Ekspert nima sababdan hozir AQShga Venesuelani qamal qilish lozimligini tushuntirdi

AQSh sanksiyalari tufayli Venesuela neft sanoati sohasida favqulodda holat e’lon qildi. Ekspert Aleksey Zubes ushbu choraga baho berdi va Amerika cheklovlari nima bilan bog‘liqligi borasida o‘z mulohazalarini bildirdi.
Sputnik

Venesuelada neft sanoatini AQSh sanksiyalaridan himoya qilish uchun islohotlar boshlandi. Tegishli farmonni Venesuela prezidenti Nikolas Maduro imzoladi.

“Men mamlakatning energetik xavfsizligini ta’minlash va sanoatni imperialistik tajovuzdan himoya qilish uchun shoshilinch va zarur choralarni ko‘rish uchun konstitutsiyaviy va prezident farmonim bilan neft sanoatida favqulodda holat e’lon qilaman", - dedi Maduro neft sanoati ishchilari bilan uchrashuvda. Prezidentning nutqi uning Twitter᾽dagi akkauntida efirga uzatildi.

Koronavirus OPEKni izdan chiqardi: Rossiya va neft birlashma o‘rtasidagi munosabat keskinlashdi

“2-modda milliy neft sanoatini himoya qilish, qayta qurish va qayta tashkil etish bo‘yicha vakolatli prezidentlik komissiyasini tuzadi”, - davlat rahbari qo‘shimcha  qilgan. Maduro so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Maduroning so‘zlariga ko‘ra, komissiya butun neft sanoatini o‘zgartirish uchun zarur vakolatlarga ega bo‘ladi.

AQSh seshanba kuni “Rosneft” tuzilmasi bo‘lgan Shveysariyaning Rosneft Trading SA kompaniyasini va uning direktorlar kengashi raisi Didye Kasimironi Venesuela sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi. Didye Kasimiro bir vaqtning o‘zida Rosneft neftni qayta ishlash, neft kimosi, savdo va logistika bo‘yicha vitse-prezident lavozimini egallaydi. AQSh o‘z ittifoqchilariga, xususan, Yevropada Venesuela neftini tashqi bozorlarga yetkazib berishda ayblanayotgan Rosneft Trading bilan aloqalarni uzish uchun 90 kun berdi.

Rossiya Federatsiyasi hukumati qoshidagi Moliya universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori Aleksey Zubesning fikricha, bu holat AQShda bo‘lajak saylovlar bilan bog‘liq.

“(AQSh prezidenti Donald) Tramp bu yil qayta saylanishi kerak va unga AQShda yashaydigan, respublikachilarning tarafdori bo‘lgan va Markaziy Amerikaning sotsialistik hukumatlarini yoqtirmaydigan juda jiddiy Lotin Amerikasi hamjamiyatining ko‘magiga muhtoj. Tramp ushbu nufuzli Lotin Amerikasi doiralariga bonus sifatida Venesuela xukumatini ag‘darish va’dasini berdi. Shu maqsadda AQSh Venesuela neft importiga cheklovlar qo‘ydi. Bu iqtisodiy qamaldir.  Bu Venesuela iqtisodiyotini bo‘g‘ishga urinish”, - dedi Aleksey Zubes Sputnik radiosi efirida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Venesuela har qanday holatda ham neft sohasini isloh qilishga muhtoj.

20 yil qoldi - neft tugaganidan keyin nima bo‘ladi?

“Bugungi kunda Venesuela hukumati oldida neft qazib olish kompleksini samaradorlik ko‘rsatkichlariga yetkazish vazifasi turibdi, chunki ular so‘nggi paytlarda unchalik yaxshi ishlamayapti. Ular Saudiya Arabistoniga qaraganda ko‘proq neft zaxiralariga ega, ammo bu neft og‘ir va uni ishlab chiqarish tannarxi juda katta”, -  deya ta’kidladi Aleksey Zubes.

Venesuelada 2019-yil 21-yanvarda prezident Nikolas Maduroga qarshi u qasamod qilgandan keyin ko‘p o‘tmay ommaviy norozilik namoyishlari boshlandi. Muxolifat tomonidan boshqariladigan Milliy assambleya rahbari Xuan Guaido noqonuniy ravishda o‘zini vaqtincha davlat rahbari deb e’lon qildi, uni darhol AQSh va uning ittifoqchilari tan olishdi. Rossiya, Xitoy, Turkiya va boshqa bir qator davlatlar Maduroni qonuniy prezident sifatida qo‘llab-quvvatladilar.