TOShKENT, 1 mar - Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Afg‘onistondan qo‘shinlar kechiktirilmay olib chiqilishini ma’lum qildi.
“Bugun. Bu zudlik bilan boshlanadi”, - deya javob qaytargan Tramp jurnalistlarning toliblar bilan bitim doirasida Amerika qo‘shinlarining Afg‘onistondan olib chiqish qachon boshlanishi haqida savoliga. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Eslatib o‘tamiz, AQSh va “Tolibon” radikal harakati 29-fevral kuni Qatarda tinchlik bitimini imzoladi. Bitim Afg‘onistondan amerika qo‘shinlari chiqarilishini hamda afg‘onlararo muloqot boshlanganligini nazarda tutadi. Hujjatga muvofiq, AQSh Afg‘onistondagi qo‘shinlari sonini 135 kun davomida 12 mingdan 8,6 ming kishigacha qisqartirish majburiyatini oladi. “Tolibon” kelgusida zo‘ravonlikdan o‘zini tiysa, amerikaliklar 14 oy davomida o‘z kuchlarini va NATO kuchlarini olib chiqishni davom ettiradilar. “Tolibon” ushbu harakatlarga javoban afg‘on hududidan AQSh va boshqa davlatlarga hujum qilish uchun foydalanishdan voz kechishi lozim.
#US & #Taliban have signed a deal that lays out conditions for the withdrawal of US & NATO troops from #Afghanistan https://t.co/4jEHEb0eEA pic.twitter.com/UbN67v51Hp
— RT (@RT_com) March 1, 2020