Yo‘lda muzlab qolishi mumkin bo‘lgan 18 kishiga yordam ko‘rsatildi

Jizzaxda qorning ko‘p yog‘ishi tufayli yo‘lda qolib ketgan avtobus va yengil avtomobillar yo‘lovchilariga yordam ko‘rsatildi va ko‘ngilsiz holatni oldi olindi.
Sputnik

TOShKENT, 16 dek — Sputnik. Jizzaxda qorning ko‘p yog‘ishi oqibatida yo‘lda qolib ketgan 18 kishiga yordam ko‘rsatildi.

Termizda ikki bola uyda qulflanib qoldi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, 14-dekabr kuni viloyat boshqarmasining navbatchilik qismiga “G‘allaorol-Qo‘ytosh 4R” yo‘lining 42-kilometrida qorning ko‘p yog‘ishi oqibatida avtobus va yengil avtomobillar yo‘lda qolib ketganligi to‘g‘risidagi xabar kelib tushgan.

Viloyat FVB qutqaruv guruhi zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan.

Qayd etilishicha, olib borilgan tezkor harakatlar natijasida “ISUZU” rusumli avtobus, “Cobalt” va  “Volga” rusumli yengil avtomobillar salonidagi 18 nafar fuqaro evakuatsiya qilindi.