiya bo‘yicha sheriklari jang qilgan va halok bo‘lgan Afg‘onistonning saylangan hukumatini tan olishi (yoki olmasligini-tahr.) mavhumlikda qoldirmoqda".
Bundan chiqdi, toliblardan hatto rasmiy hukumatni yoki Amerika armiyasi nazorati ostida Afg‘onistonda o‘tkazilgan saylovlar natijalarini tan olish talab qilinmagan. Agar bu Amerikaning ushbu mamlakatdagi butun harbiy operatsiyasi uchun mag‘lubiyat yoki hukm bo‘lmasa, unda nima?
Manzarani to‘liq yoritish uchun Amerikaning "tinchlik o‘rnatilishi" portretiga yana bir amerikacha teginishni qo‘shish kerak: kelishuv imzolanishi paytida Doxada so‘zlagan Mayk Pompeo ushbu kelishuv yaxshi g‘oya ekanligi haqida hech qanday dalil topmadi. Aytarli xech yahshiroq narsa topilmagani uchun, "so‘nggi olti kun ichida" Afg‘onistonda zo‘ravonliklar kamaygani qayd etildi - dedi va ehtimol, bu Markaziy razvedka boshqarmasining afg‘on yo‘nalishi bo‘yicha sobiq rahbari maqtanishi mumkin bo‘lgan yagona narsa.
Vashingtonga xayrixoh bo‘lgan ommaviy axborot vositalari ham, masalan Reyter agentligi, "shuningdek, toliblar bilan, isonchilarni siyosiy jarayonga qay tarzda jalb qilish oxir-oqibat hokimiyatni qanday taqsimlash bo‘yicha muzokaralar olib boradigan afg‘on muzokarachilar guruhini kim tashkil qilishi to‘g‘risida ham hal qilinmagan masala bor", deb ta’kidlaydi.
Shu nuqtayi nazardan, Qo‘shma Shtatlarning harakatlari Afg‘onistondagi o‘z tarafdorlarini hayot so‘qmoqlariga shunchaki tashlab qo‘ygandek ko‘rinadi va Amerikaning genial rejasining yagona kat’iy va tushunarli qismi esa bu qo‘shinlarni olib chiqib keyin uzoq vaqt va zavq bilan jasur Amerika askarlarining Tolibon ustidan qozongan qaxramona g‘alabasi haqida Gollivud filmlarini suratga olishdir. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, bu unchalik yomon ham qaror emas: bir necha yildan keyin Amerika badiiy tashviqot mashinasining zamondoshlarimiz miyalariga ta’sirini hisobga olgan holda, faqatgina geosiyosiy mutaxassislar Afg‘onistonda AQSh aslida taslim bo‘lganini bilishadi, lekin buni g‘arb ommaviy axborot vositalarida yozishga jur’at etganlarni ular fitna nazariyalarini tarqatishda ayblashadi va Rossiya maxsus xizmatlarida ishlaganlikda gumon qiladilar.
Ammo bu filmlarning barchasi ushbu urushda halok bo‘lganlarning qarindoshlariga yordam bermaydi va bu nafaqat Amerika askarlari, balki siyosatchilari Afg‘onistonga zambarak go‘shtini yuborib Vashingtonning ko‘nglini olishga qaror qilgan mamlakatlarning askarlari haqida ham: Buyuk Britaniya, Polsha, Ruminiya, Kanada, Fransiya, Gruziya, Estoniya, Latviya va boshqalar. Buyuk Amerika imperiyasining urushlarida yugurtak bo‘lib qatnashish, ehtimol, obro‘lidir, ammo imperiya g‘alaba qozonganidagina.
Endi esa imperiya o‘zining zaifligini ko‘rsatdi va butun dunyo bu zaiflikni ko‘rdi. Shu bilan birga, Afg‘onistonni tark etish to‘g‘risidagi qaror Prezident Trampning dadil qarori, bir tomondan, siyosiy maqsadga muvofiqligi (Tramp saylov kampaniyasini boshdan kechirmoqda va u 2016-yilda qo‘shinlarini qaytarishga va’da bergan), boshqa tomondan esa iqtisodiy zaruriyat tufayli. Amerika tashviqotidan farqli o‘laroq, 2016-yilda Tramp Amerika iqtisodiyoti "bitta katta yog‘li pufak" ekanligi va cheksiz urushlar bu pufakni teshib o‘tadigan igna bo‘lishi mumkinligini tushungani haqida gapirdi. Yaxshi ishbilarmon yo‘qotishlarni tan olishni va kesib tashlashni va daromadsiz aktivlarni tashlab yuborishi biladi. Tramp impichmentning Damokl qilichidan va “rus surishtiruvi”dan xalos bo‘lgandan so‘ng, nihoyat saylovoldi va’dalarining aynan shu qismini bajarishga kirishdi. Va bu voqeadagi eng muhim narsa bu Afg‘oniston yoki kurdlarning (Trampning o‘zi hisobdan chiqarib yuborgan va taqdir so‘qmog‘iga qoldirgan) taqdiri emas, muhimi Vashingtonning samarali menejeri yana qanday “chamadonlar”dan qutulishni xohlagani.
Tanlov boy, ammo darhol “sotish” uchun birinchi nomzodlar aniq. Bundan tashqari, kamida bitta “tutqichsiz chamadon” Demokratik partiyaga 2016-yilda Trampni lavozimidan chetlatishga faol yordam bergan va keyin Jo Baydenning korrupsiyasi bo‘yicha tergov o‘tkazishni rad etgan. Bu voqea albatta davom etadi, ayniqsa AQSh prezidenti o‘zining qasoskorligi bilan tanilganligi sababli.
Manba: RIA Novosti