Sputnik Estoniya agentlikni mamlakatdan “siqib chiqarishga” urinishayotganini ma’lum qildi

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishPavilon novostnogo agentstva Sputnik
Pavilon novostnogo agentstva Sputnik - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2019 yilning oktabr oyi oxirida xalqaro bank guruhlarining eston filiallari “Rossiya segodnya” XAAdan Sputnik Estoniya xodimlariga kelib tushayotgan maosh o‘tkazmalarini muzlatib qo‘yishdi. Shuningdek, ofis ijarasi uchun soliq to‘lovlari va ijara to‘lovlari muzlatib qo‘yilgan.

TOShKENT, 1 dek - Sputnik. Estoniya hukumati “Rossiya segodnya” XAAni mamlakatdan siqib chiqarishga qasddan urinmoqda. Agentlik xodimlarining aksariyati respublika fuqarolari bo‘lishga qaramasdan turli choralar ko‘rmoqda.

Agentlik matbuot xizmati jurnalistlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bosim o‘tkazishdan tashqari mediaguruhning moliya ishlariga xalaqit qilish holatlari ko‘payganini ma’lum qildi.

“2019 yilning oktabr oyi oxirida xalqaro bank guruhlarining eston filiallari “Rossiya segodnya” XAAning Sputnik Estoniya xodimlariga maosh o‘tkazmalari, ofis ijarasi uchun soliq to‘lovlari va ijara to‘lovlarini muzlatib qo‘yishdi. Agentlik murojjat etgan Estoniyaning boshqa banklari ham ushbu operatsiyalarni o‘tkazishdan bosh tortdi. Bularning hammasi pul o‘tkazmalar Sputnik᾽ning Estoniyadagi qariyb to‘rt yillik faoliyati davomida mahalliy banklarda savol tug‘dirmagan vaqtda ro‘y bermoqda”, - deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, bank tuzilmalariga va Sputnik᾽ning Estoniyadagi kontragentlariga bosim Estoniya Respublikasi politsiya departamenti va chegara xizmatining davlat “Pul yuvish to‘g‘risidagi ma’lumotlar burosi” (RAB) tomonidan o‘tkazilmoqda.

Mikrofon v studii radio Sputnik - Sputnik O‘zbekiston
Britaniyaning Guardian nashri Sputnik᾽dan uzr so‘radi

“Hozirda “Rossiya segodnya” XAAning barcha tranzaksiyalari Estoniyadagi kontagentlariga (xodimlarga maosh, soliq nazorati, ijaraga beruvchi) mahalliy banklarning hisoblarida bloklanib, muzlatib qo‘yilmoqda – kontragentlarning hisob raqamiga o‘tkazilmayapti va “Rossiya segodnya” XAAga qaytib kelmayapti. Sputnik᾽ning Tallindagi ofis ijaraga beruvchisi tahririyat rahbarini ijara shartnomasi bir tomonlama bekor qilinishi haqida xabardor qilgan”, - deyiladi xabarda.

Hozirgi kunda Estoniya hududida Sputnik axborot agentligi va radiosi ofisi joylashgan yagona Boltiqbo‘yi respublikasi sanaladi.  Agentlikda 35 nafar xodim ishlaydi, shulardan 33 nafari Estoniya fuqarolari. Ular belgilangan tartibda  “Rossiya segodnya” XAA bilan mehnat shartnomasini tuzilgan. Agentlikning har oylik Estoniya budjetiga soliq to‘lovi qariyb 30 ming yevroni tashkil etadi.

Yangiliklar lentasi
0