Sputnik Estoniya fransiyalik hamkasblari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi

"Rossiya segodnya" HAA ijrochi direktori Kirill Vishinskiy va Sputnik Estoniya rahbari Yelena Cherisheva Parijda so‘z erkinligi bo‘yicha munozarada ishtirok etdilar
Sputnik

Uchrashuvda Sud Radio jurnalisti Andre Berkoff, Paris Match jurnali muxbiri va direktori o‘rinbosari Rejis le Sommye ishtirok etdi. Vishinskiy va Cherisheva o‘z hamkasblariga Estoniyada ommaviy axborot vositalariga bosim o‘tkazilayotgan vaziyat haqida gapirib berishdi.

Sputnik Estoniya atrofidagi vaziyat EI obro‘sidagi yana bir dog‘ bo‘ldi - Sergey Lavrov

Dunyo Estoniyada qonunsizlik ro‘y berayotgani haqida bilishi kerak

Eslatib o‘tamiz, 2020-yil 1-yanvardan boshlab agentlik xodimlari Estoniya hukumati tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘ash tahdidi tufayli "Rossiya segodnya" HAA bilan mehnat munosabatlarini uzishga majbur bo‘ldilar. Yangi yil arafasida Sputnik Estoniyaning barcha xodimlariga Politsiya va Chegara xavfsizligi boshqarmasi rahbariyatidan "Rossiya segodnya" HAA da ishlashni to‘xtatish zarurligi to‘g‘risida xat keldi, aks holda odamlar qamoqqa olinish xavfi ostida qoladi.

Sputnik Estoniya hozirda favqulodda rejimda ishlamoqda.

"Biz Yevropa mamlakatlarida jurnalistlarga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘ashga tayyor ekanliklarini, ular o‘zlarining kasb burchlarini bajarishlari va Rossiyaning xalqaro axborot agentligida ishlashlari sabab qamoqqa olinishini Yevropada bilishlarini istaymiz. Estoniyada shunday qonunsizlik xolati sodir bo‘layotganini maksimal darajada bilishlari jar solishni hohlaymiz”, - deya ta’kidladi Yelena Cherisheva.

Uning eslatishicha, nashrning to‘rt yillik faoliyati davomida Estoniya rasmiylari agentlik ishiga rasman da’vo qilmagan. Ammo jurnalistlar hali ham o‘z ishlarida turli to‘siqlarga duch kelishgan. Ko‘pincha muxbirlarga ba’zi tadbirlarda ishtirok etish qiyin bo‘lgan va mamlakatning barcha amaldorlari Sputnik Estoniya bilan suhbatlashish tavsiya etilmasligi haqida ogohlantirilgan.

Rossiya YeXHTning Sputnik Estoniya bilan bog‘liq vaziyatga munosabatini kutmoqda

Cherishevaning so‘zlariga ko‘ra, "Rossiya segodnya" XAA, shaxsan o‘zi va Rossiya Federatsiyasining turli tuzilmalari "asosiy muammoni hal qilish - Estoniya rasmiylarining barcha da’volarini, soxta da’volarini olib tashlash" uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda.

Jurnalistlar gapirish imkoniyatlariga ega bo‘lishlari kerak

"Sizga jurnalistlarning aytganlari yoqadimi yo‘qmi, ular xohlagan narsalarini aytishlari kerak, garchi bu kimgadir ma’qul kelmasa ham. Chunki bu erkinlikdir", deb javob berdi fransuz jurnalistikasida katta tajribaga ega bo‘lgan Andre Berkoff.

Avvalroq, Yevropa Kengashining inson huquqlari bo‘yicha komissari Dunya Miyatovich Sputnik Estoniya bilan bog‘liq vaziyatni o‘zi va uning idorasi nazoratida bo‘lishini bildirgan edi.

"Bizni Miyatovich xonim, u va uning idorasi ushbu vaziyatni nazoratda ushlab turishi va hamkasblarimiz normal va sivilizatsiyalashgan, Yevropa qadriyatlariga sodiqligini e’lon qilgan mamlakatda bo‘lishi kerak bo‘lgan sharoitda ishlashlari uchun harakat qilishini ishontirdi". - dedi Kirill Vishinskiy.

Sputnik Estoniya jurnalistlari redaksiya bilan mehnat munosabatlarini to‘xtatadilar

Estoniya o‘z fuqarolarini qiynamoqda

Yelena Cherisheva YeK (Yevropa Kengashi) komissari Sputnik Estoniya bilan bog‘liq vaziyat haqida to‘liq ma’lumotga ega emasligini his qilganini aytib o‘tdi.

"Shuning uchun u (Dunya Miyatovich - tahr.) menga qo‘shimcha savollarni berdi, men albatta javob berdim. Bu mening YeKPAga (Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasi - tahririyat) tashrifimdan maqsad - Sputnik Estoniya atrofidagi vaziyat to‘g‘risida maksimal ma’lumot berish" - dedi nashr rahbari.

Cherisheva ta’kidlashicha, Sputnik Estoniyaning deyarli barcha xodimlari Estoniya fuqarolari.

Sputnik Estoniya agentlikni mamlakatdan “siqib chiqarishga” urinishayotganini ma’lum qildi

"Politsiya o‘zlarining xatti-harakatlari bilan o‘z fuqarolariga yomon munosabatda bo‘lmoqda va o‘z fuqarolarini faqatgina Rossiya ommaviy axborot vositasida ishlaganlari uchun qamoqqa olishga tayyor. Biz vaziyatni imkon qadar tezroq hal qilinishi, barcha xodimlar o‘z ish joylariga kaytishi va Estoniyada osmoni uzra Sputnik yana parvoz etishi uchun barcha ishlarni qilmoqdamiz", deya qo‘shimcha qildi Sputnik Estoniya rahbari.

Avvalroq, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sputnik Estoniya atrofidagi vaziyatni sharhlar ekan, Rossiya rasmiylari Sputnikning boshqa mamlakatlarda ishlashini qo‘llab-quvvatlashini aytgan.