Ilg‘or texnologiyalar va keng imkoniyatlar: O‘zbekistondagi birinchi EIZ hayotidan reportaj

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan chet el ommaviy axborot vositalari muxbirlari 20-iyun kuni "Navoiy" viloyatida tashkil etilgan erkin iqtisodiy zona faoliyati bilan tanishdilar

"Navoiy" EIZ - o‘n bir yil muqaddam O‘zbekistonda birinchi bo‘lib tashkil etilgan erkin iqtisodiy zonadir. Bu zona avvaliga Navoiy shahri yonida 564 gektar maydonni egallagan. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil may oyidagi farmoni bilan EIZ hududi butun Navoiy viloyati chegarasichaga kengaytirildi.

Zamestitel xokima Navoiyskoy oblasti Uktam Islamov - Sputnik O‘zbekiston
Navoiy viloyati - O‘zbekiston “Silikon vodiy”siga aylanadi

Joriy yil fevral oyida "Navoiy" EIZga direktor etib tayinlangan, kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan Rossiya fuqarosi - Habib Abdullayev Sputnik muxbiri bilan suhbatda EIZ imtiyozlari va afzalliklari haqida gapirdi.

"Navoiy EIZ bo‘yicha qabul qilingan may oyidagi prezident qarorini inqilobiy hujjat, deya baholash mumkin. Endi Navoiy EIZda biznes tashkil qilmoqchi bo‘lgan investorlar bu ishni oson va arzon yo‘lga qo‘ya oladilar. Agar ularning loyihalari eskportga, O‘zbekistonda import qilinayotgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan, innovatsion ishlab chiqarish, yoki yuqori texnologiyali ishlab chiqarish bo‘lsa investorlar Navoiy viloyatida istalgan hududda ishlab chiqarishni tashkil qilishi mumkin", - dedi EIZ direktori.

Abdullayev, o‘zi rahbarlik qilayotgan "Navoiy" EIZning O‘zbekiston iqtisodiyotidagi o‘rni haqida gapirar ekan, u "lokomotiv" vazifasini bajarmasa-da, ammo o‘ta jiddiy pilot loyiha, yetakchi loyiha ekanligiga urg‘u berdi.

O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan chet el ommaviy axborot vositalari muxbirlari 20-iyun kuni "Navoiy" EIZ direktori taklifi bilan viloyatida tashkil etilgan erkin iqtisodiy zona faoliyati bilan tanishdilar.

Sputnik muxbirining EIZ to‘g‘risidagi fotoreportajini e’tiboringizga havola qilamiz.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaO‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan chet el, xususan, Afg‘oniston, Eron, Qozog‘iston, Xitoy, Rossiya va Turkiya davlatlari OAV vakillari 20-iyun kuni "Navoiy" EIZ faoliyati bilan tanishdilar.
Proizvodstvo visokovoltnix kabeley v Navai SEZ - Sputnik O‘zbekiston
1/11
O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan chet el, xususan, Afg‘oniston, Eron, Qozog‘iston, Xitoy, Rossiya va Turkiya davlatlari OAV vakillari 20-iyun kuni "Navoiy" EIZ faoliyati bilan tanishdilar.
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova"Navoi Cable Connector" xorijiy korxonasi - Markaziy Osiyodagi eng zamonaviy va yuqori texnologiyalarga asoslangan zavodlardan biridir. U 2015-yil dekabrda faoliyatini boshlagan. Loyiha qiymati 30 million dollar.
Proizvodstvo visokovoltnix kabeley v Navai SEZ - Sputnik O‘zbekiston
2/11
"Navoi Cable Connector" xorijiy korxonasi - Markaziy Osiyodagi eng zamonaviy va yuqori texnologiyalarga asoslangan zavodlardan biridir. U 2015-yil dekabrda faoliyatini boshlagan. Loyiha qiymati 30 million dollar.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaKorxonada 1 kVTdan 400 kVTgacha bo‘lgan alyumin va mis simli yuqori kuchlanishga ega bo‘lgan kabellar ishlab chiqariladi. Zavodda 100 nafar ish o‘rni yaratilgan.
Proizvodstvo visokovoltnix kabeley v Navai SEZ - Sputnik O‘zbekiston
3/11
Korxonada 1 kVTdan 400 kVTgacha bo‘lgan alyumin va mis simli yuqori kuchlanishga ega bo‘lgan kabellar ishlab chiqariladi. Zavodda 100 nafar ish o‘rni yaratilgan.
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova2019 yilda mis va alyumin kabellar eskportidan tushgan tushum 4 million dollarni tashkil qilgan.
Proizvodstvo visokovoltnix kabeley v Navai SEZ - Sputnik O‘zbekiston
4/11
2019 yilda mis va alyumin kabellar eskportidan tushgan tushum 4 million dollarni tashkil qilgan.
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova"Navoi Cable Connector" korxonasi kelajakda ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, shuningdek, La-Mansh bo‘g‘ozi suvlari ostidan o‘tadigan kabellar ishlab-chiqarishini yo‘lga qo‘ymoqchi.
Proizvodstvo visokovoltnix kabeley v Navai SEZ - Sputnik O‘zbekiston
5/11
"Navoi Cable Connector" korxonasi kelajakda ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, shuningdek, La-Mansh bo‘g‘ozi suvlari ostidan o‘tadigan kabellar ishlab-chiqarishini yo‘lga qo‘ymoqchi.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaYuqori voltli kabellar xaridorlari - bu Yaponiyaning Mitsubishi kompaniyasi, Turkiya va Xitoy davlatlaridir. 2018-yildan oldingi davrlarda Yevropa davlatlariga ham eksport qilingan.
Proizvodstvo visokovoltnix kabeley v Navai SEZ - Sputnik O‘zbekiston
6/11
Yuqori voltli kabellar xaridorlari - bu Yaponiyaning Mitsubishi kompaniyasi, Turkiya va Xitoy davlatlaridir. 2018-yildan oldingi davrlarda Yevropa davlatlariga ham eksport qilingan.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaMana shunday kabelning bir metri og‘irligi 20 kilogrammni tashkil etadi.
Proizvodstvo visokovoltnix kabeley v Navai SEZ - Sputnik O‘zbekiston
7/11
Mana shunday kabelning bir metri og‘irligi 20 kilogrammni tashkil etadi.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaJurnalistlar shuningdek, 2018-yilda ishga tushgan, umumiy qiymati 37 million dollar bo‘lgan "Benkam" nomli alyumin zavodida ham bo‘ldilar.
Proizvodstvo visokovoltnix kabeley v Navai SEZ - Sputnik O‘zbekiston
8/11
Jurnalistlar shuningdek, 2018-yilda ishga tushgan, umumiy qiymati 37 million dollar bo‘lgan "Benkam" nomli alyumin zavodida ham bo‘ldilar.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaBu zavodda Rossiyaning "Rosal" kompaniyasidan import qilinadigan alyumin xom-ashyosidan alyumin profillar ishlab chiqariladi. Shuningdek, avtomobil va tibbiyot sohasida ishlatiladigan alyumin mahsulotlar ishlab-chiqarilishi ham yo‘lga qo‘yilgan.
Proizvodstvo visokovoltnix kabeley v Navai SEZ - Sputnik O‘zbekiston
9/11
Bu zavodda Rossiyaning "Rosal" kompaniyasidan import qilinadigan alyumin xom-ashyosidan alyumin profillar ishlab chiqariladi. Shuningdek, avtomobil va tibbiyot sohasida ishlatiladigan alyumin mahsulotlar ishlab-chiqarilishi ham yo‘lga qo‘yilgan.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaIshlab chiqariladigan mahsulotning 70%i Kanada, Germaniya, AQSh, Markaziy Osiyodagi qo‘shni mamlakatlarga eksport qilinadi.
Proizvodstvo visokovoltnix kabeley v Navai SEZ - Sputnik O‘zbekiston
10/11
Ishlab chiqariladigan mahsulotning 70%i Kanada, Germaniya, AQSh, Markaziy Osiyodagi qo‘shni mamlakatlarga eksport qilinadi.
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova"Navoiy" EIZga 2019-yil 1-iyun holatiga ko‘ra, 44 tadbirkor tomonidan 191,2 mln. dollar investitsiya kiritilgan. Shu bilan birga 25 ta tadbirkorlik subyektlari tomonidan qiymati 126,6 mln. dollar bo‘lgan 25 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Loyihalar amalga oshirilishi natijasida 280,7 mln. dollarlik mahsulot ishlab chiqarish, 82,3 mln. dollarlik mahsulotni eksport qilish hamda yangi 1738 ta ish o‘rinlari tashkil qilish ko‘zda tutilgan.
Proizvodstvo visokovoltnix kabeley v Navai SEZ - Sputnik O‘zbekiston
11/11
"Navoiy" EIZga 2019-yil 1-iyun holatiga ko‘ra, 44 tadbirkor tomonidan 191,2 mln. dollar investitsiya kiritilgan. Shu bilan birga 25 ta tadbirkorlik subyektlari tomonidan qiymati 126,6 mln. dollar bo‘lgan 25 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Loyihalar amalga oshirilishi natijasida 280,7 mln. dollarlik mahsulot ishlab chiqarish, 82,3 mln. dollarlik mahsulotni eksport qilish hamda yangi 1738 ta ish o‘rinlari tashkil qilish ko‘zda tutilgan.
Yangiliklar lentasi
0