Rusofobiya va antisemitizm qo‘l ushlashib kelmoqda - ekspert

27 yanvar - Xolokostni xotirlash kuni, u 2005-yilda BMT Bosh assambleyasining rezolyutsiyasi bilan ta’sis etilgan.
Sputnik

Isroilda bir qator tadbirlar bo‘lib o‘tdi, xususan, "Xolokost xotirasini saqlaymiz, antisemitizmga qarshi kurashamiz" xalqaro forumi. Polsha va Boltiqbo‘yi davlatlarining prezidentlari bu tadbirga tashrif buyurish orqali o‘z hurmatini bajo keltirmaganlari ajablanarli emas, Ukraina prezidenti Zelenskiy Isroilga uchib kelgan bo‘lsada, Butunjahon Xolokost Forumida qatnashmadi. Gap bu yerda ushbu mamlakatlarga xos antisemitizmda emas.

Asirlar Ukraina maxsus xizmatlarining qiynoqlari haqida so‘zlab berishdi

Polyaklar va pribaltlar birdamligi, shuningdek ularga yaqin bo‘lgan Ukraina pozitsiyasi, avvalambor ularning tarixga bo‘lgan munosabati bilan izohlanadi. Bu davlatlarning barchasi rusofobiya bilan zaharlangan va shu asnoda ular fashistlar Germaniyasining mag‘lubiyatini bitta okkupatsiyani boshqasiga - nemisnikidan sovetnikiga o‘zgarishi bilan izohlashga harakat qilmoqdalar. "Ikki frontda urush" haqidagi tezis, "ikki totalitar rejimga qarshi" Varshava va Vilnyus, Riga va Tallinni, shuningdek ularga qo‘shilgan Kiyevni birlashtiradi.

Shubhasiz, savol tug‘ilishi mumkin: Xolokostning bunga nima aloqasi bor, ya’ni fashistlar tomonidan yahudiylarning ommaviy qirg‘in qilinishi? Ular urushda qatnashgan xalqlarning tarixiy xotiralarida qanday ishtirok etadilar?

Xolokost tarixni qayta yozishga ruxsat bermaydi

Gap shundaki, afsonaviy "sovet okkupatsiyasi" xotirasi radikal millatchi mafkurani tan olgan Polsha, Boltiqbo‘yi va Ukraina rusofoblarini birlashtirganidek, Xolokost urushning haqiqiy xotirasini sharaflaydigan odamlar va davlatlarni birlashtiradi.

SSSRning natsizm ustidan qozongan g‘alabasidan AQSh va Yevropaliklarning xabari yo‘q

Yahudiylar Yovuzlik o‘qi yoki Birlashgan Millatlar Tashkilotining fuqarolari bo‘lishidan qat’i nazar, ular armiyada xizmat qilganmi yoki yo‘q qat’i nazar o‘ldirilgan. Ular jinsi va yoshidan qat’i nazar o‘ldirilgan va yahudiylar butun Yevropada yashaganligi sababli, hamma joyda o‘ldirilgan. Natsistlar boshqaruvi atigi bir necha kun ham o‘rnatilgan har bir mamlakatda qurbonlar bor.

Ikkinchi Jahon urushining ba’zi voqealarini talqin qilish har bir mamlakatda har xil bo‘lishi mumkinligiga qaramay (masalan, inglizlar uchun Dunkirkni evakuatsiya qilish Stalingrad jangidan ko‘ra muhimroq), barchaning Holokostga munosabati bir hil. Urush g‘oliblari va yutqazganlar munosabatida ham farq yo‘q. Ushbu fojia, tarixni to‘liq o‘zgartirishni istaganlarga yo‘l qo‘ymaydi.

Ammo Boltiqbo‘yi davlatlarida, Varshava va Kiyevda hukmronlik qilayotgan rejimlar o‘z nasl-nasablarini Polsha va Boltiqbo‘yi davlatlarining urushdan oldingi rejimlariga, shuningdek Ukrainadagi banderachilarga tenglashtirmoqdalar. Bu rejimlarning barchasi Gitler bilan birdamlandilar. Bu rejimlarning barchasi rusofobiyadan aziyat chekmoqda, hamma "Sovet okkupatsiyasi" g‘oyasini ilgari surmoqda, barchasi (kimdur rasmiy, kimdur yarim rasmiy), nimagadur Rossiya ularga bu "okkupatsiya" uchun tovon puli to‘lashi kerak deb hisoblashadi.

Urush xotirasi ushbu rejimlarning mafkuraviy asosini buzadi. Ayniqsa Xolokost xotirasi. Sovet va Germaniya totalitarizmi o‘rtasidagi farq yo‘qligi mavzusida uzoq vaqt davomida har qancha bahslashish mumkin, ammo Xolokostga boshiz urilgunga qadar. Aslida natsistlar butun dunyoda yahudiylarni qirib tashlashga harakat qilganlar, SSSR esa ularni qutqardi.

O‘tmishni unutish kelajakdagi fojialarga olib keladi

Bundan tashqari, Xolokost tarixiga qiziqqan har qanday kishi fashistlarning konslagerlari tarixiga darhol cho‘kib, urush oxiriga kelib yahudiylar allaqachon ularda bo‘lgan asirlarning oz qismini tashkil etganliklarini aniqlaydi (chunki ularning ko‘pchiligi darhol yo‘q qilingan).

RF ShHT davlatlariga natsizm ustidan qozonilgan g‘alaba maqomi to‘g‘risida taklif kiritmoqchi

Vijdonli tadqiqotchi, Xolokostdan boshlashi bilanoq, natsistlar rejimining nafaqat antisemitizm, balki odamzodga qarshi mohiyati haqida tez xulosaga keladi. SSSRga qarshi ayblovlarning noto‘g‘riligi to‘g‘risida tushuncha paydo bo‘ldi, chunki Sovet Ittifoqi Yevropa xalqlarini jigarrang vabodan qutqardi. Ozod qiluvchi va xaloskor okkupant bo‘la olmaydi. U qotil bilan tenglasha olmaydi.

Shuning uchun natsizm ustidan qozonilgan g‘alabada SSSRning rolini tan olishni istamagan odamlar va davlatlar doimo Xolokost xotirasini o‘chirishga harakat qilishadi. Bu natsizmning eng dahshatli va eng ochiq jinoyatlaridan biridir va g‘olibning qutqaruvchi sifatida tutgan o‘rni ham bu yerda ravshan.

Tarixiy amneziya, rusofobiya va antisemitizm bir-birini qo‘lini ushlab, bir-birini to‘ldirishadi.

Shu sababli, Vladimir Putin Isroilda BMT Xavfsizlik Kengashiga a’zo bo‘lgan besh mamlakat rahbarlarining jahon xavfsizligi masalalarini muhokama qilish uchun uchrashuv o‘tkazishni taklif qilgani mantiqan to‘g‘ri. “O‘tmishni unutish, tahdidlar oldida har tomonga tarqalish - dahshatli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Biz nafaqat uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri aytishga, balki dunyoni himoya qilish uchun hamma narsaga tayyor bo‘lish uchun jasoratli va shijoatli bo‘lishimiz kerak ", deb ta’kidladi Rossiya prezidenti.