Varvara Karaulova ozodlikka chiqdi

Vologda shahrining sudi Varvara Karaulovani muddatidan avval ozod qilish to‘g‘risida arizani qanoatlantirgan.
Sputnik

TOShKENT, 27 apr  — Sputnik. “Islom davlati”* terrorchilik uyushmasiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan Varvara Karaulova Vologda shahrida joylashgan koloniyadan ozodlikka chiqdi.  RIA Novosti xabariga asosan.

“IShID”ga qo‘shilmoqchi bo‘lgan Karaulova muddatidan oldin ozod qilindi

Vologod viloyatining inson huquqlari bo‘yicha vakil Oleg Dimoni Karaulovani kutib oldi. Koloniya xodimlari kuzatuvi ostida ular tez mashinaga o‘tirishdi.

Karaulova jurnalistlar bilan suhbatlashmadi. Faqat baxtli ekanligini aytdi.

O‘tgan haftada Vologda shahrining sudi Varvara Karaulovani muddatidan avval ozod qilish to‘g‘risida arizani qanoatlantirgan edi.

Sud Karaulovani jamiyatdan ajratishga ehtiyoj qolmagani haqida xulosaga kelgan.

Karaulova ishi

Varvara Karaulova 2015-yil oktabr oyida hibsga olingan. Karaulova ikkinchi kurs talabasi bo‘la turib, ota-otasining ruxsatisiz Istanbulga ketgan. U yerda Suriyaga ketishga harakat qilgan rossiyaliklar guruhi bilan qo‘lga olingan.

“Islom davlati” qayerda qayta tiklanishi mumkinligi ma’lum qilindi

Boshida Karaulovaga nisbatan jinoyat ishini qo‘zg‘atmaslik haqida qarorga kelingan. Biroq keyinchalik u terrorchilar bilan aloqani davom ettirayotgani ma’lum bo‘ldi.

Sudda Karaulova qilgan ishlaridan pushaymon ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u teraktlarni amalga oshirishda ishtirok etishni istamagan, faqat sevgiligi oldiga, unga turmushga chiqish uchun Suriyaga borgan.

2016 yilda “Islom davlati” guruhiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti sobiq talabasi 4,5 yil koloniyaga mahkum etilgandi.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot