"Tatneft" kompaniyasi "Angren" EIZda investitsion loyiha amalga oshirmoqchi

© FacebookSIZ "Angren"
SIZ Angren - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Tatneft" vakillari "Angren" EIZda biznes yuritish imkoniyatlari va shartlari, uning infrastrukturasini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishishdi

TOShKENT, 31 okt – Sputnik. Rossiyaning "Tatneft" kompaniyasi "Angren" erkin iqtisodiy zonasi negizida neft-kimyo sohasi bo‘yicha investitsion loyihani amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar berdi RIA Novosti EIZ ma’muriyatiga asoslanib.

Konditer fabrikasi - Sputnik O‘zbekiston
Belarusning yetakchi konditer korxonasi "Angren"ga qiziqmoqda

"Rossiyaning "Tatneft" neft kompaniyasi delegatsiyasi neft-kimyo ishlab chiqarishi sohasida investitsion loyihani amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganish maqsadida "Angren" EIZga tashrif buyurdi", — dedi agentlik suhbatdoshi. Uning aytishicha, loyihani ishlab chiqish dastlabki bosqichda bo‘lib, uning ko‘rsatkichlari Rossiya kompaniyasi vakillarining shu yil oxirida amalga oshiradigan tashriflari davomida ma’lum bo‘ladi.

"Tatneft" vakillari "Angren" EIZda biznes yuritish imkoniyatlari va shartlari, uning infrastrukturasini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishishdi.

Sentabr oxirida Tatariston prezidenti Rustam Minnixanovning O‘zbekistonga tashrifi davomida "Tatneft", "Kamaz", KMPO, "Tatximfarmpreparati" kompaniyalari ishtirokida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilingandi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, bu o‘zaro tovar almashish hajmini uch baravarga oshiradi.

"Angren" EIZ 2012-yil aprelida tashkil etilgan. Uning faoliyat muddati kelgusida uzaytirish imkoniyati ko‘zda tutilgan holda 30-yil. Ushbu davr mobaynida bu yerda alohida bojxona va soliq rejimi, O‘zbekiston norezidentlariga kirishning va mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma olishning soddalashtirilgan tartibi amal qiladi. Hozirda EIZ hududida umumiy qiymati qariyb 550 million dollarlik 27 loyiha amalga oshirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0