TOShKENT, 12 sen - Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari O‘zbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimigaVazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan Nozim Xusanov nomzodini ma’qulladilar. U bunga qadar Toshkent shahri Sergeli tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Sherzod Kudbiyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlanganligi munosabati bilan ushbu lavozim vakant bo‘lib turgan edi.
Nozim Xusanov mutaxassisligi bo‘yicha muhandis-iqtisodchi, bank ishi, xalqaro iqtisodiy munosabatlar bo‘yicha yo‘nalishlarda tahsil olgan. 1997-yilda Toshkent avtomobil-yo‘llar instituti (kunduzgi), 2002-yilda Toshkent moliya instituti (sirtqi), 2007-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida magistraturada tahsil olgan.
Turli yillarda bosh buxgalter, turli banklarda bosh mutaxassis, boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan.
2004-2005 yy Toshkent shahar Markaziy bank bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan
2005-2010 yy O‘zbekiston Markaziy bank emissiya kasaa operatsiyalari departamenti direktori o‘rinbosari
2010-2011 yy Toshkent viloyati Markaziy bank bosh boshqarmasi boshlig‘i
2011-2013 yy O‘zbekiston Markaziy banki raisi o‘rinbosari
2013-2014 yy Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari
2014-2016 yy "Mikrokreditbank" OAT bank boshqaruvi raisi
2016-17 yy Toshkent shahar hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmatlar sohasi va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
2017-18 yy Toshkent shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari
2018 yilda Sergeli tumani hokimi vazifasida faoliyat yuritgan.
2019 yilda O‘zbekiston prezidenti tomonidan "Sodiq xizmatlari uchun" medali bilan taqdirlangan.
Sergeli tumani hokimi lavozimida tumanda ko‘pgina ijobiy ishlarni amalga oshirgani bilan yodda qolgan.