O‘zbekistonning quruqlikdagi porti: Navoiy EIZ buguni va kelajagi haqida

Joriy yil fevral oyida "Navoiy" EIZga direktor etib tayinlangan, kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan Rossiya fuqarosi - Habib Abdullayev Sputnik muxbiri bilan suhbatda  O‘zbekistonning quruqlikdagi porti buguni va kelajagi haqida gapirdi
Sputnik

Abdullayev 1967 yil 6-iyulda Moskva shahrida tug‘ilgan. MGIMOning "Iqtisodiyot va investitsiyalash" kursini tamomlagan. Moskvadagi Rikor texnoparkining Bosh direktori. RFdagi o‘zbek milliy-madaniy avtonomiyasi raisi, "O‘zbegim" gazetasining nashriyotchisi.

Rossiya Iqtisodiy rivojlanish Vazirligining OAJ "Osobie ekonomicheskie zoni" rezidentlari bilan ishlash boshqarmasining boshlig‘i bo‘lib ishlagan. RF Nashriyot Vazirligi korxonalarida, AFK "Sistema" va boshqa tashkilotlarda 25-yillik rahbarlik ish tajribasiga ega.

- Habib Po‘latovich, fevral oyida sizga "Navoiy" EIZ boshqaruvi ishonib topshirildi. Taassurotlaringiz qanday? Va umuman, investitsiya kiritish jihatdan bugun O‘zbekiston haqida nima deya olasiz? U biznes tashkil etish uchun qulay mamlakatga aylandimi? 

- Bu yerda ishlash, albatta, qiziq. Chunki, professional faoliyatingizda nimadir sizga bog‘liq bo‘lsa, shundan yaxshiroq motivatsiya bo‘lmasa kerak va bunday holatda "tutab" qolmaysiz. IEZda ishlash sohasida ma’lum tajribaga ega bo‘lganim uchun, ko‘plab yaxshi loyihalarni hayotga tatbiq eta olaman, deb o‘ylayman. Nega deganda, hozir shunga asos bo‘laoladigan shart-sharoitlar yaratilgan.

Navoiy viloyatida G‘ozg‘on shahar hokimligi tashkil etiladi

Umuman olganda, O‘zbekistonda hozir investitsiyaviy muhit juda qulay, shu bois, vaziyat shiddat bilan ijobiy tomonga o‘zgarib boradi, degan fikrdaman. Kuzatuvlarimiz ham taraqqiyot jadal borayotganini ko‘rsatmoqda. Misol uchun, hammaga ma’lumki, bir necha yil ichida O‘zbekiston Doing Business reytingida katta sakrashni amalga oshirdi va bu hali boshlanishi. Hech mubolag‘asiz aytish mumkin-ki, ko‘rsatkichlari eng yaxshi bo‘lgan davlatlar 30taligidan ham o‘rin olishimiz mumkin. Albatta, biz o‘z ko‘rsatkichlarimizni, pozitsiyamizni yaxshilashimiz kerak bo‘lgan boshqa indekslar ham bor. Bu borada, ma’lumki, davlat rahbarining maxsus farmoni ham chiqqan. Ya’ni biz bugun o‘z oldimizga katta marralarni qo‘yganmiz.

Ko‘pincha, biror reytingga tushishga harakat qilish kerakmi, deydiganlar ham topiladi. Bu indekslar, reytinglar - real holatni aks ettiradi-ku. Agar real hayotda yaxshi tomonga o‘zgarishlar yo‘q ekan, reytinglarda ham yuqori pog‘onalarga ko‘tarilish imkoni bo‘lmaydi. Reytinglar bo‘yicha ishlashimiz kerak, bu muhim. Chunki aynan shu holat investitsiyaviy muhitga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va shu orqali biznes yuritishda real shart-sharoitlar ham yaxshilanadi. Albatta, bu kompleks vazifalardir. O‘z oldimizga qo‘ygan maqsadlarga erishish muay’an bir idoraga bog‘liq emas. Buning uchun davlat ijro organi, qonun chiqaruvchi organ va sud hokimiyati xuddiki zo‘r orkestr misoli uyg‘un holatda ishlashi kerak. 

Aytmoqchiman-ki, IEZdagi faoliyatni mamlakatda yaratilgan shart-sharoitlardan alohida olib qarab bo‘lmaydi. Agar mamlakatda investitsion muhit yaxshi bo‘lsa, demak IEZdagi ish ham ancha samarali tashkil etilishi mumkin.

- "Navoiy" IEZdagi holat hozir qanday? U qanday ustuvorlikka ega?

- Agar "Navoiy" erkin iqtisodiy zonasini alohida "keys" sifatida olib qaraydigan bo‘lsak, albatta, uning investitsiyaviy jozibadorligi nihoyatda katta, u alohida maqomga ega va bu uni respublikadagi boshqa IEZlardan ajratib turadi. Xususan, bojxona va soliq to‘lovlari misolida investorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan. "Navoiy" EIZga keladigan investorlar bugun "maosh" soliqlaridan tashqari hech qanday soliq to‘lamaydilar.  Ular bojxona bojlari va bojxona QQSlaridan ham ozod etilgan. Faqat ichki bozordagi savdoda ular QQS to‘lashlari kerak bo‘ladi.

Ilg‘or texnologiyalar va keng imkoniyatlar: O‘zbekistondagi birinchi EIZ hayotidan reportaj

EIZ jozibadorligi bular bilan chegaralanmaydi. Masalan, investor loyihasi muay’an mezonlarga mos bo‘lsa (eskportga, O‘zbekistonda import qilinayotgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga, innovatsion ishlab chiqarish yoki yuqori texnologiyali ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan bo‘lsa), regionning qaysi nuqtasida joylashishidan qat’iy nazar unga EIZ ishtirokchisi maqomi beriladi. Bu xom-ashyo manbasiga bog‘langan loyihalar uchun katta ahamiyatga ega. Navoiy viloyati foydali qazilmalarga boy region. Shunday ekan, investorlarning xom-ashyo manbaiga yaqin bo‘lgan hududda - karyer yoki tog‘-konlarda o‘z ishlab-chiqarishini tashkil etish va shu bilan birga EIZ ishtirokchisi sifatida imtiyozlar paketiga ega bo‘lishi - bu inqilobiy o‘zgarish. U mutlaqo boshqacha imkoniyatlarga yo‘l ochadi.

Bundan tashqari, Navoiy viloyatining yana bir alohida xususiyatlaridan biri, bu yerga keladigan investorlar malakali kadrlar muammosiga duch kelmaydilar. Viloyat dastavval sanoat yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan bo‘lgani uchun, kadrlarni tayyorlash tizimi jihatdan u katta amaliy tajribaga ega. Bu sanoat tipidagi investorlar uchun ahamiyatli, albatta.

- Investorlarni jalb qilish masalasi ko‘tariladigan bo‘lsa, O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi boshqa mamlakatlar, deylik Qozog‘iston bilan solishtirish boshlanadi va bu masala ko‘pincha qizg‘in munozaralarga sabab bo‘ladi. Siz bu borada qanday qikr bildirgan bo‘lardingiz?

- Nima deyishim mumkin, to‘g‘ri, Qozog‘iston ham investitsiyalar uchun jozibador mamlakat. Lekin gap bu yerda bizning Qozog‘iston bilan investitsiyalar uchun kimo‘zar o‘ynashimiz haqida emas. Shunchaki, shunday loyihalar borki, undagi maqsadlarga ko‘proq Qozog‘iston joylashuvi mos keladi, xuddi shunday, O‘zbekistonda tashkil etilsa, qulay bo‘ladigan loyihalar bor. 

Misol uchun, "Navoiy" EIZning jo‘g‘rofiy va logistika jihatdan joylashuvi juda qulay. Ya’ni, investor korxonani Navoiyda joylashtirib, bir yo‘la beshta davlat bozoriga o‘ziga yo‘l ochishi mumkin. Va bu bizning eng katta ustun jihatlarimizdan biridir. Bu balandparvoz gap emas, lekin Navoiy haqiqatan logistika ma’nosida, yo‘llar chorrahasida joylashgan. Ya’ni, O‘zbekistonning shimoliy tumanlariga, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Afg‘oniston va o‘sha, siz aytgan Qozog‘istonga yuklarni yetkazib berish ma’nosida ishlab chiqarishni Navoiy hududida tashkil etish - eng optimal yechimlardan biri bo‘ladi.

O‘zbekistonning quruqlikdagi porti: Navoiy EIZ buguni va kelajagi haqida

Navoiy - o‘z joylashuvi jihatdan investorlarga transport harajatlarini ancha qisqartirib berish imkoniga ega.

Shu o‘rinda, aytishim kerak-ki, Navoiyni O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasining kattagina qismi o‘tadigan "quruqlikdagi port"ga aylantirish qarori ham bejiz emas. Uning noyob joylashuvi shu imkoniyatni bermoqda. Navoiyda ajoyib aeroport mavjud, yaqinda uning negizida multimodal markaz - ya’ni o‘ziga xos "transport xab" tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Navoiy - o‘ziga chegaradosh bo‘lgan davlatlar temir yo‘llari tarmog‘i bilan birlashtirilgan. Yaxshigina avtomobil yo‘llariga ega. Bularning barchasi Navoiy viloyatini ishlab-chiqarishlar joylashuvi nuqtayi-nazaridan juda istiqbolli joyga aylantiradi.

O‘zbekiston va Rossiya qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlikni kengaytirish rejasini tasdiqladi

- Investorlar hujjatlarni rasmiylashtirish borasida turli qog‘ozbozliklarga duch kelishi, burokratik to‘siqlar mavjud-mavjud emasligi borasida nima deya olasiz?

- Albatta, investorlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri imtiyozlar berilishidan tashqari, biznes yuritilishi jarayonini osonlashtirish borasida ham katta ishlar amalga oshirilmoqda. Litsenziya talablari soddalashtirilgan, hujjatlarni tasdiqdan o‘tkazish muddatlari qisqartirilgan. Burokratik to‘siqlarga barham berish jihatdan O‘zbekiston so‘nggi yillarda katta muvaffaqiyatlarga erishdi. 

- "Navoiy" EIZning Rossiya bilan hamkorligi qay darajada?

- Rossiya kompaniyalari erkin iqtisodiy zonadagi eng faol investorlardan hisoblanadi. RF texnologiyalarga boy davlat va u O‘zbekistonda mavjud joriy texnologik muammolarga tez, arzon va ta’sirchan yechimlar bera oladi. Gap bu yerda tuproq, suv sifati, energetik texnologiyalar haqida bormoqda. Qolaversa, hozir talab yuqori bo‘lgan maxsus texnikalar ham Rossiyada katta miqdorda ishlab chiqariladi.

O‘zbekistonning quruqlikdagi porti: Navoiy EIZ buguni va kelajagi haqida

Rossiyalik hamkorlar bilan 15ta loyiha ustida ishlayapmiz. Xususan, gaz schotchiklari, noruda materiallarni qayta ishlash uchun maydalash mashina(drobilka)larni ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, noruda foydali qazilmalarni qazib olish singari loyihalar shular jumlasidan. Shundan kelib chiqib, aytish mumkinki, O‘zbekiston va Rossiya hamkorligining istiqbolli va Navoiy viloyatida aynan Rossiya yaqin kelajakda birinchi raqamli sherikka aylanishi mumkin.

Ma’lumot o‘rnida: 2019-yilning 1-iyun holatiga "Navoiy" EIZ hududida 44 ta tadbirkorlik subyektlari tomonidan 191,2 mln. dollar (shundan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar - 56,4 mln. doll.) investitsiya kiritilgan.

Joriy yilning 1-iyun holatiga "Navoiy" EIZ hududida 23 ta tadbirkorlik subyektlari (shundan 15 tasi qo‘shma korxona) tomonidan qiymati 170,9 mln. dollar (shundan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar - 50,0 mln. doll.) bo‘lgan 32 ta loyiha amalga oshirilgan. Buning natijasida 2018-yil yanvar-dekabr oylari davomida 916,5 mlrd. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan (rejaga nisbatan 138,3%). 7,7 mln. dollarlik mahsulot eksport qilingan va 1,3 mingta ish  o‘rinlari tashkil qilingan.

"Tatneft" kompaniyasi "Angren" EIZda investitsion loyiha amalga oshirmoqchi

2019 yilning yanvar-may oylarida 505,1 mlrd. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,5 barobar o‘sishga erishilgan. 9,5 mln. dollarlik mahsulot eksport qilingan va rejalar ortig‘i bilan bajarilgan.

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 3 ta loyiha amalga oshirilib, natijada 2,9 mln. dollar investitsiya kiritilgan va 28 ta yangi ish o‘rni tashkil etilgan.

Shu bilan birga, "Navoiy" erkin iqtisodiy zonasida 25 ta tadbirkorlik subyektlari tomonidan qiymati 126,6 mln. dollar (shundan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar - 35,1 mln. doll.) bo‘lgan 25 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Loyihalar amalga oshirilishi natijasida 280,7 mln. dollarlik mahsulot ishlab chiqarish, 82,3 mln. dollarlik mahsulotni eksport qilish hamda yangi 1738 ta ish  o‘rinlari tashkil qilish ko‘zda tutilgan.