O‘zbekiston va Rossiya qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlikni kengaytirish rejasini tasdiqladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovOvoshi na Mejdunarodnoy vistavke "Uzbekistan na Shelkovom puti"
Ovoshi na Mejdunarodnoy vistavke Uzbekistan na Shelkovom puti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Joriy yilda yog‘li ekinlarni hamkorlikda eksperimental yetishtirish, Rossiyada boshoqli don ekinlarini ishlab chiqarish, O‘zbekistonda meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirishga alohida e’tibor beriladi.

TOShKENT, 4-iyun - Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya Qishloq xo‘jaligi vazirlari Jamshid Xodjayev va Dmitriy Patrushev tomonidan Qishloq xo‘jaligi sohasida o‘rta muddatli istiqboldagi ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi, deb xabar qildi O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati.

Premyer-ministr RF D. Medvedev - Sputnik O‘zbekiston
Medvedev: maqsadimiz - O‘zbekiston bilan tovar ayirboshlash hajmini 10 mlrd $ gacha yetkazish

Ikki yoqlama kelishuv Urganch shahrida Hukumat rahbarlari darajasidagi O‘zbekiston – Rossiya qo‘shma komissiyasining birinchi majlisida tasdiqlangan.

Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev sohani rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlar amaliy natijasini berayotganini ta’kidlar ekan, savdo hajmini oshirish, qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish va bu yo‘nalishda o‘zaro tajriba almashishga tayyor ekanligini bildirgan.

Ekinlar yetishtirish, qayta ishlash, saqlash va sotish, shuningdek, navlarini boshqarish oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash muhim ekanligi ta’kidlangan.

"Joriy yilda yog‘li ekinlarni hamkorlikda eksperimental yetishtirish, Rossiyada boshoqli don ekinlarini ishlab chiqarish, O‘zbekistonda meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirishga alohida e’tibor beriladi", - deyiladi xabarda.

Patrushev, o‘z navbatida, joriy yilning birinchi choragida O‘zbekiston-Rossiya o‘rtasidagi qishloq xo‘jaligi savdo hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,5 foizga oshib, 130 million AQSh dollarini tashkil etgani, bu esa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish hajmini oshirishga yordam beradigan mavjud "Yashil yo‘lak" tizimining samarali yo‘lga qo‘yilishi natijasida yuz berayotganini qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval, 2019-yil 19-fevral kuni Moskva shahrida O‘zbekiston-Rossiya Qishloq xo‘jaligi vazirlarining uchrashuvida  ishchi guruhi doirasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha rejalar tuzilgan edi.

 

Yangiliklar lentasi
0