Yil oxiriga qadar aholi 7 million zamonaviy elektr hisoblagichlari bilan ta’minlanadi

Joriy yil oxiriga qadar elektr energiyasi iste’molchilarining 7 million qismi elektr energiyasini hisoblash va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ga o‘tadi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tildi.
Sputnik

TOShKENT, 14 fev — Sputnik. Bugun AOKAda “2019 yilda iste’molchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash borasidagi faoliyat: erishilgan natijalar va istiqboldagi ustuvor vazifalar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi, Sputnik muxbiri xabariga asosan.

Noto‘g‘ri ulangan: fuqaroga elektr energiyasi hisobi qayta hisoblab berildi

Anjumanda ishtirok etgan «Hududiy elektr tarmoqlari” boshqaruvi raisi Ulug‘bek Mustafoyevning ta’kidlashicha, bugungi kunda O‘zbekistonda “Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ni joriy etish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.  

Masalan, ushbu avtomatlashtirilgan tizimdagi hisoblagichalar iste’molchilarga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablag‘lari hisobidan bepul o‘rnatib berilmoqda.

Xususan, bugungacha mamlakatning 68 ta tuman va shaharlarining 3 milliondan ziyod xonadonlariga zamonaviy elektr hisoblagichlar o‘rnatilgan.

Joriy yil yakuniga qadar esa yana 7 million aholining zamonaviy elektr hisoblagichlar bilan ta’minlishi ko‘zda tutilmoqda. 

Elektr energiyasidan bo‘lgan qarzdorlik iste’molchi hisobraqamidan undirilmaydi

Qo‘shimcha ma’lumot: avtomatlashtirilgan tizimlar bu elektr energiyasi iste’molchilari tomonidan iste’mol rejimlarini operativ nazorat qilish, uni tahlil qilish, iste’molchilar yuklanishini optimal boshqarish imkonini beradi.

Ushbu tizim (ASKUE)dan foydalangan holda, energoobyektlarda  ma’lumot yig‘ish, uni shakllantirish, axborot to‘plash, uni yuqori boshqaruv darajasiga uzatish, elektr energiya yetkazib beruvchilari va iste’molchilar o‘rtasida tijoratga oid hisob-kitoblarni bajarish vazifasini bajaradi.

Avtomatlashtirilgan tizimlar elektr energiyasi va quvvat iste’molchilari tomonidan iste’mol rejimlarini operativ nazorat qilish, uni tahlil qilish, iste’molchilar yuklanishining optimal boshqarish imkonini beradi.

ASKUEdan foydalangan holda, energoobyektlarda ma’lumot yig‘ish va shakllantirish, axborot yig‘ish, unit yuqori boshqaruv darajasiga uzatish, shuningdek elektr energiya yetkazib beruvchilari va iste’molchilar o‘rtasida tijoratga oid hisob-kitoblarni bajarish vazifasini bajaradi.