Yevropa Kengashi Parlament assambleyasi Rossiya delegatsiyasini iyun oyidagi sessiyada ishtirok etishga taklif qildi.
Ukraina, Gruziya, Buyuk Britaniya va Boltiq bo‘yi mamlakatlari tomonidan bo‘lgan qarshiliklarga qaramasdan yevropaliklar tegishli rezolyutsiyani qabul qilishdi.
Rossiya Davlat dumasi spikeri Vacheslav Volodin rezolyutsiya bo‘yicha tortishuvlar “uzoq muddat” davom etganini ma’lum qildi.
Delegatsiya rahbari, Davlat dumasi vitse-spikeri Potr Tolstoyning so‘zlariga ko‘ra, YeKPA a’zolari dushanba kuni rezolyutsiyani qabul qilishni cho‘zish maqsadida ko‘rib chiqish uchun 200 dan ziyod tuzatishlar kiritgan “Ukraina va Buyuk Britaniya delegatlarining asirlari bo‘lishgan”.
Yevropa Kengashi Parlament assambleyasida Moskvaning huquqlari tiklangani sababli Kiyev o‘zining Yevropa Kengashidagi elchisini chaqirtirib oldi. Ukraina tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkin “Kengash bizning ishonchimizni yo‘qotdi va bu ishonchni tiklash juda qiyin bo‘ladi”, deya bayonot berdi.