Rossiya qabul qilinishi bilan yetti mamlakat PASEni tark etdi

© Sputnik / Vladimir FedorenkoZal zasedaniy Parlamentskoy assamblei Soveta Yevropi (PASE)
Zal zasedaniy Parlamentskoy assamblei Soveta Yevropi (PASE) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ko‘pchillik ovoz bilan Rossiya PASEga qabul qilinganidan so‘ng, Ukraina, Estoniya, Gruziya, Latviya, Litva, Polsha va Slovakiya delegatsiyalari PASEni tark etishdi.

TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. Bugun Yevropa parlamentlararo assambleyasida tarixiy kun bo‘ldi, ko‘pchillik ovoz bilan Rossiya yana qaytadan PASEning to‘laqonli a’zosiga aylandi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

“Bugun bizning bu yerga kelishimiz, ramziy ma’noda Rossiyaning Yevropaga uzatilgan qo‘lidir, uni siqish yoki undan voz kechish sizlarning ishingiz. Agar uni qabul qilsangiz biz shu yerda qolib jiddiy muammolarni muhokama qilishga tayyormiz, agar undan voz kechsangiz, biz yana qaytib ketishimiz mumkin”, - dedi Rossiya delegatsiyasi rahbari Petr Tolstoy.

Shundan so‘ng bo‘lib o‘tgan ovoz berishda Rossiyaning PASEda  qolishi uchun 116 nafar deputatlar “Ha” deb javob berdi, qarshi bo‘lganlar soni esa 62 nafar bo‘ldi. Shu bilan Rossiya yana PASEning to‘laqonli a’zosiga aylandi.

PASE majlislar zali - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya delegatsiyasi PASE sessiyasida qatnashishdan voz kechdi

Ovoz berishdan so‘ng, mutlaq mag‘lubiyatga uchragan Ukraina delegatsiyasi PASEni tark etdi. Ularga hamnafas bo‘lgan Estoniya, Gruziya, Latviya, Litva, Polsha va Slovakiya delegatsiyalari ham zalni tark etishdi.

Ma’lumki, so‘nggi ikki kun davomida  Ukraina delegatsiyasi ushbu ovoz berishga qarshi bo‘lib, uni orqaga surishga, deputatlarni o‘zlari tomonga og‘dirishga, turli yo‘llar bilan deputatlarga bosim o‘tkazishga harakat qilgan edi, lekin bularning barchasi ish bermadi.

Eslatib o‘tamiz, bundan besh yil oldin Ukraina va bir qator g‘arbiy mamlakatlar PASEda Rossiya delegatsiyasining vakolatlarini cheklashga da’vat qilishgan va ushbu taklif ko‘pchillik tomonidan qo‘llab-quvvatlangan edi. Shundan so‘ng Rossiya delegatsiyasi ushbu tashkilotni tark etgan edi. 

Yangiliklar lentasi
0