TOShKENT, 25 okt - Sputnik. Maksim Fadeyev xonanda Nargizning Alla Dovlatova ishtirokidagi kechki shouda bergan oxirgi intervyusiga izoh berdi.
Produser so‘zlariga ko‘ra, hech kim hech kimdan ketgan emas, aksincha, Fadeyevni shaxsan o‘zi Nargizni leybldan haydab solgan.
"U shartnoma tuzgan edi. Shartnoma ikki yilga mo‘ljallangandi. Hech kim mendan ketgan emas, aksincha, men u biz bilan ishlashini xohlamadim. Yaratiluvchi hamisha o‘z yaratuvchisini yomon ko‘radi: uning ko‘zlariga qarab, o‘zining haqiqiy qiymatini anglaydi", - dedi Fadeyev.
Maksim Fadeyev Zokirova bilan hamkorlik yana ikki yilga cho‘zilishi mumkinligini, ammo xonandaning o‘zi uni keskin choralar ko‘rishga majbur etganini tan oldi.
"Men shartnomani uzmasligim mumkin edi, biroq hamkorlikni to‘xtatish qarorini qabul qildim", - deb ta’kidladi leybl asoschisi.
Sal oldin qo‘shiqchi Nargiz Zokirova YouTube xostingida Alla Dovlatova ishtirokidagi kechki shouda ishtirok etdi va Maksim Fadeyev bilan o‘rtalaridagi munosabat haqida so‘zlab berdi.
Xonanda so‘zlariga ko‘ra, Fadeyev bilan besh yillik faoliyatni go‘yoki "qamoqda kechganga" qiyoslash mumkin, ayni damda esa Nargiz hayoti pozitivga limmo-lim, ijod ham qaynamoqda.
Joriy yil avgust oyida Nargiz Zokirova o‘z Instagramida Maksim Fadeyev bilan o‘rtalarida tuzilgan shartnoma 2019-yilning 12-avgust sanasidan rasman bekor qilingani haqida yozgan edi.
Endilikda san’atkor produserga tegishli musiqiy asarlarni ijro eta olmaydi, MALFA produserlik markazi esa avgust oyiga rejalashtirilgan konsert turi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishdan bosh tortmoqda.