Niyat uchun ayblash – bu g‘alati. Moskva PASEdagi vakolatini himoya qildi

Rossiya delegatsiyasi qaytib kelgan Yevropa Kengashi Parlament assambleyasining (PASE) qishki sessiyasi janjal bilan boshlandi. Nega Yevropa Kengashi provokatsiyalarga taslim bo‘lmadi, batafsil - maqolada.
Sputnik

TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. Galiya Ibragimova. Rossiya delegatsiyasi qaytib kelgan Yevropa Kengashi Parlament assambleyasining (PASE) qishki sessiyasi janjal bilan boshlandi. Boltiqbo‘yi mamlakatlari va Ukraina Moskvaning vakolatlarini cheklashni taklif qildi, ammo urinish muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Nega Yevropa Kengashi provokatsiyalarga taslim bo‘lmadi, RIA Novosti o‘rgandi.

Bashorat qilib bo‘lmaydigan ish tartibi

Mojaro Litvadan bo‘lgan deputat Zingeris Emanuelisning nutqi bilan boshlandi. Strasburgda uchrashuv boshlanishi bilan u milliy delegatsiyalarning ish tartibini qayta ko‘rib chiqishni va Rossiyaning vakolatlarini cheklashni taklif qildi. Buning sababi topildi: Zingerisning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya hukumati Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudining qarorlarini bajarmayapti.

Rossiya YeKPAga qaytmoqda – video

Ukraina delegatsiyasi ham jim o‘tirmadi. Kiyevning xavotiri Rossiyada boshlangan konstitutsiyaviy islohot tufayli yuzaga keldi. “Yevropa birdamligi” partiyasi a’zosi Aleksey Goncharenko Vladimir Putinning Rossiya qonunlariga xalqaro huquqdan ustuvorligini berish to‘g‘risidagi taklifini tahdid deb baholadi. Agar ushbu o‘zgartirish asosiy qonunga kiritilsa, unda Moskva Inson xuquqlari bo‘yicha Yevropa sudi (IHES) ning barcha qarorlarini bajarishdan bosh tortadi, deb taxmin qildi ukrainalik deputat.

Latviya parlamenti deputati Mariya Golubeva Qrim vakillarining Rossiya delegatsiyasi tarkibida bo‘lishiga qarshi chiqib, Yevropa Kengashidagi (YeK) yarimorolni Ukraina hududi deb hisoblashda davom etilishini asos deb ko‘rsatdi. Va shunga ko‘ra, qrimliklarning Strasburgga kelishi noqonuniydir. Golubeva Qrim aholisining Rossiya hududida o‘tkazilgan federal va parlament saylovlarida ishtirok etishidan ham g‘azablandi.

Boltiqbo‘yi mamlakatlari delegatsiyalarining da’volari yakuniy qarorni qabul qiladigan kuzatuv komissiyasiga yuborildi. PASE prezidenti Lilian Mori Paskye ham delegatsiyalarning hammasi ham vakolatlari uzaytirilmashini istisno qilmadi. Ammo: “Bu bashorat qilib bo‘lmaydigan ish tartibi”.

Asossiz da’volar

Rossiya delegatsiyasining rahbari, Davlat dumasi vitse-spikeri Potr Tolstoy, agar Rossiyaga nisbatan biron bir cheklovlar qo‘yilsa, parlament a’zolari qishki sessiyani tark etishini aytdi. “Umid qilamanki, aqli raso odamlar bunday qarorlarni qabul qilishmaydi”, - dedi u.

Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartishlar Rossiyaning IHES hukmlarini amalga oshirishga qanday ta’sir qilishi haqidagi munozaralarni, Tolstoy muddatidan oldin deb atadi. “Rossiyani asosiy qonunga hali kiritilmagan, endigina jamiyatda muhokama qilinayotgan o‘zgarishlar uchun ayblashmoqda. Bu g‘alati”, - dedi Rossiya delegatsiyasi rahbari.

Qaram odamlar. PASE sessiyasini bir necha delegatsiyalar nega tark etdi - ekspert fikri

Tolstoy Qrim deputatlarining Rossiya delegatsiyasidagi ishtirokini qonuniy deb atadi va bu huquq mustahkamlangan Yevropa Kengashi Venetsiya komissiyasining xulosalariga asoslandi. “Men bunday da’volar uchun na huquqiy, na siyosiy sabablarni ko‘rapman. Asos bo‘lmasa ham, ular har qanday bahonaga yopishmoqdalar”, - dedi Tolstoy.

Natijada, PASE kuzatuv komissiyasi nihoyat uning nuqtayi nazariga rozi bo‘ldi. Litva va Latviya qo‘zg‘atgan mojaroning ertasi kuni Rossiya vakolatlari to‘liq tasdiqlandi. Bundan tashqari Piter Tolstoy ko‘pchilik ovoz bilan PASE vitse-spikeri etib saylandi.

Rossiyaning badallarisiz qolib ketish xavfi

Yaqinda Rossiyaning PASE ishidagi ishtiroki to‘liq tiklanganligini hisobga olgan holda, Davlat dumasi delegatlari yangi cheklovlar qo‘llanmasligiga umid qilishgan. O‘tgan bahorda, milliy delegatsiyalarning aksariyati tashkilotning ishida Moskvaning huquqlarini tiklanishiga rozilik bildirdi. PASEning Venetsiya komissiyasi Qrim va Donbass bo‘yicha kelishmovchiliklar ovoz berish huquqini cheklay olmasligini tasdiqladi.

Kuzgi sessiyaga Rossiya delegatsiyasi to‘liq tarkibda keldi. Bunda yig‘ilish Yevropa Kengashining yetmish yilligiga to‘g‘ri keldi. Biroq, tantanali tadbirlar Ukraina, Litva, Estoniya va Gruziya delegatsiyalarining Rossiyaning ovoz berish huquqlarini qaytarib berilishini qoralagan va qo‘shma bayonot bergani bilan ajralib turdi. Hujjat hisobga olindi, ammo bu Moskva vakolatlariga ta’sir qilmadi. Kiyev, noroziligi sifatida, PASE sessiyasida qatnashishdan bosh tortdi.

Tashkilot bu qarorni qayta ko‘rib chiqmadi, chunki iyul oyida Rossiya Yevropa Kengashiga 2019-yilda a’zoligi uchun badalni to‘liq to‘ladi. Moskva avvalgi ikki yil uchun badalni, u PASE ishida qatnashmagan bo‘lsa xam to‘ladi. Mablag‘ yetishmovchiligini boshidan o‘tkazayotgan tashkilot uchun bu muhim hissa bo‘ldi.

Rossiyaning yo‘qligi paytida, PASE bir nechta infratuzilmaviy loyihalarini, konferensiyalar va davra suhbatlaridan bosh tortdi, xodimlarning ish haqini qisqartirishga majbur bo‘ldi. Yevropa Kengashining qarorgohi ta’mirlanishi xam noaniq muddatga kechiktirildi. Sharqiy Yevropa va Ukraina mamlakatlari bir necha bor a’zolik badallari miqdoridan ko‘proq to‘ladilar, ammo bu tashkilotga ko‘p ham yordam bermadi.

Rossiya qabul qilinishi bilan yetti mamlakat PASEni tark etdi

Nizom buzilishlari

“PASE Rossiyaga nisbatan da’volari har doim siyosiy tusga ega bo‘lgan. Ular Rossiya Konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgarishlardan qo‘rqishadi, garchi ushbu masala bo‘yicha muhokamalar bizning mamlakatimizda endigina boshlangan bo‘lsa ham. Bundan tashqari, Yevropa Kengashiga a’zo ko‘plab davlatlarning Konstitutsiyalari milliy qonunchilikning asosiy roli to‘g‘risidagi qoidalarni allaqachon belgilab qo‘ygan. Masalan, Germaniyada, inson huquqlari bo‘yicha Yevropa konvensiyasi bilan bog‘liq ratifikatsiya to‘g‘risidagi qonun, federal maqomga ega, ya’ni Konstitutsiya Berlinning hujjat oldidagi majburiyatlaridan yuqori”,  - dedi RIA Novostiga Federatsiya Kengashi Xalqaro aloqalar bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Konstantin Kosachov.

Kosachovning fikricha, PASEning asosiy kamchiligi shundaki, ko‘p delegatsiyalar muhokama qilingan muammolarning mohiyatini ohirigacha tushunmaydilar va inersiya bilan ovoz bermoqdalar.

“Ko‘pgina milliy delegatsiyalar mahalliy ommaviy axborot vositalarida o‘qiganlari ta’siri ostida biron bir mamlakat yoki muammo haqida fikr yuritadilar. Shundan kelib chiqadiki, ular afsonalar va tahdidlarning simulyatsiyalariga ko‘proq munosabat bildiradilar. Ularni biron narsaga mazmunan ishontirish qiyin. Shuni deb muhim siyosiy muammolarni hal qilinishi  PACYeda “omi” ko‘pchilikning qo‘lida garov bo‘lib qolyapti”, - deb u o‘z fikrlarini bildirdi.

Rossiya delegatsiyasi PASE sessiyasida qatnashishdan voz kechdi

Xalqaro huquq mutaxassisi, Moskva davlat yuridik akademiyasining o‘qituvchisi Artur Gulasaran RIA Novosti agentligiga, PASE tartibi qoidalariga binoan, agar ular qo‘pol ravishda buziladigan bo‘lsa, delegatsiyalarning vakolatlari shubha ostiga qo‘yish mumkinligini aytdi.

“YeK nizomi PASEga a’zolarning huquqlarini mustaqil ravishda cheklash vakolatini bermaydi. Bu borada asosiy rol Yevrokomissiya vazirlari qo‘mitasi zimmasiga yuklangan. Bundan tashqari, Vazirlar qo‘mitasining PACE bilan maslahatlashuvi tartibi ko‘zda tutilgan. Milliy delegatsiyalar vakolatlarini bir tomonlama ravishda cheklash, nizom qoidalarini buzish ekanligi ayon bo‘ladi”, - deya tushuntirdi huquqshunos.